(qoʻshiq)

2015-yil marhum xonanda Shahnozabonu tomonidan ijro etilgan.

Onajonim, jonajon 
      oʻzingizdan aylanay,
Bolam deb erkalagan 
      soʻzingizdan aylanay.

Xato qilsam hamisha 
       toʻgʻri yoʻlga solarsiz,
Ortingizdan borarman 
       izingizdan aylanay.

Farishtalar fayzini, 
       sizga qoʻshib berganmi,
Toʻlin oydek porlagan 
       yuzingizdan aylanay.

Koʻnglingiz ziyolari 
       quyoshga taft berguday,
Mehr toʻla nigoh-u 
       koʻzingizdan aylanay.

Matonatda togʻdaysiz 
       gʻam-tashvishga yengilmang,
Menga bergan halol non 
       tuzingizdan aylanay.

Bekpoʻlat BAXTIYOR
“Mehringizdan aylanay” toʻplamidan. 2014-yil