SARA IJOD NAMUNALARI

ATAYLAB

Ey pariro‘y, sabrimni sinaysizmi ataylab,
Sizni ming bor chorlasam kelmaysizmi ataylab.

Ko‘zlar ko‘zga tushganda yuragimda chaqinsiz,
Ayting faqat rostini sezmaysizmi ataylab.

Hajringizdan og‘rinib yana tinmay sog‘insam,
Bilib turib makkorlik qilmaysizmi ataylab.

Ko‘nglim toshar soy kabi ko‘nglingizning bog‘iga,
Ishq sharobim ta’mini tortmaysizmi ataylab.

Har bir baytim dard bilan yozarman sizni eslab,
Ko‘nglimga javob noma yozmaysizmi ataylab.

Balki so‘zimdan gumon qilsangiz ham sezdirmay,
Bir bora ham dilbog‘im kelmaysizmi ataylab.

Qarshingizda ko‘p uchrab soyangizdek yursam-u,
Bir-bir yoqar so‘ng yana bezmaysizmi ataylab.

Kun kelib taqdirimiz bir-biriga tutashsa,
Bekpo‘lat qo‘lidan qo‘l uzmaysizmi ataylab. 

Bekpoʻlat BAXTIYOR
“Jannatim-Onam” toʻplamidan. 2016-yil

Exit mobile version