Ortda qolayotgan 2024-yil ijodiy faoliyatimda oʻz oʻrniga ega yil boʻldi. Uzoq vaqtli tanaffusdan keyin yana ijodiy muhitga qaytdim koʻplab musiqiy loyihalar ustida ishladim. Ijodiy hamkorlarim Bahodir Nizomov, Umid Obidov bilan ijodiy faoliyatimiz yanada yuqori darajaga chiqdi. Shu bilan bir qatorda ilk bor Bekzod Abdurazzaqov bilan olib borgan ijodiy loyihamiz ham bugungi kunda koʻp sonli qoʻshiq ixlosmandlarining qalbidan chuqur joy oldi.

Jumladan, yil davomida qalamimga mansub sheʼrlarga musiqalar bastalanib, musiqiy sayqallar berilib Bahodir Nizomov hamda Umid Obidovlar tomonidan bir qator qoʻshiqlarimiz ijodiy asarlar yaratildi. Ular quyidagilar Dilobod Muhiddinova “Vatan”, Hulkar Abdullayeva “Menga ham oʻrgat” mazkur qoʻshiq oʻzbek va qoraqalpoq tilida boʻlib bugungi kunda dastlab oʻzbek tilidagi talqini taqdim qilindi.

Shuningdek, Bekzod Abdurazzaqov jamoasi bilan hamkorlikda Jasmin (Eski shahar) tomonidan “Siz yaxshi-yu biz yomon” qoʻshiqlarimiz ijro etilib qoʻshiq ixlosmandlariga taqdim etildi. Afsuski, ma’lum bir sabablarga koʻra ayrim yirik loyihalarimiz taqdim qilinmay qoldi. Ularni keng jamoatchilikka yetkazish nasib qilmadi. Shu bilan bir qatorda, bundan tashqari yana bir qator yangi loyihalarimiz ustida ishlanmoqda. 2025-yilda mazkur loyihalarimizni keng jamoatchilikka taqdim etish nasib qilsin.

Mazkur 2024-yil sarhisoblari soʻnggida mazkur qoʻshiqlarni yaralishida oʻz hissasini qoʻshgan bastakor, musiqiy sayqalchi, xonandalarimiz va mazkur qoʻshiqlarga video kliplarni suratga olgan rejissyorlarimizga oʻz tashakkurlarimni bildirib qolaman. Hamkorliklarimiz davomli boʻlsin!