Mazkur xabarni koʻrgunimga qadar, bu yilgi prezident saylovlariga amaldagi mamlakat rahbarining nomzodi avvalgi prezident saylovdan farqli ravishda OʻzLiDePdan emas aksincha, boshqa partiyadan eng kamida Milliy tiklanish demokratik partiyasidan ilgari surilsa kerak deb taxmin qilib kelayotgandim. Kecha eʼlon qilingan xabarlarga koʻra, yaqin kunlarda tadbirkor va ishbilarmonlarni qoʻllab-quvvatlash masalalari yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti bilan ochiq muloqot oʻtkazish rejalashtirilgan. Bu esa, oʻz navbatida saylov jarayonlariga bevosita daxldorlikni kasb etadi. Shunga koʻra, hozircha taxminlarim yana oʻzgardi, har holda OʻzLiDeP partiyasi saylovchilaring asosiy elektorati tadbirkor va ishbilarmonlardan tashkil topgan. Yana bilmadim. Hali saylov kompaniyasiga rasman start berilmadi. Partiya esa oʻz nomzodlarini koʻrsatishga hali 1 oycha vaqt bor… Hammasini vaqt koʻrsatadi. Video manbasi: https://t.me/Rasmiy_xabarlar_Official/18376🔵 https://t.me/bekpolat_baxtiyor



