SEVASANMI ERTAGA? 18.11.2024 | 18:18 FacebookTwitterTelegram Bugun jismim salomat,Viqorlidir salobat,G‘amga kelsa gar navbat,Qaytmaysanmi orqaga?Sevasanmi ertaga? Sinovlarga duch kelsam,O‘z yog‘imga qovurilsam,Unutilmas, hech qasam,Quloq solmay kimsaga,Sevasanmi ertaga? O‘tgan kunlar hurmati,Muhabbating qudrati,Sadoqatning fursati,Nifoq solmay o‘rtaga,Sevasanmi ertaga? Yaxshi-yomon kunimda,Dardli, bemor tunimda,Yiroqlashmay, yonimda,Dosh berib har zarbaga,Sevasanmi ertaga? Mol-u dunyo o‘tkinchi,Tingla oshiq o‘kinchi,Baxtdan kelsa suyunchiKo‘zing shoshmay foydaga,Sevasanmi ertaga? Bekpo‘lat BAXTIYOR11-noyabr 2024-yil