Vaqt o‘tib, fursat o‘tib davr-u davron o‘zgarar,
Kim qaysi yo‘ldan yurar, yurar karvon o‘zgarar.
Hech bir qachon bu hayot to‘xtab qolmas gardishi,
Ming turfa dil bo‘lsa ham yaxshi-yomon o‘zgarar.
Kelajakni avvaldan ko‘rolmaslik haqiqat!
Kir soylar qolib bunda toshqin ummon o‘zgarar.
Deydilarki ba’zilar inson sira o‘zgarmas,
O‘z nazdida qarangki, derlar: «zamon o‘zgarar».
Bugun dunyo sharida jaholatdan qon suzar,
Hayrona zamin titrab yer-u osmon o‘zgarar.
Bekpo‘latni bir savol mudom hushin to‘zg‘itar,
Savollar ko‘p, javob yo‘q qachon inson o‘zgarar?!
Bekpoʻlat BAXTIYOR
“Jannatim-Onam” toʻplamidan. 2016-yil