SARA IJOD NAMUNALARI

YOʻL QOLMADI…

Oʻtdi hijron, oʻtdi dard,
Qoldi bunda yarim baxt,
Qiyomatga qoldi ahd,
Men uchun yoʻl qolmadi,
Sen uchun yoʻl qolmadi.

Qismat ekan qismatdosh,
Taqdiringga ber bardosh,
Behudaga toʻkma yosh,
Men uchun yoʻl qolmadi,
Sen uchun yoʻl qolmadi.

Yoʻllarimiz tutashmas,
Nigohlar ham uchrashmas,
Taqdirimiz toʻqnashmas,
Men uchun yoʻl qolmadi,
Sen uchun yoʻl qolmadi.

Kim aybdor, kim sababchi –
Taqdirga jim sababchi.
Ikkimiz nim sababchi,
Men uchun yoʻl qolmadi,
Sen uchun yoʻl qolmadi.

Ortga boqma intizor,
Baxtingga qil eʼtibor,
Xiyonatkor boʻlma yor,
Men uchun yoʻl qolmadi,
Sen uchun yoʻl qolmadi.

Bekpoʻlat BAXTIYOR
2023-yil 16-aprel

Exit mobile version