SARA IJOD NAMUNALARI

UNUT BOʻLMAS, UNUTILMAS

(qoʻshiq) 

Senga boʻlgan muhabbatim,
Muhabbatdan jarohatim,
Aro yoʻlda qolgan baxtim,
Unut boʻlmas, unutilmas…

Beparvo yor, dilozor yor,
Senga koʻnglim etdim nisor,
Hol soʻrmading, kelib bir bor,
Unut boʻlmas, unutilmas…

Yolgʻonlarga dosh bermading,
Fitnalarga tosh otmading,
Uzugimga koʻz boʻlmading,
Unut boʻlmas, unutilmas..

Koʻngling sevgi ulashmadi,
Sevgim uchun kurashmadi,
Taqdirimiz tutashmadi,
Unut boʻlmas, unutilmas..

Zabonimda titrar oting,
Hech boʻlmadim dil faryoding,
Yillar oʻtdi, ammo yoding – 
Unut boʻlmas, unutilmas…

Bekpoʻlat BAXTIYOR
26-mart 2022-yil

Exit mobile version