🇺🇿 Barchasi uchun Sizga rahmat, jahon sportining afsonasi, O‘zbekiston iftixori Oksana Chusovitina! Afsuski, bugun afsonaviy hamyurtimiz sport bilan xayrlashdi.Oksana Chusovitina sport gimnastikasi bo‘yicha Olimpiya o‘yinlarida eng ko‘p ishtirok etgan sportchi (1992, 1996, 2000, 2004, 2008, 2012, 2016, 2020) hisoblanadi. 1992 yil Barselonada o‘tgan Olimpiya o‘yinlari oltin medali sohibi, 3 karra Jahon chempioni.Oksana Chusovitina yettita yozgi Olimpiya o‘yinlarida ishtirok etgan yer yuzidagi yagona ayol gimnastikachi sifatida Ginnesning rekordlari kitobiga kiritilgan. Tokiodagi olimpiada uning uchun sakkizinchisi edi.🔵 https://t.me/bekpolat_baxtiyor
