Uncategorized

NOILOJ 

Hajringizda men bedor kunim o‘tar noiloj,
Hijronli kechalarda tongim otar noiloj.

Umid gulshanim dildan so‘lmoq istamas birdam,
Lek, taqdirning bitigi asta botar noiloj.

Armon dilga qafasdir qanotimni qayirgan,
Yor vasliga yetolmay dil tosh qotar noiloj.

Xayollarim devona, o‘z yo‘lini topolmay,
Yor diliga ming bora o‘zin otar noiloj.

Yorga yetmoq mushkildur oh bunchalar kuydirding,
Sezdirmay deyman dardim ko‘zim sotar noiloj.

Ko‘nglim poygak poyingda har kun bosib o‘tarsan,
Lek, bilmaysan qadrimni dardim ortar noiloj.

Bu Bekpo‘lat Baxtiyor buncha orsiz demagin,
Taqdir bitgan baxtini kutib o‘tar noiloj.

Bekpoʻlat BAXTIYOR
“Jannatim-Onam” toʻplamidan. 2016-yil

Exit mobile version