SARA IJOD NAMUNALARI

INSON QADRI OSMON – YANGI OʻZBEKISTON

đŸ‡ș🇿 O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 33-yilligi muborak bo‘lsin!

INSON QADRI OSMON – YANGI O‘ZBEKISTON!

Har sohada, har jabhada taraqqiyot,
Kundan kunga yuksak nazar islohot,
Ilm-u fanmi, yo san’at, yo adabiyot,
Qalbda surur, iftixorim dilda nishon,
Inson qadri osmon – Yangi O‘zbekiston!

Yangi-yangi orzular qanotin yozar,
Yangi-yangi marralar dovondan o‘zar,
Bog‘laringni bulbul bezar, tuproqlaring zar,
Bog‘u-bo‘ston, halovatda go‘zal oshyon,
Inson qadri osmon – Yangi O‘zbekiston!

Odimlaydi bugun zamon shiddat bilan,
Dunyolarga boʻy choʻzmoqda shuhrat bilan,
Yuksalmoqda ortga qaytmas jur’at bilan,
El koriga yaramoqlik dilda tugʻyon,
Inson qadri osmon – Yangi O‘zbekiston!

Ulgʻaymoqda bolalarim tuprogʻingda,
Kamol topsin, topsin mehr ardogʻingda,
Xizmatingga kamarbasta jonu, dilim,
Kundan-kunga dunyolarga boʻl namoyon,
Inson qadri osmon – Yangi O‘zbekiston!

Bekpo‘lat BAXTIYOR
22-avgust 2024-yil

Exit mobile version