“Facebook” nomini o’zgartirdi”Facebook” kompaniyasi nomini o’zgartirdi. Bugundan boshlab endi u “Facebook” emas, balki “Meta”. Nomning o’zgarishiga asosiy sabab – kompaniya bir qator bir-biriga bog’liq virtual voqelik mahsulotlari ustida ishlamoqda, deb tushuntirdi kompaniya rahbari Mark Zukerberg. “Bizning tizim kelasi 10 yil ichida mobil internet o’rnini egallaydi”, – deya da’vo qildi u.Aytmoqchiki, 10 yildan keyin telefoningizda internet bilan bog’liq nima ish qilsangiz, deyarli hammasi “Meta” dunyosi bilan bog’liq bo’ladi.”Meta”ning asosiy xizmati – “Facebook” o’z nomini saqlab qoladi. Demak, amalda nomning o’zgarishi sizning “Facebook”dagi faoliyatingizga hech qanday ta’sir o’tkazmaydi.@bmamadiev




