Bugun bir necha soatlar avval internet tarmoqlarida soat 20:00da Milliy telekanalid orqali Shavkat Mirziyoyevning hayoti va mehnat yo‘liga bag‘ishlangan «Xalq prezidenti» hujjatli film efirga uzatilishi kerak edi. Lekin, Komil Allamjonov xabariga ko’ra, huquqshunos-ekspertlarning tavsiyasiga ko‘ra, film namoyishi boshqa muddatga qoldirildi.Menimcha ham to’g’ri qaror! Chunki, Shavkat Mirziyoyev hujjatli filmda “Xalq prezidenti” deya prezident sifatida namoyon etilgan. Agar saylovoldi tashviqot bo’lsa shunchaki nomzod sifatida asosiy planga qo’yish kerak edi. Yana bilmadim. Chunki, Prezident matbuot xizmati ham Shavkat Mirziyoyevni biron bir viloyatga saylovoldi tashviqotga yo’l olib orasida boshqa obyektlarni ko’zdan kechirsa “Prezident Shavkat Mirziyoyev” deya xabar boshlanmoqda. Aksincha, agar xabar saylovoldi tashviqot yuzasidan saylovchilar bilan uchrashgani haqidagi xabar bo’lsa shunchaki, “Shavkat Mirziyoyev” deya boshlanmoqda. Aslida bu to’g’ri. Chunki, saylov jarayonlariga oid har qanday tadbirda mamlakat rahbari bo’lsa ham nomzod hisoblanadi. Bu film ham shu sababli qoldirilgan, keyingi safar formati yoki nomi saylov tashviqotiga mos bo’lib efirga berilsa kerak. Bu mening shaxsiy fikrim.👉🏻 https://t.me/bekpolat_baxtiyor
