MEHRINGIZDAN AYLANAY 22.01.2023 | 20:00 FacebookTwitterTelegram (qoʻshiq) 2015-yil marhum xonanda Shahnozabonu tomonidan ijro etilgan. Onajonim, jonajon oʻzingizdan aylanay, Bolam deb erkalagan soʻzingizdan aylanay. Xato qilsam hamisha toʻgʻri yoʻlga solarsiz, Ortingizdan borarman izingizdan aylanay. Farishtalar fayzini, sizga qoʻshib berganmi, Toʻlin oydek porlagan yuzingizdan aylanay. Koʻnglingiz ziyolari quyoshga taft berguday, Mehr toʻla nigoh-u koʻzingizdan aylanay. Matonatda togʻdaysiz gʻam-tashvishga yengilmang, Menga bergan halol non tuzingizdan aylanay. Bekpoʻlat BAXTIYOR “Mehringizdan aylanay” toʻplamidan. 2014-yil