📌 Tanlov natijalarini bilish usullari✅ 2021-2022-o‘quv yili uchun oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga kirish test sinovlari bo‘yicha tanlov natijalarini 6 xil usulda bilish mumkin.1️⃣ my.dtm.uz sayti orqali:my.dtm.uz saytiga abituriyentning pasport seriyasi va raqami hamda shaxsiy identifikatsiya raqamini kiritgan holda.2️⃣ mandat.dtm.uz sayti orqali:mandat.dtm.uz saytining “Bakalavr-2021” bo‘limidan abituriyentning ID raqamini kiritgan holda.3️⃣ Davlat test markazining quyidagi telegram botlari orqali (abituriyentning ID raqamini yuborgan holda):👉 @mandat2021bot👉 @mandat_2021_1_bot👉 @mandat2021_2_bot👉 @mandat2021_3_bot👉 @mandat2021_4_bot4️⃣ SMS xabarnoma xizmati orqali:5100 raqamiga abituriyentning ID raqami yuborilganda, mazkur telefon raqamiga tanlov natijalari bo‘yicha SMS xabarnoma yuboriladi (xizmat haqi mavjud).5️⃣ QR-kod orqali:Abituriyent ruxsatnomasining quyi qismidagi QR-kod (natijani ko‘rish uchun havola) ni skaner qilgan holda.6️⃣ Test natijalari qaydnomasi orqali:Shuningdek, test natijalari qaydnomasi oliy ta’lim muassasalariga taqdim etiladi.Davlat test markazining rasmiy sahifalari:Telegram | Facebook | Instagram | YouTube



