Oʻzbekiston televideniyesida ilk bor mahsulot reklamasi savdodagi sotuv narxi bilan eʼlon qilinmoqda. Bu ham birinchilardan boʻlib Coca-Cola savdo belgisining mahsulotlarida aks etdi.

Shaxsan men bu kabi formatdagi reklamani birinchi bor Turkiya televideniyesida uchratganman. Oʻshanda, bizda ham qachon shunday boʻlar ekan deb oʻylab qolgan edim. Mening fikrimcha, bu, reklama sohasida yaxshi yangilik hisoblanadi. Yana bilmadim…

Izoh: “Milliy” telekanali. Telekanal efiridan surat (screenshot) 2021 yil 23 iyun kuni soat 19:30 — 19:55gacha boʻlgan vaqt oraligʻida olingan.