Tilim chiqdi ilk bor, «oyijon», deya,
Hozir ham esimda ana shu kezlar.
Bu damni sira unutib boʻlmas –
Birinchi bor aytilgan oʻzbekcha soʻzlar!
Farzandim birinchi bor “dada” degani,
Ilk bora soʻzlagan shirin soʻzidir.
Men uchun aslida shudir muhimi:
Oʻzbek boʻlib tugʻilgan oʻzbek oʻgʻlidir.
Ellar koʻp, tillar koʻp turfa rang-barang,
Barchasida birdek sayrab boʻlmaydi.
Eng mashhur tillarda solsang ham jarang,
Oʻz ona tilingdek anglab boʻlmaydi.

Bekpoʻlat BAXTIYOR

BAYRAMINGIZ MUBORAK BOʻLSIN!