DUNYO – DUNYO BO‘LIB YARALABDI-KI… 20.01.2024 | 20:20 FacebookTwitterTelegram Unda turfa taqdir turfa sinoat, Unda har bitta jon yashar omonat, Sadoqat, vafo-yu, hiyla xiyonat: Dunyo – dunyo bo‘lib yaralabdi-ki… Sira mezbon yo‘qdir barchasi mehmon, Kimning yuzi gulgun, kimniki somon, Kimlar tahlikada kimlardir omon, Dunyo – dunyo bo‘lib yaralabdi-ki… Har kimda o‘zicha qonun-u qoida, Ba’zilar haqqini olmas joyida, Umr o‘taverar oqib soyida, Dunyo – dunyo bo‘lib yaralabdi-ki… Kimlardir faqir, kimlardir so‘qir, Notavon bekorchi! Donolar o‘qir, Odamzod – odamning ko‘zini cho‘qir, Dunyo – dunyo bo‘lib yaralabdi-ki… So‘zimga xulosa shudir bu dunyo, Undadir zulmat-u undadir ziyo, Barchaga tenglik-da boqmaydi qiyo, Dunyo – dunyo bo‘lib yaralabdi-ki… Bekpoʻlat BAXTIYOR “Jannatim-Onam” toʻplamidan. 2016-yil