SOG‘INDIM 10.02.2024 | 17:17 FacebookTwitterTelegram Yor husni jamolingni bilmaysan-da, sog‘indim, Men ovora bunda zor kelmaysan-da, sog‘indim. Sog‘inchingga o‘rmashib sirtmoq bo‘lar hijronlar, Hech ko‘nglimning ko‘shkida yelmaysan-da, sog‘indim. Sabr-u ohim orttirar sendan ayro kunlarim, Bu ko‘nglimga shodlikni solmaysan-da, sog‘indim. Yo‘lim darvish yo‘lingda ko‘zim giryon o‘zingga, Yor bo‘lib qo‘limni hech olmaysan-da, sog‘indim. Men izingda sarsonman bir ruxsoring ko‘ray deb, Ko‘zlar ko‘zga tushsa lek kulmaysan-da, sog‘indim. Bekpoʻlat BAXTIYOR “Jannatim-Onam” toʻplamidan. 2016-yil