⚡️RASMAN: test sinovlari 5 avgustdan boshlanadiBu haqda Davlat qabul komissiyasi qaroriga tayangan holda Xushnudbek Xudoyberdiyev xabar bermoqda.Unga ko‘ra, pandemiya sharoitidagi epidemiologik vaziyatdan kelib chiqib, joriy yilgi kirish test sinovlari 2021 yil 5 avgustdan boshlanadi hamda test sinovlari ochiq stadion va xiyobonlarda o‘tkaziladi.Test sinovlari qoida tariqasida, kuniga ikki smenada o‘tkaziladi va 1-smena 07:00 da, 2-smena 19:00 da boshlanadi.Shuningdek, savollar soni ham qisqartirildi. Ilgari 5 ta fandan jami 105 ta savol berilar edi, hozir 5 ta fandan jami 70 ta savol beriladi. Shunda 3 ta majburiy fanlardan 10 tadan savol (ilgari 15 tadan edi), 2 ta mutaxassislik fanlaridan esa 20 tadan (ilgari 30 tadan edi) savol beriladigan bo‘ldi.❗️70 ta savol uchun jami 3 soat vaqt beriladi.To‘plash mumkin bo‘lgan maksimal ball — 189 ball.🔵 https://t.me/bekpolat_baxtiyor
