“Maʼlum muddat oraga sovuqchilik tushib, “muzlab qolgan” edi. Endi bu muzlar eridi, boshqa muzlamaydi!”

Shavkat MIRZIYOYEV

Barchamizga ma’lumki, Oʻzbekiston Respublikasi qoʻshni mamlakatlar hamda koʻplab xorijiy davlatlar bilan doimgidanda izchil strategik aloqalarni olib bormoqda. Davlatlar oʻrtasida muzokalar, uchrashuvlar va ular asosida ma’lum bir sohalar boʻyich turli hujjatlar, kelishuvlar imzolanmoqda. Turkiya Respublikasi ham, bugun Oʻzbekistonning xalqaro maydondagi muhim doʻst, hamkordir.

Bugun, sizlar bilan aynan ikki qardosh davlatlar oʻrtasidagi soʻnggi 4 yil mobaynidagi aloqalarni sharhlab beramiz.

Ta’kidlash joizki, Oʻzbekiston mustaqilligini birinchilardan boʻlib tan olgan davlat Turkiyadir. Buni Oʻzbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimov hamda Prezident Shavkat Mirziyoyev koʻp bor e’tirof etib kelgan.

Oʻzbekiston va Turkiya oʻrtasidagi diplomatik aloqa 1992-yil 14-mart Toshkent shahrida imzolangan protokol asosida oʻrnatilgan boʻlb, Oʻzbekiston diplomatik aloqalar oʻrnatgan 134 davlatlar ketma-ketligida Turkiya 21-oʻrindadir.

Birinchilardan boʻlib Avstraliya bilan 1992-yil 26-dekabr kuni Tashqi ishlar vazirliklari oʻrtasida xatlar almashinuvi asosida tuzilgan boʻlsa, 134-davlat Nepal Federativ Demokratik Respublikasi bilan esa 2018-yil 26 yanvar kuni Nyu-York shahrida imzolangan qoʻshma kommyunike hujjat asosida diplomatik aloqa oʻrnatilgan.

Bugun siz bilan O’zbekiston va Turkiya oʻrtasidagi hamkorlikning yangi davri solnomasiga muhim sanalar asosida rasm solamiz.

Teglar: Oʻzbekistonga tashrif, Turkiyaga tashrif, xalqaro maydondagi uchrashuv, telefon orqali muloqot, Oʻzbekiston Prezidentiga maktub, Turkiya Prezidentiga maktub.

Oʻzbekistonga tashrif…

3-sentyabr 2016-yil — Oʻzbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimov bilan Samarqand shahridagi Forumlar majmuasida vidolashuv marosimida.Turkiya Respublikasi Bosh vaziri oʻrinbosari Tugʻrul Yildirim Turkesh qatnashdi.

Turkiya Respublikasi Prezidenti Rejep Tayyip Erdoʻgʻonning O‘zbekistonga tashrifi

17-noyabr 2016-yil — Turkiya Respublikasi Prezidenti Rejep Tayyip Erdog‘an O‘zbekistonga tashrif buyurdi. Tashrifning asosiy tadbiri esa 18-noyabrga belgilarngan boʻlib Turkiya Respublikasi Prezidenti Erdo‘g‘an safarga chiqishidan oldin Anqara aeroportida o‘tkazilgan matbuot anjumanida.

“Biz qardosh o‘zbek xalqi bilan munosabatlarni rivojlantirishni istar edik. O‘zbekiston tomon ham biz bilan munosabatlarni rivojlantirish istagida ekanligini ko‘rib turibmiz. O‘zbekistonga safarim davomida o‘zbek og‘alarimiz bilan munosabatlarda yangi sahifasini ochish istagidaman”, — deb ta’kidlagan.

18-noyabr 2016-yil — Turkiya Respublikasi Prezidenti Rejep Tayyip Erdoʻgʻon Samarqand shahriga tashrif buyurib Oʻzbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti qabrini ziyorat qildi va Islom Karimov xotirasiga hurmat bajo keltirdi.

www.kun.uz

www.kun.uz

www.youtube.com

Shundan soʻng, Samarqand shahridagi Forumlar majmuasida oʻsha vaqtlarda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti vazifasini bajaruvchi Shavkat Mirziyoyev bilan Turkiya Respublikasi Prezidenti Rejep Tayyip Erdoʻgʻon oʻrtasida muzokara boʻlib oʻtdi.

www.kun.uz

Telefon orqali muloqot…

6-dekabr 2016-yil — Oʻzbekiston Respublikasining saylangan Prezidenti Shavkat Mirziyoyev bilan Turkiya Respublikasi Prezidenti Rejep Tayyip Erdoʻgʻon oʻrtasida Turkiya tomonining tashabbusi bilan telefon orqali muloqot qildi.

Rejep Tayyip Erdoʻgʻon Shavkat Mirziyoyevni 4-dekabr kuni boʻlib oʻtgan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti saylovida ishonchli gʻalaba qozongani bilan samimiy tabrikladi.

Turkiya Prezidentiga maktub…

20-dekabr 2016 yil — Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Turkiya Respublikasi Prezidenti Rejep Tayyip Erdoʻgʻonga mamlakatning Kayseri viloyatida sodir etilgan va koʻplab insonlarning halok boʻlishiga sabab boʻlgan terrorchilik harakati munosabati bilan Turkiya rahbariyati va butun turk xalqiga chuqur taʼziya bildirilgan maktub yoʻlladi.

2-yanvar 2017-yil — Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Turkiya Respublikasi Prezidenti Rejep Tayyip Erdogʻanga va qardosh turk xalqiga Istanbul shahrida sodir etilgan mudhish terrorchilik harakati oqibatida koʻplab insonlarning halok boʻlganligi munosabati bilan taʼziya izhor etdi.

14-mart 2017-yil — Oʻzbekiston Respublikasi va Turkiya Respublikasi oʻrtasida diplomatik munosabatlar oʻrnatilganining 25 yilligi munosabati bilan ikki davlat rahbarlari bir-birlarini tabrikladilar.

Oʻzbekistonga tashrif…

26-aprel 2017-yil — Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 26-aprel kuni mamlakatimizga rasmiy tashrif bilan kelgan Turkiya Respublikasi tashqi ishlar vaziri Mevlut Chavushoʻgʻluni qabul qildi.

www.kun.uz

2-may 2017-yil — Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 2-may kuni ishonch yorliqlarini qabul qilib oldi. Turkiya Respublikasidan Favqulodda va muxtor elchi etib Ahmet Bashar Shen qabul qilingan.

Xalqaro maydondagi uchrashuv…

14-may 2017-yil — Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Pekinda “Bir makon, bir yoʻl” forumi doirasida Turkiya Respublikasi Prezidenti Rejep Tayyip Erdoʻgʻon bilan uchrashdi.

O‘zbekiston Prezidentining Matbuot xizmati

22-may 2017-yil — Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 21-may kuni Saudiya Arabistonining Ar-Riyod shahrida boʻlib oʻtgan Arab-musulmon mamlakatlari va AQSH sammitida ishtirok etib unda Turkiya Respublikasi tashqi ishlar vaziri Mevlud Chovushoʻgʻli bilan uchrashdi.

Oʻzbekistonga tashrif…

25-may 2017-yil — Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Savdo-iqtisodiy hamkorlik boʻyicha hukumatlararo komissiyaning toʻrtinchi majlisida ishtirok etish uchun mamlakatimizga tashrif buyurgan Turkiya Respublikasi Bosh vaziri oʻrinbosari Yildirim Tugʻrul Turkeshni qabul qildi.

O‘zbekiston Prezidentining Matbuot xizmati

26-iyul 2017-yil — Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev mamlakatimizga rasmiy tashrif bilan kelgan Turkiya Respublikasi milliy mudofaa vaziri Nurettin Janiklini qabul qildi.

O‘zbekiston Prezidentining Matbuot xizmati

Telefon orqali muloqot…

1-sentyabr 2017-yil — O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Turkiya Respublikasi Prezidenti Rejep Tayyip Erdo‘g‘on bilan telefon orqali muloqot qildi.

Turkiya Prezidenti Rejep Tayyip Erdo‘g‘on Turkiya xalqi va o‘z nomidan davlatimiz rahbarini va ko‘p millatli O‘zbekiston xalqini Vatanimiz mustaqilligining 26-yilligi va muborak Qurbon hayiti bilan chin dildan tabrikladi.

O‘zbekiston Prezidenti samimiy tabrik uchun chuqur minnatdorlik bildirib, barcha musulmonlarning muborak bayrami munosabati bilan Turkiya rahbari va qardosh turk xalqiga tinchlik, farovonlik va taraqqiyot tiladi.

Xalqaro maydondagi uchrashuv…

10-sentyabr 2017-yil — O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Ostona shahrida o‘tayotgan Islom hamkorlik tashkiloti sammiti doirasida Turkiya Respublikasi Prezidenti Rejep Tayyip Erdo‘g‘on bilan uchrashdi.

Muzokarada O‘zbekiston va Turkiyaning savdo-iqtisodiyot, investitsiya, sayyohlik va boshqa sohalardagi aloqalarini kengaytirish masalalari muhokama qilindi. Mintaqaviy va xalqaro masalalar yuzasidan fikr almashildi.

O‘zbekiston Prezidentining Matbuot xizmati

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Turkiya Respublikasiga tashrifi

25-oktyabr 2017-yil — Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Turkiya Respublikasi Prezidenti Rejep Tayyip Erdoʻgʻonning taklifiga binoan 2017-yil 25-oktyabr kuni davlat tashrifi bilan Turkiyaga keldi.

Anqara shahridagi Esonbugʻa xalqaro aeroportida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevni Turkiya Respublikasi Bosh vaziri oʻrinbosari Bekir Bozdagʻ va boshqa rasmiy shaxslar kutib oldi.

www.kun.uz

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Turkiya Respublikasining birinchi Prezidenti Mustafo Kamol Otaturk hoki qoʻyilgan Anitkabir yodgorlik majmuasiga tashrif buyurdi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevni Turkiya Respublikasi Prezidenti saroyida rasmiy kutib olish marosimi bo‘ldi.

www.kun.uz

Oliy martabali mehmon sharafiga faxriy qorovul saf tortdi. Shavkat Mirziyoyev va Rejep Tayyip Erdo‘g‘on shohsupaga ko‘tarildilar. O‘zbekiston va Turkiyaning davlat madhiyalari yangradi. Prezidentlar faxriy qorovul safi oldidan o‘tdilar.

www.youtube.com

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Turkiya Respublikasi Prezidenti Rejep Tayyip Erdoʻgʻon muloqotni kengaytirilgan tarkibda davom ettirdilar.

www.aa.com.tr — www.prezident.uz

Unda rasmiy delegatsiyalar aʼzolari, vazirlik va yirik kompaniyalar rahbarlari ishtirok etdi. Muzokarada mamlakatlarimiz oʻrtasidagi siyosiy, savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy hamkorlikni rivojlantirish, transport-kommunikatsiya, madaniy-gumanitar va boshqa sohalardagi aloqalarni mustahkamlash masalalari muhokama qilindi.

Uchrashuvda 25-oktyabr kuni Anqarada boʻlib oʻtgan oliy darajadagi muloqotda hamkorlikning bugungi holati xolisona baholanib, uni rivojlantirishning ustuvor yoʻnalishlari belgilab olingani taʼkidlandi. Mamlakatlarimiz oʻrtasida savdo, sanoat, bank-moliya, investitsiya, turizm, yuk tashish, sogʻliqni saqlash, kadrlar tayyorlash, mudofaa va boshqa sohalardagi hamkorlikka doir 20 dan ziyod hujjatlar imzolangani yuqori baholandi.

www.kun.uz

O‘zbekiston va Turkiya birinchi xonimlari uchrashdi

O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevga Turkiyaga davlat tashrifi davomida hamrohlik qilayotgan rafiqasi Ziroatxon Mirziyoyeva 25 oktabr kuni Anqaradagi Prezident saroyida Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘anning rafiqasi Emine Erdo‘g‘an bilan uchrashdi.

Erdo‘g‘an xonim ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarida O‘zbekiston birinchi xonimi bilan uchrashuvidan suratlarni joylashtirgan.

www.aa.com.tr

«Turkiyaga tashrif buyurgan O‘zbekiston Prezidenti janob Mirziyoyevning rafiqasi qadrli Ziroat Mirziyoyevani Prezident saroyida kutib olishdan sharaf tuydim», deya yozgan u Twitter’dagi sahifasida.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Turkiya Buyuk millat majlisiga tashrif buyurdi.

2015-yilda oʻtkazilgan parlament saylovi natijalariga koʻra Majlisda 4 partiya oʻz fraksiyasiga ega. Adolat va taraqqiyot partiyasi vakili Ismoil Qahramon uning Spikeridir. Prezident Shavkat Mirziyoyev Turkiya Buyuk millat majlisi Spikeri Ismoil Qahramon bilan uchrashdi.

O‘zbekiston Prezidentining Matbuot xizmati

25-oktyabr kuni boʻlib oʻtgan oliy darajada muzokaralarda parlamentlararo hamkorlikni tashriflar almashinuvi va qoʻshma tadbirlar oʻtkazish orqali qoʻllab-quvvatlash muhimligi qayd etilgan edi. Muloqotda mazkur yoʻnalishdagi aloqalarni mustahkamlash masalalariga eʼtibor qaratildi. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi bilan Turkiya Respublikasi Buyuk millat majlisi oʻrtasida hamkorlik toʻgʻrisida memorandum imzolandi.

TURKIYA BUYUK MILLAT MAJLISI TARIXIGA NAZAR

Shu oʻrinda, Tukiya Buyuk Millat Majlisi haqida soʻz yuritadigan boʻlsak, Turkiya parlamentining birinchi (eski) binosi 1915 yilda qurilgan va Ulus tumanida (Anqaraning eski qismi) joylashgan. Binoni turk me’mori Salim qurgan. Bino turkcha me’morchilik uslubida qurilgan boʻlib, bunda “tosh” va “tosh” dan foydalanilgan yoki “tosh tosh” deb nomlangan. Bino nafaqat Xalq partiyasining qarorgohi sifatida, balki 1920 yildan 1924 yilgacha yuridik oʻquv markazi sifatida ham xizmat qilgan.

Bino 1952 yilda «Ta’lim vazirligiga» topshirilib, 1957 yilda muzeyga aylantirildi. Muzey 1961 yil 23 aprelda tashrif buyuruvchilar uchun oʻz eshiklarini ochdi. 1981 yilda Otaturk tavalludining 100 yilligini nishonlashga tayyorgarlik koʻrish maqsadida muzey qayta tiklandi.

Turkiya parlamentining yangi (ikkinchi) binosi me’mor Vedat Tek tomonidan 1923 yilda qurilgan va Xalq partiyasining binosi sifatida xizmat qilgan va keyinchalik mamlakat parlamentiga topshirilgan. Arxitekturani yaxshilash uchun ba’zi ishlar qilindi va 1924 yilda u parlament rahbariyatiga topshirildi.

Hozirda Turkiya parlamentining ikkinchi binosi muzey vazifasini oʻtaydi. Bugungi kunda uni “Cumhuriyet Müzesi” ya’ni “Respublika Muzeyi” deb atashadi. Kirish joyida katta zinapoya joylashgan. Zamin saljuqiy va usmonli davrlarining xususiyatlarini aks ettiruvchi naqshlar bilan bezatilgan.

Muzeyga tashrif buyuruvchilar turk tarixidagi muhim voqealar bilan tanishishlari mumkin: yurisprudentsiya sohasidagi oʻzgarishlar, xalqaro taqvimni qabul qilish, kiyim-kechakdagi an’analarni o’zgartirish, yangi alifboni qabul qilish, ogʻirlik va uzunlik boʻyicha xalqaro oʻlchovlarni qabul qilish, familiyalar toʻgʻrisidagi qonun, shuningdek, Otaturk uchun yozilgan nutqlar bilan tanishishingiz mumkin. Bundan tashqari, siz temir yoʻl boshqarmasi, havo kuchlari, iqtisodiyot va boshqalar sohasida qabul qilingan qonunlar jamlangan.

Binoning birinchi qavatida tashrif buyuruvchilar parlament majlislar zalini koʻzdan kechirishga ruxsat etilgan. Bu xona oʻz platformasida koʻplab xalq rahbarlarini koʻrdi va koʻplab tarixiy qarorlar va chiqishlarning guvohi boʻldi. Zalga kiraverishda markaziy tribunasi bor, undan oʻng va chap tomonda prezident va boshqa mamlakatlar vakillarining loggialari joylashgan. Orqa tomonda matbuot va tinglovchilarning loggiyalari joylashgan. Katta zal katta qiziqish uygʻotadi. Yulduzli naqshlar bilan boʻyalgan zalning tomi yogʻochdan qilingan. Ichki xonalar — bu turkiy me’morchilik bezak san’ati an’analarini aks ettiruvchi plitkalar. Prezidentning qabulxonalari ikkinchi qavatda joylashgan.

Istanbulga tashrif

Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 26-oktyabr kuni Istanbulga tashrifi chog‘ida To‘pqopi saroyini borib ko‘rdi.

Twitter / @NumanKurtulmus

XV asrda qurilgan mazkur tarixiy majmua ko‘p asrlar davomida Usmonlilar sulolasining saroyi bo‘lgan. 1923 yil muzeyga aylantirilgan. Bugungi kunda majmuada 65 mingdan ziyod eksponat saqlanadi.

Twitter / @NumanKurtulmus

«Davlatimiz rahbari saroy tarixi va muzeydagi qadimiy eksponatlar bilan tanishdi», — deyiladi O‘zA xabarida.

Turkiya Respublikasi Bosh vaziri bilan uchrashuv

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Istanbul shahrida Turkiya Respublikasi Bosh vaziri Binali Yildirimni qabul qildi.

Uchrashuvda 25-oktabr kuni Anqarada bo‘lib o‘tgan oliy darajadagi muloqotda hamkorlikning bugungi holati xolisona baholanib, uni rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlari belgilab olingani ta’kidlandi. Mamlakatlarimiz o‘rtasida savdo, sanoat, bank-moliya, investitsiya, turizm, yuk tashish, sog‘liqni saqlash, kadrlar tayyorlash, mudofaa va boshqa sohalardagi hamkorlikka doir 20 dan ziyod hujjatlar imzolangani yuqori baholandi.

Muloqotda mazkur kelishuvlarni amalga oshirish, ikki mamlakat vazirlik va idoralari o‘rtasidagi aloqalarni rivojlantirishning muhim yo‘nalishlariga e’tibor qaratildi. Tomonlarni qiziqtirgan masalalar yuzasidan fikr almashildi.

Twitter / @TC_Basbakan

Ikki mamlakat moliya va ishbilarmon doiralari bilan uchrashuv

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Turkiya Respublikasi Bosh vaziri Binali Yildirim ishtirokida ikki mamlakat moliya va ishbilarmon doiralari uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuvda oliy darajadagi muloqotlar samarasida O‘zbekiston va Turkiya o‘rtasida imzolangan hujjatlar ulkan ahamiyatga ega ekani qayd etildi. Shuningdek, 26-oktabr kuni Istanbulda o‘tkazilgan ikki mamlakat ishbilarmon doiralari biznes-forumida yirik energetika ob’ektlari va yo‘l infratuzilmalarini qurish, to‘qimachilik mahsulotlari, elektr jihozlari, qurilish materiallari ishlab chiqarish, oziq-ovqat va agrosanoat tarmog‘ida zamonaviy sanoat va logistika markazlari tashkil etish sohalarida qo‘shma loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha bitimlar imzolangani ta’kidlandi.

Muloqotda O‘zbekiston va Turkiyaning moliya tashkilotlari, firma va kompaniyalari o‘rtasida aloqalarni yanada rivojlantirish, o‘zaro mahsulot yetkazib berish va xizmat ko‘rsatishni kengaytirish masalalari muhokama qilindi.

twitter.com/@NumanKurtulmus

Oliy darajadagi muzokaralar chogʻida Oʻzbekiston va Turkiya oʻrtasida siyosiy, savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy, transport-kommunikatsiya va boshqa sohalardagi hamkorlikni rivojlantirish masalalari muhokama qilinadi, mintaqaviy va xalqaro muammolar yuzasidan fikr almashidi.

Muzokaralar yakunlari boʻyicha davlat rahbarlarining Qoʻshma bayonoti qabul qilinishi, Oʻzbekiston bilan Turkiya oʻrtasidagi hamkorlikni yana-da rivojlantirish, ishbilarmon doiralar oʻrtasida oʻzaro manfaatli aloqalar uchun qulay sharoitlar yaratish, sayyohlar almashinuvi va madaniy-gumanitar aloqalarni faollashtirishga qaratilgan koʻplab hujjatlar imzolandi.

Oʻzbekistonga tashrif…

10 noyabr 2017-yil — Samarqandda BMT shafeligida o‘tkazilayotgan Markaziy Osiyoda xavfsizlik va barqaror rivojlanishni ta’minlashga bag‘ishlangan xalqaro anjumanda Oʻzbekiston Prezidenti xalqaro anjumanning yuqori martabali ishtirokchilari bilan uchrashuvlar oʻtkazdi. Xalqaro anjuman doirasida Turkiya iqtisodiyot vaziri Nixat Zeybekchi bilan uchrashuvda shu yil 25–26-oktyabr kunlari Oʻzbekiston Prezidentining Turkiya Respublikasiga davlat tashrifi doirasida savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy va moliyaviy hamkorlik sohalarida erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish masalalari muhokama qilindi.

Telefon orqali muloqot…

11-dekabr 2017-yil — Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev bilan Turkiya Respublikasi Prezidenti Rejep Tayyip Erdoʻgʻon oʻrtasida Turkiya tomonining tashabbusi bilan 2017-yil 11-dekabr kuni telefon orqali muloqot boʻlib oʻtdi.

Muloqot avvalida Turkiya Prezidenti davlatimiz rahbarini mamlakatimizda tarkibiy oʻzgarishlar va ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarning yangi bosqichini amalga oshirish boʻyicha qoʻlga kiritilgan amaliy natijalar bilan samimiy muborakbod etdi.

O‘zbekiston Prezidentining Matbuot xizmati

Oʻzbekistonga tashrif…

19-dekabr 2017-yil — Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Turkiya hamkorlik va muvofiqlashtirish agentligi prezidentini qabul qildi. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 19-dekabr kuni mamlakatimizga tashrif buyurgan Turkiya hamkorlik va muvofiqlashtirish agentligi (TIKA) prezidenti Serdar Chamni qabul qildi.

O‘zbekiston Prezidentining Matbuot xizmati

Telefon orqali muloqot hamda Oʻzbekiston Prezidentiga maktub…

18-yanvar 2018-yil — Qozog‘iston Respublikasining Oqto‘ba viloyatida sodir bo‘lgan fojiali hodisa oqibatida bir qator davlar rahbarlaridan Prezident Shavkat Mirziyoyevga hamdardlik maktublari bilan telefon orqali muloqot ham boʻlib oʻtdi. Jumladan, Turkiya Respublikasi Prezidenti Rejep Tayyip Erdoʻgʻon Prezidenti Shavkat Mirziyoyev bilan boʻlib oʻtgan telefon orqali muloqoti chogʻida halok boʻlganlarning yaqinlari va oila aʼzolariga oʻzining chuqur hamdardligini bildirdi.

“Mana shunday musibatli kunda butun turk xalqi nomidan qardosh oʻzbek xalqiga sabr-bardosh tilab, marhumlarni Alloh taolo oʻz magʻfiratiga olishini soʻrayman”, deb taʼkidladi Turkiya rahbari.

Telefon orqali muloqot…

7-fevral 2018-yil — Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Turkiya Respublikasi Prezidenti Rejep Tayyip Erdogʻan bilan telefon orqali muloqoti boʻlib oʻtdi.

O‘zbekiston Prezidentining Matbuot xizmati

Suhbat chogʻida ikki davlat rahbarlari tomonidan 2017-yil oktyabr oyida Turkiya Respublikasiga amalga oshirilgan oliy darajadagi samarali tashrif koʻp qirrali va oʻzaro manfaatli oʻzbek-turk hamkorligini sifat jihatidan yangi bosqichga olib chiqqanligi mamnuniyat bilan qayd etildi.

Ushbu tarixiy tashrif yakunlari bo‘yicha erishilgan aniq kelishuv va imzolangan bitimlarning bajarilishi, jumladan savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy, texnologik, bank-moliya, transport, turizm va boshqa muhim sohalardagi yirik qo‘shma loyihalarni tayyorlash hamda amalga oshirish masalalari atroflicha ko‘rib chiqildi.

Mazkur kelishuvlarni hayotga to‘liq va muddatida tatbiq etish, muhim loyihalarni jadallashtirish maqsadida ikki mamlakat hukumatlari o‘rtasida muntazam ravishda muloqotlar olib borilishi va uchrashuvlar o‘tkazilishi yuzasidan kelishib olindi.

26-fevral 2018-yil — Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Turkiya Respublikasi Prezidenti Rejep Tayyip Erdogʻan bilan telefon orqali muloqot qildi.

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev Prezident Rejep Tayyip Erdogʻanni tugʻilgan kuni bilan samimiy qutlab, uning Oʻzbekiston va Turkiya oʻrtasidagi qardoshlik va strategik sheriklik munosabatlarini rivojlantirish, oʻzaro manfaatli hamkorlikni mustahkamlashga qaratilgan katta eʼtibori va saʼy-harakatlarini hamda qoʻshayotgan ulkan hissasini alohida qayd etdi.

Ozbekiston Prezidentiga hamda Turkiya Prezidentiga maktub…

21-mart 2018-yil — Navro‘z bayrami munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev nomiga xorijiy davlatlar va hukumatlar, xalqaro tashkilotlar rahbarlaridan samimiy qutlovlar keldi. Jumladan, Turkiya Respublikasi Prezidenti Rejep Tayyip Erdogʻandan kelgan bayram tabrigi:

O‘zbekiston Prezidentining Matbuot xizmati

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti
Shavkat Mirziyoyev Janobi Oliylariga

Hurmatli Prezident, aziz qardoshim!
O‘lkalarimiz o‘rtasidagi qadim do‘stlik, qardoshlik, birdamlik va hamkorlikni o‘zida mujassam etib, kelajak avlodlarga yetkazgan Navro‘z bayrami munosabati bilan Siz Janobi Oliylarini hamda do‘st va qardosh o‘zbek xalqini turk xalqi va shaxsan o‘z nomimdan eng samimiy tilaklarim ila tabriklayman.
Hurmat bilan,

Turkiya Respublikasi Prezidenti
Rejep Tayyip Erdog‘an

Shuningdek, Prezident Shavkat Mirziyoyev ham oʻz hamkasblarini bayram bilan muborakbod etib maktub yoʻlladi. Ular orasida Turkiya rahbariga ham javob tabrigi oʻrin olgan.

O‘zbekistonga tashrif…

27-mart 2018-yil — Prezident Shavkat Mirziyoyev “Tinchlik jarayoni, xavfsizlik sohasida hamkorlik va mintaqaviy sheriklik” mavzuidagi Afgʻoniston boʻyicha yuqori darajadagi Toshkent xalqaro konferensiyasi doirasida Turkiya Respublikasi tashqi ishlar vaziri Mavlut Chavushoʻgʻlini qabul qildi. Turkiya Respublikasi tashqi ishlar vaziri Mavlut Chavushoʻgʻlini samimiy qutlar ekan, doʻstlik va strategik sheriklik munosabatlarini yana-da mustahkamlash maqsadida oʻtgan yili oktyabr oyida Turkiyaga oliy darajadagi tashrif chogʻida erishilgan kelishuv va bitimlarni toʻla amalga oshirish muhimligini qayd etdi.

O‘zbekiston Prezidentining Matbuot xizmati

Turkiya Prezidentining Oʻzbekistonga tashrifi…

30-aprel 2018-yil — Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning taklifiga binoan Turkiya Respublikasi Prezidenti Rejep Tayyip Erdogʻan 29-aprel kuni davlat tashrifi bilan mamlakatimizga keldi.

www.tccb.gov.tr

30 aprel kuni Koʻksaroyda oliy martabali mehmonni rasmiy kutib olish marosimi boʻldi.

O‘zbekiston Prezidentining Matbuot xizmati

Rasmiy kutib olish marosimdan soʻng Prezidentlar muzokaralarni rasmiy delegatsiyalar ishtirokida davom ettirdilar.

O‘zbekiston Prezidentining Matbuot xizmati
O‘zbekiston Prezidentining Matbuot xizmati

Prezident Shavkat Mirziyoyev va Prezident Rejep Tayyip Erdogʻan Oʻzbekiston bilan Turkiya oʻrtasidagi strategik hamkorlikni yangi bosqichga koʻtarishga qaratilgan Qoʻshma bayonotni imzoladilar. Ikki mamlakat hukumatlari, vazirlik va idoralari oʻrtasida iqtisodiyot, savdo-sotiq, transport-logistika, sanoat, energetika, ilm-fan, taʼlim, turizm va boshqa sohalarga doir 24 ta hujjat imzolandi.

O‘zbekiston Prezidentining Matbuot xizmati

Oʻzbekiston va Turkiya oʻrtasida Strategik sheriklik oliy kengashi tuzildi. Muzokaralar xalqlarimiz oʻrtasidagi azaliy doʻstlik va qardoshlik anʼanalariga mos holda, ochiq, sermazmun va samarali boʻldi. Hamkorligimizning bugungi holati xolisona baholanib, uning ustuvor yoʻnalishlari va istiqboldagi vazifalari aniq belgilab olindi. Ikki davlat rahbarlari raisligida Strategik sheriklik oliy kengashi tuzish boʻyicha kelishuvga erishildi, dedi davlatimiz rahbari.

O‘zbekiston Prezidentining Matbuot xizmati

Oʻzbekiston va Turkiya Prezidentlari biznes-forumga tashrif buyurdi. Bu ishbilarmon doiralarning faol hamkorligini qoʻllab-quvvatlash davlat rahbarlarining eʼtiborida ekani, ular uchun barcha zarur shart-sharoitlar yaratilishining yana bir tasdigʻi boʻldi.

O‘zbekiston Prezidentining Matbuot xizmati

Mamlakatimizda xorijiy sarmoyadorlar uchun keng imkoniyatlar ochilmoqda. Xorijiy sarmoyalarni ragʻbatlantirish va toʻliq himoya qilish maqsadida zarur meʼyoriy-huquqiy hujjatlar qabul qilindi. Biznes rivojiga gʻov boʻlib turgan turli toʻsiqlar olib tashlandi. Ishbilarmonlik muhitini yaxshilashni qatʼiy davom ettirgan holda, tashqi savdo va bojxona-tarif nazorati keskin kamaytirildi.

O‘zbekiston Prezidentining Matbuot xizmati
O‘zbekiston Prezidentining Matbuot xizmati

Davlat rahbarlari Bahouddin Naqshband maqbarasiga tashrif buyurdi.

Shavkat Mirziyoyev va Rajab Tayyip Erdogʻan Buxoroga tashrifi avvalida Bahouddin Naqshband maqbarasini ziyorat qildilar. Qurʼon tilovat qilindi.

O‘zbekiston Prezidentining Matbuot xizmati

Prezident Ark qoʻrgʻoniga tashrif buyurdi

O‘zbekiston Prezidentining Matbuot xizmati

Buxoro shahridagi ushbu qadimiy qal’a xalqimizning boy tarixi, madaniyati, etnografiyasi, xorijiy davlatlar bilan ijtimoiy-iqtisodiy aloqalaridan guvohlik beradi.

O‘zbekiston Prezidentining Matbuot xizmati

Ikki davlat rahbarlari Ark-viloyat o‘lkashunoslik muzeyi bilan tanishdi, bu yerdagi noyob osori-atiqalarni ko‘zdan kechirdi.

Prezidentlar Poyi Kalon majmuasida boʻldi

Kalon minorasi va masjidi XII va XVI asrlar oralig‘ida bunyod etilgan. Bu obidalar Mir Arab madrasasi bilan uyg‘unlashib, go‘zal ansambl hosil qilgan. Ularning me’moriy yechimi ajdodlarimiz madaniyati va san’atining yaqqol ifodasi sifatida bugun ham barchani hayratga solib kelmoqda.

Prezidentlar Mir Arab madrasasida faoliyat yuritayotgan islom o‘rta maxsus bilim yurti bilan tanishdi. Mamlakatimizdagi eng qadimiy va yirik jome’ masjidlaridan biri bo‘lgan Masjidi Kalonni ham ziyorat qildi.

O‘zbekiston Prezidentining Matbuot xizmati

Oliy martabali mehmon Buxoro shahrining tarixiy qismida zardo‘zlik, zargarlik, gilamdo‘zlik, kashtachilik, kulolchilik mahsulotlari ko‘rgazmasi bilan tanishdi.

Turkiya Prezidentining tashrifi yakunlandi

Davlat rahbarlarining Koʻksaroyda boʻlib oʻtgan muzokaralari natijasida 25 ta hujjat imzolandi. Ekspomarkazda ikki mamlakat ishbilarmonlari 3 milliard dollarlik kelishuvlarga erishdi. Buxoro ziyorati uchrashuvlarga qoʻshimcha mazmun baxsh etdi.

O‘zbekiston Prezidentining Matbuot xizmati

Rajab Tayyip Erdogʻanni Buxoro xalqaro aeroportida Prezident Shavkat Mirziyoyev kuzatib qoʻydi.

Oʻzbekiston Prezidentiga maktub…

15-iyun 2018-yil — O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Ramazon hayiti munosabati bilan qator xorijiy mamlakatlar va xalqaro tashkilotlar rahbarlarini tabrikladi. Jumladan Turkiya Prezidenti hamkasbini muborakbod etdi.

Telefon orqali muloqot…

16-iyun 2018-yil — Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Turkiya Respublikasi Prezidenti Rejep Tayyip Erdogʻan bilan telefon orqali muloqoti boʻlib oʻtdi.

Suhbat avvalida davlat rahbarlari butun musulmon dunyosi uchun shodlik va shukronalik, xayr-saxovat ayyomi boʻlgan qutlugʻ Ramazon hayiti munosabati bilan oʻzaro tabrik almashdilar.

24-iyun 2018-yil — Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Turkiya Respublikasi Prezidenti Rejep Tayyip Erdogʻan bilan telefon orqali muloqoti boʻlib oʻtdi.

O‘zbekiston Prezidentining Matbuot xizmati

Suhbat boshida Davlatimiz Rahbari Rejep Tayyip Erdogʻanni Turkiya Respublikasi Prezidenti lavozimiga saylangani munosabati bilan samimiy tabriklab, unga katta muvaffaqiyatlar tiladi.

Turkiya Prezidentiga maktub…

25-iyun 2018-yil — O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Turkiya Respublikasi Prezidenti lavozimiga saylangani munosabati bilan Rejep Tayyip Erdog‘anga tabrik maktubi yo‘lladi.

9-iyul 2018-yil — Prezident Shavkat Mirziyoyev Turkiyaning Tekirdogʻ viloyatida roʻy bergan poyezd halokati oqibatida koʻplab insonlar qurbon boʻlgani va jarohatlangani munosabati bilan Turkiya Respublikasi Prezidenti Rejep Tayyip Erdogʻanga hamdardlik bildirdi.

Telefon orqali muloqot…

24-iyul 2018-yil — Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning tugʻulgan kuni munosabati bilan bir qator hamkasblari davlar rahbarlari telefon orqali bogʻlandi. Xorijiy davlatlar rahbarlari, shuningdek Turkiya Respublikasi Prezidenti Rejep Tayyip Erdoʻgʻon Oʻzbekiston Prezidentini tugʻilgan kuni bilan samimiy tabriklab, koʻp millatli xalqimizga tinchlik, taraqqqiyot va farovonlik tiladi.

8-avgust 2018-yil — Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Turkiya Respublikasi Prezidenti Rejep Tayyip Erdogʻan bilan telefon orqali muloqot qildi.

O‘zbekiston Prezidentining Matbuot xizmati

Muloqotda davlat rahbarlari Oʻzbekiston va Turkiya oʻrtasidagi doʻstlik va strategik sheriklik munosabatlari yuqori surʼatlarda rivojlanib borayotganini chuqur mamnuniyat bilan qayd etdilar.

Oʻzbekiston Prezidentiga maktub…

21-avgust 2018-yil — Qurbon hayiti munosabati bilan Prezident Shavkat Mirziyoyev nomiga xorijiy davlatlar va hukumatlar, xalqaro tashkilotlar rahbarlaridan samimiy qutlovlar keldi. Jumladan Turk qardoshlarimiz boʻlgan Turkiya rahbari ham tabrigini yoʻllagan. Tabrikda Prezidentimizga sogʻlik va muvaffaqiyatlar, mamlakatimiz xalqiga tinchlik-osoyishtalik va ravnaq tilab, ezgu istaklar izhor etilgan.

Oʻzbekiston Prezidentiga maktub…

29-avgust 2018-yil — Turkiya Prezidenti Oʻzbekiston Prezidentini Mustaqillik bayrami bilan tabrikladi.

O‘zbekiston Prezidentining Matbuot xizmati

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti
Shavkat Mirziyoyev Janobi Oliylariga

Muhtaram Prezident, aziz qardoshim!

Oʻzbekistonning Milliy kuni munosabati bilan Siz Janobi Oliylarini va butun oʻzbek xalqini shaxsan oʻz nomimdan va xalqim nomidan chin qalbimdan muborakbod etaman.

Qardoshimiz va doʻstimiz deb bilganimiz Oʻzbekistonning Siz, aziz qardoshimning oqilona va uzoqni koʻzlovchi rahbarligida erishayotgan yutuqlarini butun dunyo kabi biz ham yuqori baholagan holda kuzatyapmiz. Oʻzbekistonning yanada gullab-yashnashi yoʻlida gʻayrat va fidokorlik bilan qilayotgan saʼy-harakatlaringizni bugungacha boʻlgani kabi kelgusida ham qoʻllab-quvvatlashda davom etamiz.

Mamlakatlarimiz oʻrtasidagi mustahkam hamkorlik va strategik sheriklik birgalikdagi saʼy-harakatimiz bilan xalqlarimizning manfaati yoʻlida yanada kuchayishiga ishonchim komil. Sizning oqilona rahnamoligingizda doʻst va qardosh Oʻzbekistonning shunday irodaga ega ekanining shohidi boʻlayotganimdan mamnunman.

Fursatdan foydalanib, Oʻzbekiston bilan munosabatlarimiz kelgusida yanada rivojlanishiga ishonchimni tasdiqlagan holda, Siz Janobi Oliylariga sihat-salomatlik, baxt-saodat, qardosh oʻzbek xalqiga omonlik va farovonlik tilab qolaman.

Rejep Tayyip Erdogʻan,
Turkiya Respublikasi Prezidenti

Ozbekistonga tashrif…

24-sentyabr 2018-yil — Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev rasmiy tashrif bilan mamlakatimizga kelgan Turkiya Respublikasi Buyuk millat majlisi raisi Binali Yildirimni qabul qildi.

O‘zbekiston Prezidentining Matbuot xizmati

Davlatimiz rahbari mehmonni samimiy qutlar ekan, siyosiy iroda va birgalikdagi saʼy-harakatlar tufayli Oʻzbekiston va Turkiya oʻrtasidagi anʼanaviy yaqin va doʻstona munosabatlar strategik sheriklik darajasiga koʻtarilganini taʼkidladi.

O‘zbekiston Prezidentining Matbuot xizmati

Oʻtgan yil kuzda Turkiyaga va joriy yil bahorda Oʻzbekistonga amalga oshirilgan davlat tashriflari davomida boʻlib oʻtgan oliy darajadagi samarali muzokaralar, ular yakunida imzolangan muhim hujjatlar turli sohalardagi amaliy hamkorlikni kengaytirish uchun mustahkam asos yaratishga xizmat qilgani alohida qayd etildi.

Telefon orqali muloqot…

29-oktyabr 2018-yil — Oʻzbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Turkiya Prezidenti Rejep Tayyip Erdogʻanni 29-oktabr — Jumhuriyat bayrami munosabati bilan tabrikladi.

O‘zbekiston Prezidentining Matbuot xizmati

Telefon orqali muloqot…

13-dekabr 2018-yil — Oʻzbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 13-dekabr kuni Anqara shahrida roʻy bergan poyezdlar toʻqnashuvi oqibatida koʻplab insonlar halok boʻlgani va jarohatlangani munosabati bilan Turkiya Prezidenti Rejep Tayyip Erdogʻanga hamdardlik bildirdi.

27-dekabr 2018-yil — Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Turkiya Respublikasi Prezidenti Rejep Tayyip Erdogʻan bilan telefon orqali muloqot qildi.

Suhbat avvalida davlat rahbarlari Yangi yil kirib kelishi munosabati bilan xalqlarimizni qizgʻin tabriklab, koʻp qirrali hamkorlikning istiqbollariga oid dolzarb masalalarni muhokama qildilar.

O‘zbekiston Prezidentining Matbuot xizmati

Yuqori darajadagi izchil aloqalar, oʻtgan yili kuzda Anqaraga hamda joriy yilning bahorida Toshkentga amalga oshirilgan tarixiy tashriflar ikki tomonlama munosabatlarni sifat jihatidan yuqori darajaga olib chiqqani alohida taʼkidlandi.

Oʻzbekiston Prezidentiga maktub…

31-dekabr 2018-yil — Yangi-2019-yil kirib kelishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev nomiga xorijiy davlatlar va hukumatlar, nufuzli xalqaro va mintaqaviy tashkilotlar rahbarlari, taniqli siyosat va jamoat arboblaridan Prezidentimiz va koʻp millatli Oʻzbekiston xalqiga tinchlik-osoyishtalik, baxt-saodat va muvaffaqiyatlar izhor etilgan samimiy qutlovlar keldi. Jumladan Turkiya Prezidenti Shavkat Mirziyoyevga oʻz samimiy tabrigini yoʻllagan.

Telefon orqali muloqot…

26-fevral 2019-yil — Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Turkiya Respublikasi Prezidenti Rejep Tayyip Erdogʻan bilan telefon orqali muloqoti boʻlib oʻtdi.

Suhbat avvalida davlatimiz rahbari Turkiya Prezidentini tavallud kuni bilan samimiy tabriklab, eng ezgu tilaklarini bildirdi.

Oʻzbekistonga tashrif…

12-aprel 2019-yil — Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev ishonch yorliqlarini qabul qilib oldi. Turkiya Respublikasidan Favqulodda va muxtor elchi etib Mehmet Sureyya Er qabul qilingan.

O‘zbekiston Prezidentining Matbuot xizmati
https://app.genial.ly/ — INTRAKTIV SURAT

Telefon orqali muloqot…

16-may 2019-yil — Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev joriy yil 15-mayda Turkiya Respublikasi Prezidenti Rejep Tayyip Erdogʻan bilan telefon orqali muloqot qildi.

Suhbat chogʻida har ikki davlat rahbarlari kirib kelgan muborak va qutlugʻ Ramazoni sharif munosabati bilan bir-birlariga oʻzlarining qizgʻin tabriklarini chin dildan izhor etib, eng ezgu va samimiy tilaklarini bildirdilar.

4-iyun 2019-yil — Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 4-iyun kuni Turkiya Respublikasi Prezidenti Rejep Tayyip Erdogʻan bilan telefon orqali muloqot qildi.

Suhbat avvalida Prezidentlar qutlugʻ Ramazon hayiti munosabati bilan bir-birlarini va qardosh xalqlarimizni qizgʻin muborakbod etib, ezgu tilaklarini izhor qildilar.

O‘zbekiston Prezidentining Matbuot xizmati

Oʻzbekiston Prezidentiga maktub…

4-iyun 2019-yil — Ramazon hayiti munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev nomiga xorijiy mamlakatlar davlat va hukumat rahbarlaridan tabrik maktublari kelmoqda. Ularda mamlakatimiz xalqiga tinchlik, farovonlik va ravnaq tilab, ezgu istaklar izhor etilgan. Jumladan, Turkiya Prezidenti Shavkat Mirziyoyevga oʻz samimiy tabrigini yoʻllagan.

Xalqaro maydondagi uchrashuv…

15-iyun 2019-yil — Tojikiston Respublikasi Dushanbe shahri Osiyoda hamkorlik va ishonch choralari boʻyicha kengash sammiti doirasida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Turkiya Respublikasi Prezidenti Rejep Tayyip Erdogʻan bilan muzokara oʻtkazdi.

Uchrashuvda Oʻzbekiston-Turkiya koʻp qirrali sherikligining dolzarb masalalari muhokama qilindi.

O‘zbekiston Prezidentining Matbuot xizmati

Amaliy hamkorlikning ustuvor loyihalarini ilgari surish borasidagi faol saʼy-harakatlarni davom ettirishga kelishib olindi.

Telefon orqali muloqot…

24-iyul 2019-yil — Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Turkiya Respublikasi Prezidenti Rejep Tayyip Erdogʻan telefon orqali muloqot qildilar.

Suhbat avvalida Turkiya yetakchisi davlatimiz rahbarini tugʻilgan kuni bilan samimiy muborakbod etib, Oʻzbekiston Prezidentining mamlakatlarimiz oʻrtasidagi koʻp qirrali munosabatlarda bugungi yuksak darajaga erishishga qoʻshgan shaxsiy hissasini alohida qayd etdi.

11-avgust 2019-yil — Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Turkiya Respublikasi Prezidenti Rejep Tayyip Erdogʻan bilan telefon orqali muloqot qildi.

O‘zbekiston Prezidentining Matbuot xizmati

Davlat rahbarlari qutlugʻ Qurbon hayiti munosabati bilan bir-birlarini hamda azaliy qardosh xalqlarimizni qizgʻin qutlab, eng ezgu va samimiy tilaklarini izhor etdilar.

Oʻzbekiston Prezidentiga maktub…

30-avgust 2019-yil — O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev nomiga xorijiy davlatlar va hukumatlar, xalqaro tashkilotlar rahbarlaridan mamlakatimiz mustaqilligining yigirma sakkiz yilligi munosabati bilan bayram qutlovlari keldi jumladan:

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti
Shavkat Mirziyoyev Janobi Oliylariga

Muhtaram Prezident janoblari!

O‘zbekiston Mustaqilligi kuni munosabati bilan Siz Janobi Oliylarini va timsolingizda butun O‘zbekiston xalqini shaxsan o‘zim va xalqim nomidan samimiy muborakbod etaman.

Do‘st va qardosh O‘zbekiston mustaqillikka erishganidan buyon o‘tgan vaqt mobaynida strategik sheriklik darajasiga yetgan munosabatlarimizni mushtarak sa’y-harakatlar bilan har sohada yanada chuqurlashtirimizga chin yurakdan ishonaman.

Strategik hamkorlik oliy kengashining birinchi yig‘ilishi o‘tkazilishi munosabati bilan Sizni va delegatsiyangizni yurtimizda qutlashdan mamnuniyat tuyishimizni bildirmoqchiman.

Shu fursatdan foydalanib, Siz Janobi Oliylariga sihat-salomatlik, baxt-saodat, do‘st va qardosh O‘zbekiston xalqiga omonlik tilab qolaman.

Hurmat bilan,

Rejep Tayyip Erdog‘an,
Turkiya Respublikasi Prezidenti

Ozbekistonga tashrif…

4-oktyabr 2019-yil — Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev mamlakatimizda amaliy tashrif bilan boʻlgan Turkiya savdo palatalari va tovar birjalari raisi Mustafo Rifat Hisorjiqli oʻgʻlini qabul qildi.

O‘zbekiston Prezidentining Matbuot xizmati

Xalqaro maydondagi uchrashuv…

15-oktyabr 2019-yil — Ozarbayjon Respublikasi Boku shahrida boʻlib oʻtadigan Turkiy tilli davlatlar hamkorlik kengashining (Turkiy kengash) yettinchi sammiti doirasida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Turkiya Respublikasi Prezidenti Rejep Tayyip Erdogʻanning uchrashuvi boʻlib oʻtdi.

O‘zbekiston Prezidentining Matbuot xizmati

Davlat rahbarlari bir-birini samimiy qutlab, mamlakatlarimiz oʻrtasidagi doʻstlik, koʻp qirrali hamkorlik va strategik sheriklik munosabatlari mustahkamlanib borayotganini alohida mamnuniyat bilan qayd etdilar.

Telefon orqali muloqot…

31-dekabr 2019-yil — Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Turkiya Respublikasi Prezidenti Rejep Tayyip Erdogʻan bilan telefon orqali muloqot qildi.

Davlat rahbarlari kirib kelayotgan Yangi yil bilan bir-birlarini samimiy qutladilar.

Telefon orqali muloqot…

5-fevral 2020-yil — Oʻzbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Turkiyaning sharqidagi Van muzofotida yuz bergan qor koʻchishi oqibatida koʻplab insonlar qurbon boʻlgani va jarohatlangani munosabati bilan Turkiya Prezidenti Rejep Tayyip Erdogʻanga hamdardlik bildirdi.

O‘zbekiston Prezidentining Matbuot xizmati

Turkiyaga tashrif…

19-fevral 2020-yil — Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Turkiya Respublikasi Prezidenti Rejep Tayyip Erdogʻanning taklifiga binoan 19-fevral kuni tashrif bilan Turkiyaga tashrif buyurdi.

O‘zbekiston Prezidentining Matbuot xizmati

“Esonbugʻa” xalqaro aeroportida davlatimiz rahbarini Turkiya hukumati aʼzolari, Anqara muzofoti va shahri rahbariyati, boshqa rasmiy shaxslar kutib oldi.

Shavkat Mirziyoyev Otaturk xotirasiga hurmat bajo keltirdi

Prezident Shavkat Mirziyoyev Anqara shahridagi Anitkabir yodgorlik majmuasiga tashrif buyurib, Mustafo Kamol Otaturk qabriga gulchambar qo‘ydi.

O‘zbekiston Prezidentining Matbuot xizmati

Mustafo Kamol turk xalqining atoqli farzandi, buyuk davlat arbobidir. U Birinchi jahon urushidan keyin parchalanib, okkupatsiyada qolgan mamlakatni ozod etgan. 1923-yilda mustaqillik e’lon qilib, hozirgi Turkiya Respublikasiga asos solgan hamda uning birinchi Prezidenti bo‘lgan. Mamlakatning bugungi taraqqiyotini belgilab bergan siyosiy, ijtimoiy va madaniy islohotlarni amalga oshirgan. 1934-yilda parlament qonuni bilan unga Otaturk nomi berilgan. U dafn etilgan Anitkabir majmuasi xalq uchun juda qadrli maskanga aylangan.

Davlatimiz rahbari muzey bilan ham tanishdi, majmuaning faxriy mehmonlar kitobiga dastxat yozdi.

Shundan soʻng, Turkiya Respublikasi Prezidenti saroyida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentini rasmiy kutib olish marosimi boʻlib oʻtdi

O‘zbekiston Prezidentining Matbuot xizmati

Oliy martabali mehmon sharafiga faxriy qorovul saf tortdi. Shavkat Mirziyoyev va Rejep Tayyip Erdog‘an shohsupaga ko‘tarildilar. O‘zbekiston va Turkiyaning davlat madhiyalari yangradi. Prezidentlar faxriy qorovul safi oldidan o‘tdilar.

O‘zbekiston Prezidentining Matbuot xizmati

Shundan so‘ng davlat rahbarlarining tor doiradagi uchrashuvi boshlandi. Unda mamlakatlarimiz o‘rtasidagi siyosiy, savdo-iqtisodiy, madaniy-gumanitar hamkorlikni yanada rivojlantirish masalalari atroflicha muhokama qilindi.

O‘zbekiston Prezidentining Matbuot xizmati

O‘zbekiston–Turkiya strategik hamkorlik kengashining birinchi yig‘ilishi

Anqara shahrida 19-fevral kuni Oliy darajadagi O‘zbekiston–Turkiya strategik hamkorlik kengashining birinchi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Bu kengash ikki tomonlama munosabatlar tarixida yangi muloqot formatidir. U 2018-yili davlat rahbarlarining Qo‘shma bayonotiga muvofiq tuzilgan.

Kengash o‘z faoliyatini O‘zbekiston va Turkiya Prezidentlari hamraisligida olib boradi. Siyosat, xavfsizlik va mudofaa, savdo va iqtisodiyot, investitsiya, turizm, energetika, transport va tranzit, qishloq va o‘rmon xo‘jaligi, madaniyat, ta’lim, fan va texnika, innovatsiyalar, sog‘liqni saqlash va boshqa o‘zaro manfaatli sohalardagi hamkorlikni rivojlantirish strategiyasini belgilaydi.

O‘zbekiston Prezidentining Matbuot xizmati

Turkiya Prezidenti Rejep Tayyip Erdog‘an Strategik hamkorlik kengashining birinchi yig‘ilishi natijalari to‘g‘risida qo‘shma bayonotni imzoladilar

Muzokaralar yakunida O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Turkiya Prezidenti Rejep Tayyip Erdog‘an Strategik hamkorlik kengashining birinchi yig‘ilishi natijalari to‘g‘risida qo‘shma bayonotni imzoladilar.

Shuningdek, iqtisodiyot, savdo, texnologiyalar sohasiga oid hujjatlar imzolandi.

Ommaviy axborot vositalari vakillari uchun o‘tkazilgan brifingda Rejep Tayyip Erdog‘an O‘zbekiston Prezidenti tashrifidan mamnun ekanini bildirdi.

O‘zbekiston Prezidentining Matbuot xizmati

O‘zbekiston Prezidenti tashrifi sharafiga qabul marosimi o‘tkazildi

Rasmiy tadbirlar yakuniga yetgach, O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va uning rafiqasi Ziroat Mirziyoyeva sharafiga Turkiya Prezidenti Rejep Tayyip Erdog‘an va uning rafiqasi Emina xonim tomonidan qabul marosimi tashkil etildi. Ular birgalikda suratga tushib, samimiy suhbatlashdi.

O‘zbekiston Prezidentining Matbuot xizmati

Tadbirda ikki mamlakat rasmiy delegatsiyasi a’zolari, davlat va jamoat arboblari ishtirok etdi.

O‘zbekiston Prezidenti turkiyalik ishbilarmonlar bilan uchrashdi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 20-fevral kuni Anqara shahrida Turkiyaning yetakchi kompaniyalari va banklari rahbarlari bilan uchrashdi. Tadbirda Turkiya savdo palatalari va birjalari uyushmasi, Turkiya hamkorlik va muvofiqlashtirish agentligi (TIKA), «Gebze» uyushgan sanoat zonasi, «Ziraat» banki, «Zorlu xolding», «Joshkunoz xolding», «Ekzachibashi», «Baykar», «Dunyagoz», «Kanimed saglik», «Bau global», «Xavelsan» kabi qator kompaniyalar vakillari ishtirok etdi.

Davlatimiz rahbari Turkiya Prezidenti bilan o‘tgan muzokaralarda biznes aloqalarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlashga kelishib olinganini ta’kidladi.

O‘zbekiston Prezidentining Matbuot xizmati

Har qaysi davlat, har qaysi xalq intellektual salohiyati, yuksak ma’naviyati bilan qudratlidir.

Shavkat Mirziyoyev

Shavkat Mirziyoyev Xalq kutubxonasining ochilish marosimida ishtirok etdi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 20-fevral kuni Anqara shahrida Turkiya Respublikasi Prezidenti huzuridagi Xalq kutubxonasining ochilish marosimida ishtirok etdi.

Ushbu majmua Turkiya rahbari Rejep Tayyip Erdog‘an tashabbusi bilan bunyod etilgan. Mahobatli kutubxona kitob fondi (4 million bosma nashr va 120 milliondan ziyod elektron fayl) hamda xizmat darajasi bo‘yicha dunyodagi eng ulkanlaridan biridir. Ushbu ma’naviy boylik maskani Prezident qarorgohi — Jumhurbashkanligi saroyi yonida qurilgani ham uning ahamiyatini ko‘rsatadi.

Ochilish marosimida butun dunyodan ikki mingga yaqin mehmon — olimlar, yozuvchilar, ta’lim va madaniyat namoyandalari, davlat va jamoat arboblari qatnashdi. Shavkat Mirziyoyev Turkiya Prezidenti tomonidan taklif etilgan oliy darajadagi yagona mehmon bo‘ldi.

O‘zbekiston Prezidentining Matbuot xizmati

Davlat rahbarlari yangi kutubxona bilan tanishdi

Shavkat Mirziyoyev va Rejep Tayyip Erdog‘an rafiqalari hamrohligida Turkiya Prezidenti huzuridagi Xalq kutubxonasi faoliyati bilan tanishdi.

Bu muhtasham kutubxona bugun ochilgan edi, Prezidentimiz va rafiqasi uning birinchi faxriy mehmonlari bo‘lishdi. Noyob kitoblar ko‘rgazmasi namoyish etildi. Turkiya Prezidenti davlatimiz rahbariga shunday nodir asarlardan birini sovg‘a qildi.

O‘zbekiston Prezidentining Matbuot xizmati

Turkiyada O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning joriy yilda Oliy Majlisga yo‘llagan Murojaatnomasining turk tilidagi nashri 1000 nusxada chop etildi.

Mazkur nashrga Shavkat MIRZIYOYEV: “Tariximizda yangi sahifa ochishga qodirmiz” (Şevket MİRZİYOYEV: “Tarihimizde yeni bir sayfa açmaya kâdiriz” nomi berilgan bo‘lib, kitob mazkur kutubxonadan alohida o‘rin olgan.

O‘zbekiston Prezidentining Matbuot xizmati
O‘zbekiston Prezidentining Matbuot xizmati

Shavkat Mirziyoyevning Turkiyaga tashrifi nihoyasiga yetdi

Barcha oliy darajadagi uchrashuvlardan so‘ng Prezident Shavkat Mirziyoyevning Turkiyaga tashrifi yakunlandi. Davlatimiz rahbarini «Esonbug‘a» aeroportida Prezident Rejep Tayyip Erdog‘an kuzatib qo‘ydi.

O‘zbekiston Prezidentining Matbuot xizmati

Telefon orqali muloqot…

26-fevral 2020-yil — O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Turkiya Respublikasi Prezidenti Rejep Tayyip Erdog‘an bilan telefon orqali muloqoti bo‘lib o‘tdi.

Suhbat avvalida davlatimiz rahbari Turkiya yetakchisini tavallud kuni bilan samimiy tabriklab, unga baxt-saodat va yangi zafarlar, do‘st Turkiya xalqiga esa farovonlik tiladi.

Prezident Rejep Tayyip Erdog‘anning mamlakatni barqaror rivojlantirish, xalqaro maydondagi nufuzini oshirishdagi tarixiy o‘rni alohida qayd etildi. Davlatlarimiz o‘rtasidagi do‘stlik va strategik sheriklik munosabatlarini mustahkamlashga qo‘shgan katta hissasi yuksak baholandi.

Ozbekistonga tashrif…

9-mart 2020-yil — O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 9-mart kuni Turkiyaning yetakchi injiniring va qurilish kompaniyasi — “Renessans Xolding” prezidenti Erman Ilijak boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi.

www.prezident.uz

Ushbu uchrashuv o‘tgan oy Anqarada o‘tgan oliy darajadagi O‘zbekiston-Turkiya muzokaralarining mantiqiy davomi bo‘ldi.

Bugungi kunda «Renessans Xolding» kompaniyasi mamlakatimizda umumiy qiymati 2 milliard dollardan ziyod bo‘lgan yirik investitsiya loyihalarini amalga oshirishda faol ishtirok etmoqda.

Telefon orqali muloqot…

22-aprel 2020-yil — O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Turkiya Respublikasi Prezidenti Rejep Tayyip Erdog‘anning telefon orqali muloqoti bo‘lib o‘tdi.

www.prezident.uz

Suhbat avvalida davlat rahbarlari muborak Ramazon oyi boshlanishi munosabati bilan samimiy qutlovlar almashib, bir-birlari va birodar xalqlarimizga sihat-salomatlik, farovonlik va ravnaq tiladilar.

O‘zbekiston Prezidenti hamkasbi va do‘st Turkiya xalqini ushbu mamlakatda keng nishonlanadigan davlat bayrami — Milliy suverenitet va bolalar kuni bilan ham tabrikladi.

Muloqotda Shavkat Mirziyoyev va Rejep Tayyip Erdog‘an yangi global xatar — koronavirus infeksiyasining shiddatli tarqalishiga qarshi kurashishda yaqindan hamkorlik qilish masalalariga alohida to‘xtaldilar.

Xususan, tomonlar mamlakatlarimizda pandemiyaga qarshi kurash, shuningdek, ushbu xavfli kasallik oqibatlarining amalga oshirilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy yangilanishlarga va inqirozga qarshi qabul qilinayotgan choralar samaradorligiga salbiy ta’sirini oldini olish borasida ko‘rilayotgan qat’iy chora-tadbirlarni to‘liq qo‘llab-quvvatladilar.

Biz, yuqorida O‘zbekiston va Turkiya munosabatlarining yangi davrini bir necha bosqichlari orqali solnoma ko‘rinishida taqdim qilishga harakat qildik. Albatta, bu solnomadan o‘rin olmay qolgan boshqa muhim tadbir, uchrashuvlar bo‘lishi mumkin. Xususan, O‘zbekiston va Turkiya hukumatlari tomonidan ham bir necha bor rasmiy uchrashuvlar, amaliy safarlar bo‘lib otgan. Bu siyosiy mavzu bo‘gani bois asosan rasmiy manbalarga murojaat qildik. Endi, yuqoridagi barcha ma’lumotlarni qisqa infografika orqali bilib olishingiz mumkim.

* Mazkur statistik ma’lumotlar 2016 yil 3 sentyabrdan, 2020 yil 22 aprel sanalari holatiga ko’ra tuzilgan.

Endilikda, mazkur solnoma orqali O‘zbekiston va Turkiya o‘rtasidagi strategik aloqalarni boshqa davlatlar misolida yuqorida keltirib o‘tilgan kichik bo‘lim ya’ni telefon orqali muloqotlar asosida farqlaymiz. Ular quyidagilarni tashkil etadi, jumaladan:

  • Turkiya Respublikasi Prezidenti Respublikasi Prezidenti Rejep Tayyip Erdog‘an bilan 2016 yil 6 dekabrdan, 2020 yil 22 aprel holatigacha 20 marotaba;

  • Qozog‘iston Respublikasining Birinchi Prezidenti — Elboshi Nursulton Nazarboyev bilan 2016 yil 5 oktyabrdan, 2020 yil 8 may holatigacha 20 marotaba;

  • Turkmaniston Prezidenti Gurbanguli Berdimuhammedov bilan 2016 yil 26 oktyabrdan, 2020 yil 6 may holatigacha 19 marotaba;

  • Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Prezidenti Vladimir Putin bilan 2016 yil 7 oktyabrdan, 2020 yil 8 may holatigacha 15 marotaba;

  • Qirg‘iziston Prezidenti Sooronbay Jeenbekov bilan 2018 yil 15 fevraldan, 2020 yil 4 may holatigacha 11 marotaba;

  • Qozog‘iston Respublikasining Kasim-Jomart Tokayev bilan 2019 yil 20 martdan, 2020 yil 8 may holatigacha 9 marotaba.

Yuqoridagi ro‘yxat, Prezident Shavkat Mirziyoyevning telefon orqali rasmiy muloqoti xususidagi xabarlar orqali qo‘shni mamlakat va xorijiy davlat rahbalari bilan eng ko‘p suhbatlashganlar asosida tuzilgan.

Ko‘rib turganingizdek, bu ro‘yxatda O‘zbekiston va Turkiya rahbarlari o‘rtasidagi telefon orqali muloqotning o‘zi 20 marotabaga yetgan. Qolgan statistik ma’lumotlarni maxsus infografika orqali ko‘rgan bo‘sangiz kerak.

Kuchli uchlikda shuningdek, Qozog‘iston Respublikasining Birinchi Prezidenti — Elboshi Nursulton Nazarboyev ham 20 marotaba, Turkmaniston Prezidenti Gurbanguli Berdimuhammedov esa 19 marotaba telefon orqali rasmiy muloqotlat amalga oshirilgan.

Ikki davlat o‘rtasidagi strategik munosobatlarni qanchalik muhim ekanligini yana bir qancha misollar orqali keltirish mumkin.

To‘plovchi: Bekpo‘lat XUDOYBERGANOV