Ayni damda ochilish marosimi boʻlayotgan “Ipak yoʻli durdonasi” Toshkent xalqaro kinofestivalining konsert dasturi davomida “Toshkent osmoni” nomi qoʻshiq kuylanishi bilan aksariyat odamlar zalni tark etishni boshladi. Eng qizigʻi ular ochilish marosimini tugadi deb oʻylashdi chamamda…
Jonli efirda ham bu holat juda xunuk koʻrindi. Har holda bu faqat hamyurtlarimiz yoki mahalliy aholi bilan oʻtkazilayotgan festival emas-ku.
Shunday davralarda oʻzimizni oʻzimiz hurmat qilmasak yana qachon hurmat qilamiz? Mahalliy aholisiga qiziq boʻlmagan tadbir mehmonda qanday xulosa chiqarishini taxmin qilyapman…