
Bekpo‘lat Baxtiyor (Xudoyberganov Bekpo‘lat Baxtiyor o‘g‘li) – shoir, jurnalist, fotograf, axborot xizmati xodimi.
www.mediahamkor.uz media loyihasi asoschisi.
Ijodiy faoliyati
Bekpo‘lat Baxtiyorning dastlabki sheʼrlari “Yoshlar ijodi” jurnallarida bosilgan (2012-yil). Shundan boshlab respublika matbuotida uning sheʼr va maqolalari muntazam ravishda chop etila boshlagan.
Nashr etilgan sheʼriy toʻplamlari:
Shoir she’riy toʻplamlilarida, Vatanga muhabbat, do‘stga sadoqat, ota-onaga bo‘lgan farzandlik ehtiromi go‘zal o‘xshatishlar orqali ifoda etiladi. Shu bilan birgalikda muallifning qalbini larzaga solgan xiyonat, bemehrlik va ikkiyuzlamachilik kabi illatlar qoralanadi.
Uning qalamiga mansub aksariyat sheʼrlar taniqli xonandalar tomonidan ijro etilmoqda. Quyidagi xonandalar uning she’rlarini qo’shiq qilib kuylab kelmoqda:
Bekzod Haqqqiyev – “Onajon”.
Bahodir Nizomov – “Nodon”.
Lola Ahmedova – “Sen uchun”.
Botir Qodirov – “Bemalol”.
Shahnoza Otaboyeva, Athambek Yuldashev – “Yolg’on”.
Hulkar Abdullayeva – “Uyret” (qoraqalpoqcha)
Dilobod Muhiddinova – “Vatan”
Shuhruhmirzo G‘aniyev, Xurshid Inog‘omov, Hojiakbar Tojiboyev, Umida Qozoqboyeva, Farangiz Rahimberdiyeva, Madinabonu Odilova – “Ravnaq uchun saylaymiz”
Ma’lumotlar 2026-yil 1-iyun kuni holatiga