MUALLIF HAQIDA

Bekpolat Baxtiyor (Xudoyberganov Bekpo‘lat Baxtiyor o‘g‘li) – (1996-yil 1-iyunda tugʻilgan) – davlat xizmatchisi, jurnalist, shoir 3-darajali hakamlik sudyasi, fotograf. Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti jurnalistika fakulteti kotibi (2015-2016-yil), O‘zbekiston Hakamlik sudlari assotsiatsiyasi jamoatchilik asosida targ‘ibot bo‘lim boshlig‘i (2017-2018-yillar), O‘zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti xodimi (2018-yil), O‘zbekiston Xalq tabobati assotsiatsiyasi Jamoatchilik bilan aloqalar markazi boshlig‘i (2020-2021-yil) O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi matbuot xizmati bosh mutaxassisi (2021-2022-yil) 2022-yil 22-fevraldan Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi matbuot xizmati yetakchi maslahatchisi.

Tarjimayi holi

Bekpo‘lat Baxtiyor (Xudoyberganov Bekpo‘lat Baxtiyor o‘g‘li) — 1996-yil 1-iyunda Toshkent shahrida ishchi oilasida tugʻilgan. onasi – Xudoyberganova Orzigul Babajonovna (1963-yil 22-martda tugʻilgan). 2021-yilda O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti Xalqaro jurnalistika fakultetini tamomlagan. 2021-2023-yillarda O‘zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universitetining siyosiy-huquqiy jurnalistika yo‘nalishida tahsil olib magistr darajasini olgan. 2024-yildan O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetining mustaqil izlanuvchisi (PhD). Oilali, 2 nafar farzandi bor.

Mehnat faoliyati

Bekpo‘lat Baxtiyor (Xudoyberganov Bekpo‘lat Baxtiyor o‘g‘li) mehnat faoliyatini Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti jurnalistika fakulteti kotibi sifatida boshlagan. 2017-2018-yillarda O‘zbekiston Hakamlik sudlari assotsiatsiyasi jamoatchilik asosida targ‘ibot bo‘lim boshlig‘i, 2018-yilda O‘zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universitetida muhandis-dasturchi, 2020-2021-yillarda O‘zbekiston Xalq tabobati assotsiatsiyasi Jamoatchilik bilan aloqalar markazi boshlig‘i lavozimida faoliyat ko‘rsatgan, 2021-2022-yillarda O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi matbuot xizmati bosh mutaxassisi lavozimlarida ishlagan. 2022-yil 22-fevraldan 2022-yil 22-fevraldan Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi matbuot xizmati yetakchi maslahatchisi lavozimida faoliyat yuritib kelmoqda.

2020-yildan turli davlat tashkilotlarida axborot xizmati yo‘nalishida faoliyat yuritib kelmoqda. Shaxsiy veb-sayti www.bekpolat.uz.

Bir necha media loyihalar muallifi. Xususan, bakalavr darajasini olish uchun www.mediahamkor.uz media loyihasini yaratgan.

Shu bilan bir qatorda, fotograf sifatida turli mavzularidagi o‘z ijodiy ishlarini keng ommaga e’lon qilib boradi.

Markaziy saylov komissiyasi matbuot xizmatida faoliyati davomida “Sharh+” loyihasi muallifi sifatida loyihaning 10 ga yaqin sonini e’lon qilgan. Shuningdek, Markaziy saylov komissiyasi jamoasi tomonidan zamonaviy saylov tizimining yuzaga kelish tarixi, mamlakatimizda o‘tkazilgan saylovlar xususida ishlab chiqilgan Saylov: kecha va bugun” hujjatli filmida shu bilan bir qatorda, matbuot xizmatiningFormatdan tashqari” loyihasida muharrir sifatida faoliyat yuritib kelmoqda.

Ijodiy faoliyati

Bekpo‘lat Baxtiyorning dastlabki sheʼrlari “Yoshlar ijodi” jurnallarida bosilgan (2012-yil). Shundan boshlab respublika matbuotida uning sheʼr va maqolalari muntazam ravishda chop etila boshlagan.

2024-yilda “Yoshlar ovozi” gazetasida “Kino sanʼatida “texnogen vaziyat””, “Axborot xavfsizligi masalasida o’zingizga ham ishonmang” mavzularidagi maqollari e’lon qilingan.

Nashr etilgan sheʼriy toʻplamlari:

Shoir she’riy toʻplamlilarida, Vatanga muhabbat, do‘stga sadoqat, ota-onaga bo‘lgan farzandlik ehtiromi go‘zal o‘xshatishlar orqali ifoda etiladi. Shu bilan birgalikda muallifning qalbini larzaga solgan xiyonat, bemehrlik va ikkiyuzlamachilik kabi illatlar qoralanadi.

Uning qalamiga mansub aksariyat sheʼrlar taniqli xonandalar tomonidan ijro etilmoqda. Quyidagi xonandalar uning she’rlarini qo’shiq qilib kuylab kelmoqda:

Ma’lumotlar 2025-yil 20-yanvar kuni holatiga ko’ra