YANGILIKLAR

2022-YIL SARHISOBI

Ortda qolayotgan 2022-yil ijodiy faoliyatimda oʻz oʻrniga ega yil boʻldi. Uzoq vaqtli tanaffusdan keyin yana ijod olamida suzib boshladim. Qadrdonlarim Bahodir Nizomov, Umid Obidov bilan ijodiy faoliyatimiz yaxshi tandemni hosil qildi.

Jumladan, yil davomida qalamimga mansub sheʼrlarga musiqalar bastalanib, musiqiy sayqallar berilib Bahodir Nizomov tomonidan “Nodon”, Botir Qodirov tomonidan “Bemalol”, Lola Ahmedova tomonidan “Sen uchun” hamda Baxtigulxonim tomonidan “Unut boʻlmas” nomli qoʻshiqlarimiz ijro etilib qoʻshiq ixlosmandlariga taqdim etildi. Bundan tashqari yana bir qator yangi loyihalarimiz ustida ishlanmoqda. 2023-yilda mazkur loyihalarimizni amalga oshirish nasib qilsin.

Mazkur 2022-yil sarhisoblari soʻnggida mazkur qoʻshiqlarni yaralishida oʻz hissasini qoʻshgan bastakor, musiqiy sayqalchi, xonandalarimiz, ustazoda sozandalarimiz va mazkur qoʻshiqlarga video kliplarni suratga olgan rejissyorlarimizga oʻz tashakkurlarimni bildirib qolaman. Hamkorliklarimiz davomli boʻlsin.

Exit mobile version