Oʻtdi necha yil, zomon,
Qiynar hamon bu ishqim.
Ilk muhabbat atalgan,
Dilda pinhon bu ishqim
Sogʻinchlarga koʻmilgan,
Firoqlarda choʻmilgan,
Ikki koʻzi yumilgan,
Dardu nolon bu ishqim.
Tinglamay dil dardini,
Baland qildi qadrini,
Dilga qoʻyib shartini,
Qildi isyon bu ishqim.
Koʻkka ursa, yer quchar,
Yerga ursa, bir uchar,
Bir koʻngilga ming hurnar,
Yeru Osmon bu ishqim.
Unut boʻlmas xayollar,
Unut boʻlmas savollar,
Takror-takror malollar,
Ming bir armon bu ishqim.
Endi ortga yoʻl yoʻqdir,
Ortda kutar dil yoʻqdir,
Bu azaliy chin taqdir,
Koʻngin oson bu ishqim.
Bekpo’lat BAXTIYOR