IZHORI DIL 29.07.2021 | 11:27 FacebookTwitterTelegram Sizga ko‘ngil qo‘ydim deb, Hajringizdan to‘ydim deb, Yurak, bag‘rim o‘ydim deb, Yuravergan oshiqman. Sizga kelib goh malol, Umid topsa gar zavol, Shundan ham ming bir xayol, Suravergan oshiqman. Ishq ko‘zimni namlasa. Azoblarni jamlasa, Firoq jonim g‘amlasa, Yonavergan oshiqman. Ming bor to‘qlar ursangiz, Qavoq uyib yursangiz, Yuzimdan yuz bursangiz, Ko‘navergan oshiqman. Bekpo‘lat BAXTIYOR “Mehringizdan aylanay” she’riy to‘plamdan.