HAYOT MEZONI 13.02.2024 | 19:19 FacebookTwitterTelegram Fikr-u idrok o‘zgarar yillar o‘tgani sari, Umr o‘tar, vaqt o‘tar quyosh botgani sari. Hech kim dunyo bag‘riga diydasi qotib kelmas, Inson bunda toblanar har tosh tekkani sari. Ro‘zg‘or deya kun-u tun chopar ahli odamzod, Ro‘zg‘or g‘ori yopilmas ming bir to‘kkani sari. Nolimoqni hayotda shior aylagan qancha, Hayot qadding bukadi yana bukkani sari. Harakatda barakat deydi dono xalqimiz, Baxt-u omad yor bo‘lmas faqat kutgani sari. Bekpoʻlat BAXTIYOR “Jannatim-Onam” toʻplamidan. 2016-yil