⚡️Shavkat Mirziyoyev qasamyod qabul qildiO‘zbekiston Konstitusiyasining 92-moddasiga binoan, O‘zbekistonning saylangan Prezidenti Shavkat Mirziyoyev quyidagicha qasamyod qabul qildi.«O‘zbekiston xalqiga sadoqat bilan xizmat qilishga, respublikaning Konstitusiyasi va qonunlariga qat’iy rioya etishga, fuqarolarning huquqlari va erkinliklariga kafolat berishga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti zimmasiga yuklatilgan vazifalarni vijdonan bajarishga tantanali qasamyod qilaman».Qonunchilikka ko‘ra, Prezident Oliy Majlis palatalari yig‘ilishida qasamyodni qabul qilgan paytdan boshlab o‘z lavozimiga kirishgan hisoblanadi.🔵 https://t.me/bekpolat_baxtiyor



