ONAJON 28.07.2021 | 11:25 FacebookTwitterTelegram Ey, onajon, onajon, Jon-u jahon jonajon, Shunday baxtli boʻlaylik Koʻz tegmasin hech qachon. Farzand burchim oqlayin, Mehringizni saqlayin, Poyingiz – sajdagohim, Umrbod ardoqlayin. Ey, onajon, onajon, Qalbi jahon jonajon, Xizmatingiz qilayin Kamarbasta har qachon… Yoshlik qilsam bilmayin, Toshlik qilsam bilmayin, Afv etasiz shunda ham, Yuzimdan yuz burmayin. Ey, onajon, onajon, Mehri jahon, jonajon, Mehrim sizdan uzilmas Toki bordir tanda jon… Bekpo‘lat BAXTIYOR “Mehringizdan aylanay” she’riy to‘plamdan.