Kamina endi rasman magistr darajasiga erishdi. Jurnalistika: siyosiy-huquqiy jurnalistika mutaxassisligi boʻyicha Jurnalist (tadqiqotchi-pedagog) kvalifikatsiyasi berildi.

Rostini aytsam, magistratura bosqichi men uchun juda tez oʻtgan davr hisoblandi. Koʻz ochib yumguncha yoshlikning yana bir goʻzal damlari oʻtib ketdi.

Mehribon Onajonimga hamda barcha ustozlarim va yaqinlarimga shu darajaga yetishishimda oʻz hissalarini qoʻshganliklari uchun oʻz tashakkurlarimni bildirib qolaman.

Allohim kasbimizni oʻzimizga xayrli va barakatli qilib, doimo yuzimizni yorugʻ qilsin!