Uncategorized

NA QILAY

Ko‘ngil g‘amdan ezilar,
Sog‘inchdan dil bezilar,
Turfa xayol kezilar,
Hayrondirman na qilay?
 
Yor siyrati ko‘zimda,
Sevgi izhor so‘zimda,
Hech emasman o‘zimda,
Sarsondirman na qilay?
 
Qo‘l uzatsam, qo‘l yetmas,
Sira yorga yo‘l yetmas,
G‘am-alamlar tark etmas,
Vayrondirman na qilay?
 
Shirin damlar go‘yo tush,
Hijron dilga suqar nish,
Bo‘lib qoldim bir sarxush,
Jayrondirman na qilay?
 
Visollarga zordirman,
Hijronlarda hordirman,
Yor senga men yordirman,
Giryondirman na qilay?

Bekpoʻlat BAXTIYOR
“Jannatim-Onam” toʻplamidan. 2016-yil

Exit mobile version