Ayrim oʻzbek segmentidagi Telegram va Youtube kanallari adminlari bora-bora insoniylikdan chetlab bormoqda. Qaysi vijdon, qaysi insof bilan mayit surat, videolarini va u xususidagi boʻhtonlarni ommaga eʼlon qilishi mumkin? Seni ham bir kun borar joying aniq-ku. Uning oʻrnida sen boʻlganingda oila aʼzolarining qay holga tushar edi? Odam koʻpaytirish uchun bu kabi ishlarni qilish yaxshi ish emas! “Like”lar evaziga u haqidagi xabarlarni ham tarqatib tashlab “Birgina taʼziyangizni bildirib, videoga “like” bosishni unutmang deydi bir insofsiz YouTube blogeri. Dahshat! Allohni oʻzi kifoya qilsin. Bir Allohning quli oʻz omonatini Haqqa topshirdi. Oxirati obod, joyi jannatdan boʻlsin. 🔵 https://t.me/bekpolat_baxtiyor

Ulashish