Bolalikni oʻy-xayollari juda qiziqda. Koʻcha-kuyda yurganimda “Soat 11:00dan toʻy oshi” degan yozuvni koʻrsam kimdir el-yurtga osh bergan, keyin oʻsha qolgan oshni sotuvga chiqarishadi deb oʻylar edim.

Yana bir qiziq gap bor edi, har qadamda ““Zakas” somsalar” bor degan gap va yozuvlarni koʻrib kimdir 2-3 tandir somsani buyurtma qilgan-u keyin sotib olmagan, shuni sotib yurishibdi deb oʻylar edim. Ajoyib damlar edi!

Bugun shular xayolimdan oʻtib ketdi…