Bugun xonanda Jasmin tomonidan “Siz yaxshi-yu biz yomon” she’rim asosida tayyorlangan musiqiy kompozitsiya va unga ishlangan video klip ko‘p sonli qo‘shiq ixlosmandlariga taqdim etildi.
Bugun ushbu qo‘shiq e’lon qilinar ekan beixtiyor shu she’r yozilishiga sabab bo‘lgan holatni yodimga oldim. Bu she’r 2015-yil yozilgan. O‘sha kezlari Toshkent madaniyat kollejining 3 bosqich o‘quvchisi edim. Meni yaqindan yaxshi biladiganlar fe’l atrofimni juda yaxshi bilishadi o‘sha davrlarda ham ko‘p ishlarga o‘zgacha mas’uliyat va talabchanilik bilan yondashar edim. Qolaversa, ijodiy muhitda o‘qiganim bois, kollejdagi tahsilim davomida guruhlashlarim va o‘qituvchilar bilan tashkiliy-ijodiy ish bo‘ladimi qo‘limdan kelgancha bu masalalarni kursdoshlarim va ustozlar bilan maslahatlashgan holda atroflicha tashkillashtirishga va jamoani bir maqsad sari yo‘naltirishga harakat qilar edim.
Hech kimga sir emas koʻpchilikni boshini bir yerga qoʻvushtirish oson ish emas. Ayniqsa, ta’lim bilan san’at masalasida. Kimgadir 1 ta gap kam, 2 ta gap boʻlib turgan paytlari ijodiy muhitni barqaror ushlab turish, oldinda belgilangan rejalarni sifatli bajarishda guruhdoshlarning erkaliklarni chetga surib bu borada ustozlarga yordam berish juda muhim edi.
Tabiiyki, bu holat aksariyat guruhdoshlarimga yoqmas edi. Go‘yoki, kollej rahbariyati va o‘qituvchilarga yoqish uchun qilinayotgan ishdek tuyulardi. Ustozlarimizni men va mening yaqin do‘stlarim bilan birgalikda bamaslahat olib ish borishi ayrimlarni g‘ashini keltirar edi. Buning ortidan bir necha marotaba nizolar ham chiqqani rost.
Nima bo‘lganda ham men to‘g‘ri yo‘lda ekanligim va bu ishlar faqat mening manfaatimga qurilmaganini yaxshi anglagan holda do‘stlarimning ishonchi bilan ortimdan bo‘lgan gap-so‘zlarga quloq solmadim. Shunda, beixtiyor shu satrlar yozilgan edi.
Mazkur video klipda ham jamiyatimizdagi ana shunday illat hazil ko‘rinishishida taqdim etilgan. Oʻylayman-ki bu qoʻshiqdagi soʻzlar sizga ham begona boʻlmaydi.
Hurmat bilan,
Bekpoʻlat BAXTIYOR