O‘ZGARAR 22.02.2024 | 22:02 FacebookTwitterTelegram Vaqt o‘tib, fursat o‘tib davr-u davron o‘zgarar, Kim qaysi yo‘ldan yurar, yurar karvon o‘zgarar. Hech bir qachon bu hayot to‘xtab qolmas gardishi, Ming turfa dil bo‘lsa ham yaxshi-yomon o‘zgarar. Kelajakni avvaldan ko‘rolmaslik haqiqat! Kir soylar qolib bunda toshqin ummon o‘zgarar. Deydilarki ba’zilar inson sira o‘zgarmas, O‘z nazdida qarangki, derlar: «zamon o‘zgarar». Bugun dunyo sharida jaholatdan qon suzar, Hayrona zamin titrab yer-u osmon o‘zgarar. Bekpo‘latni bir savol mudom hushin to‘zg‘itar, Savollar ko‘p, javob yo‘q qachon inson o‘zgarar?! Bekpoʻlat BAXTIYOR “Jannatim-Onam” toʻplamidan. 2016-yil