📸 Saylov kuni rasmga tushish shartlari qanday?Ertaga prezidentlik saylovi kuni. Ko‘pchilikda saylov uchastkasida rasmga tushish mumkin emas ekan, degan tushuncha bo‘lyapti.Bu noto‘g‘ri!Keling, nimalar mumkin, nimalar mumkinmasligini ko‘rib chiqsak:✅ Saylov kuni saylov uchastkasi tashqarisida ham, ichkarisida ham fuqarolar rasmga tushishi (olishi) mumkin. Bunga hech qanday cheklov yo‘q.✅ Saylov kabinasining ichida ham, uning yonida ham rasmga tushish mumkin. Bunga hech qanday cheklov yo‘q.✅ Saylov qutisining oldida ham, boshqa saylovchilarga xalaqit bermasdan, bemalol rasmga tushsa bo‘ladi. Hatto bu suratlarni ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarga ham joylash mumkin.❌ Saylov byulletenida aynan kimga ovoz berganini ko‘rsatib rasmga tushish va buni tarqatish, ijtimoiy tarmoqlarda e’lon qilish qat’iy man etiladi.🔵 https://t.me/bekpolat_baxtiyor

Ulashish