SARA IJOD NAMUNALARI

BIZNIKI

Koʻnglimizda ne tilak,
Ming bir oʻy-u, ming halak,
Roʻyob boʻlar har istak,
Yaxshi-yomon bizniki…

Har koʻngilda dard boshqa,
Har yurakda ahd boshqa,
Orzu boshqa, baxt boshqa,
Dilda armon bizniki…

Koʻkka urrar ishqimiz,
Telba aylar rashkimiz,
Daryo-daryo ashkimiz,
Unsiz tugʻyon bizniki…

Chigal boʻlsa vaziyat,
Zaif boʻlar hamiyat,
Yoʻqolar samimiyat,
Cheksiz yolgʻon bizniki…

Quloq gapga oʻch boʻlar,
Ba’zan bir soʻz kuch boʻlar,
Ammo, keyin kech boʻlar,
Gohi gumon bizniki…

Asli foniy dunyoda,
Umr oʻtar gʻavgʻoda,
Bir kun kelar, bir onda,
Oxir zamon bizniki!

Bekpoʻlat BAXTIYOR
2021-yil 17-oktabr

 

Exit mobile version