{"id":973,"date":"2023-12-28T11:55:09","date_gmt":"2023-12-28T06:55:09","guid":{"rendered":"http:\/\/bekpolat.uz\/?p=973"},"modified":"2024-02-25T11:52:51","modified_gmt":"2024-02-25T06:52:51","slug":"xo%ca%bbrlangan-oila-instituti-yoxud-kino-sanoatida-texnogen-vaziyat","status":"publish","type":"post","link":"http:\/\/bekpolat.uz\/?p=973","title":{"rendered":"XO\u02bbRLANGAN OILA INSTITUTI YOXUD KINO SANOATIDA \u201cTEXNOGEN VAZIYAT\u201d"},"content":{"rendered":"<h4 style=\"text-align: justify;\">Odatda biron bir texnik nosozlik yoki mas\u02bcul mutaxassislarning bee\u02bctiborligi, mas\u02bculiyatsizligi ortidan korxona yoki zavodda ro\u02bby beradigan texnogen vaziyatni o\u02bbz vaqtida bartaraf etish, mazkur holatni talafotlarsiz o\u02bbtkazib olish mumkin. Shu bilan bir qatorda, undan to\u02bbg\u02bbri xulosa chiqarib shaxsiy va jamoaviy mas\u02bculiyatni yanada oshirish muhim ahamiyat kasb etadi.<\/h4>\n<h4 style=\"text-align: justify;\">Sanoat yoki ishlab chiqarish sohasida mutaxassislar, ahli ilm jamoalari vakillari uchun bunday texnogen vaziyatni oldini olish hamda bartaraf etish uncha mushkul jarayon emas. Xo\u02bbsh, kino sanoatidagi har kuni davomiy takrorlanib kelayotgan \u201ctexnogen vaziyat\u201dga kim javob beradi? Uning boshi va oxiri bormi? Uning ortidan ma\u02bcnaviyatga, ruhiyatga portlovchi modda kuchidek ta\u02bcsir o\u02bbtkazayotgan zararli uchqunlarni kim zararsizlantirib beradi? Bugun sizlar bilan azaliy, o\u02bblmas, yildan yilga yangi munozaralarni keltirib chiqaruvchi kino sanoatining dolzarb masalalari xususida fikr yuritamiz.<\/h4>\n<h4 style=\"text-align: center;\"><strong>Haypga berilgan nomlar<\/strong><\/h4>\n<h4 style=\"text-align: justify;\">Bejizga maqolaning sarlavhasiga \u201cxo\u02bbrlangan\u201d so\u02bbzi qo\u02bbshilmagan. Oxirgi paytlarda kino, teleserial yoki telenovellalar nomlarida tomoshabinlar, diqqatini mana shunday so\u02bbzlar bilan tortib olishga qaratilgan ommaviy kurash boshlandi. Davlat telekanallari yoki xususiy telekanallar bo\u02bbladimi barchasida shu yo\u02bbsinda auditoriyani jalb qilish epidemiya darajasiga yetdi. Mazkur nomlarning ayrimlarini quyida keltirib o\u02bbtamiz.<\/h4>\n<h4 style=\"text-align: justify;\"><em><strong>Xususiy telekanallardagi serial va telenovellalarning nomlari (mavzulari):<\/strong><\/em><\/h4>\n<h4 style=\"text-align: justify;\">\u201cAbortdan kechgan ayol\u201d, \u201cChimildiqdagi fojia\u201d, \u201cBokira chiqmagan kelin\u201d, \u201cIkkinchi xotin\u201d, \u201cXo\u02bbrlangan yetim\u201d, \u201cXo\u02bbrlangan ona\u201d.\u201cTurkiyaga erga tegaman\u201d, \u201cQo\u02bbshnimning xotinini sevib qoldim\u201d,\u201cDubayga sotilgan qizlar\u201d, \u201cBalkondagi \u201czapal\u201d, \u201cHovliga ko\u02bbmilgan chaqaloq\u201d,\u201cKelinim tog\u02bboraga arzimaydi\u201d, \u201cXotinimni zo\u02bbrlamoqchi bo\u02bblgan ustalar,\u201d \u201cBegona erkakda xotinimni yalang\u02bboch suratlari bor ekan\u201d, \u201cXotinimni jazmanlari bilan ushladik\u201d, \u201cXotinimni haydovchi bilan ushlab oldim\u201d, \u201cO\u02bbzimdan kichkina yigitlar bilan yurishni xohlayman\u201d, \u201cIkkinchi erimning o\u02bbg\u02bbli meni zo\u02bbrlamoqchi bo\u02bbldi,\u201d \u201cQizim otasi tengi erkak bilan yurgan ekan\u201d, \u201cUstozimdan homiladorman\u201d, \u201cTaksidagi fohishalar qoldirgan pullar\u201d, \u201cAlfons yoxud baxt ovchisi\u201d<\/h4>\n<h4 style=\"text-align: justify;\"><em><strong>Davlat telekanallardagi serial va telenovellalarning nomlari (mavzulari):<\/strong><\/em><\/h4>\n<h4 style=\"text-align: justify;\">\u201cZinoni kasb qilgan kelin\u201d, \u201cRossiyada yurgan ukasining xotini bilan yashagan erkak\u201d, \u201cZolim qaynona\u201d, \u201cAldanib ikkinchi xotin bo\u02bblib qoldim-mi?\u201d, \u201cYengiltak xotin\u201d, \u201cOpasini o\u02bbldirib pochchasiga tegib olgan singil\u201d, \u201cJazmanimni kelin qildim\u201d, \u201cO\u02bbynashiga kelin bo\u02bblgan qiz\u201d, \u201cZinokor kelin\u201d, \u201cErsiz qolgan \u201cqayroq\u201d xotin\u201d, \u201cErini Rossiyaga yuborib qaynukasidan homilador bo\u02bblgan kelin taqdiri\u201d&#8230;.<\/h4>\n<h4 style=\"text-align: justify;\">Bu nomlar shunchaki xamir uchidan patir xolos. Ochig\u02bbi, bu nomlarni keltirib o\u02bbtish men uchun oson kechmadi. Hali bu yerda turli kino studiyalar orqali tayyorlangan hamda xususiy telekanallar orqali efirga uzatilgan seriallarning nomlari keltirib o\u02bbtilmagan.<\/h4>\n<h4 style=\"text-align: justify;\">Internet tarmoqlari hamda internet jurnalistikasi bo\u02bbyicha yaxshi mutaxassis tanishimdan shu nomlar bo\u02bbyicha fikr so\u02bbraganimda u, bu nomlar qidiruv tizimlari, video hostinglar orqali ko\u02bbp izlanadigan kalit so\u02bbzlar bo\u02bblganligi sababli aynan shunday mavzularga qo\u02bbl urishadi va u ortidan millionlab ko\u02bbrishlar va \u201clike\u201dlarga ega bo\u02bblishadi deb o\u02bbz kuzatishlarini ma\u02bclum qildi. Qiziq, balki shundaydir.<\/h4>\n<h4 style=\"text-align: justify;\">Chindan ham, bugungi kunda O\u02bbzbekistonda internet foydalanuvchilar soni sezilari darajada oshdi. Tomoshabinlar an\u02bcanaviy telekanallardan farqi ravishda xonadonlarda, ish joylarida hattoki avtomobil salonlariga o\u02bbrnatilgan maxsus qurilmalar orqali turli video hostinglar xususan, YouTube platformasi orqali kliplar, badiiy filmlar, seriallar, ko\u02bbrsatuv hamda turli video mahsulotlarni hech qanday chegarasiz tomosha qilishmoqda. Millionlab internet foydalanuvchilari endi faqat televizor atrofida o\u02bbtirib tomosha qilishiga hojat qolmadi. Shu sababli telekanallar orqali efirga uzatilayotgan serial, telenovellalar video hostinglarga joylab borilayotgani bois ham qisqa fursatda ommalashmoqda.<\/h4>\n<h4 style=\"text-align: justify;\">Lekin, meni hayron qoldiradigan jihat shunda-ki bu nomlarning o\u02bbta agressiv, o\u02bbta madaniyatsiz va o\u02bbta zo\u02bbravonligida. Er va xotin, erkak va ayol munosabatlaring bu qadar ochiq ta\u02bcriflanishi, bular bosh mavzularga, serial va telenovellalarning nomlanishlariga ko\u02bbchib ulgurgani achinarli holat. Biz kezi kelsa muhokama qilishga istihola qilinadigan mavzular endi 3-4 kishi orasida emas aynan millionlab odamlar orasida muhokama qilinib, bevosita targ\u02bbib qilinmoqda. Ularning nomlari esa do\u02bbkon peshlavhasiga osilgan reklama yorlig\u02bbidek o\u02bbzini qayta-qayta eslatuvchi bo\u02bblib xizmat qilmoqda.<\/h4>\n<h4 style=\"text-align: center;\"><strong>Yana aybdor tomoshabin<\/strong><\/h4>\n<h4 style=\"text-align: justify;\">Aslida hammasi bir necha yil oldin ijtimoiy tarmoqlar orqali xorijiy teleseriallar ommaviy madaniyatsizlikda, ma\u02bcnaviyatsizlikda ayblanishi, undagi yod g\u02bboyalarni targ\u02bbib qilayotgan syujetlar qoralanishi bilan boshlandi. So\u02bbngra hukumat darajasida imzolagan hujjat bilan davlat va xususiy telekanallar sutkasiga<br \/>\n1 marotabadan ortiq xorijiy seriallarni efirga uzatmasligi belgilandi. Buning ortidan efir maydonini to\u02bbldirish mahalliy teleseriallar, telenovellalarni ishlab chiqaruvchilarning chekiga tushdi.<\/h4>\n<h4 style=\"text-align: justify;\">Qaysi rejissyor yoki o\u02bbsha serial ishtirokchilarning intervyusiga qaramang ular go\u02bbyoki tomoshabinlarni shu film, seriallar orqali ogohlikka chaqirish, asosiy mavzuga olib chiqilgan illatlar yaxshilikka olib kelmasligini ko\u02bbrsatish maqsadi ekanligini bot-bot iddao qilishadi. Juda, yaxshi. To\u02bbg\u02bbri, san\u02bcat tomoshabinlarni ezgulikka chorlashi lozim. Lekin, ayrim mutaxassislarning fikricha, bugungi kun auditoriyasini shu mavzulardagi film, seriallar ko\u02bbproq qiziqtirayotgani sababli unga bo\u02bblgan talab ortgan emish. Aslida, ijodkorlar qaysidir ma\u02bcnoda tomoshabinlar istagi ortidan emas, tomoshabinlar ijodkorlarning ezgu g\u02bboyalariga ergashishi lozim. Shunda asl san\u02bcat asari shakllanadi va yillar o\u02bbtsa ham o\u02bbz qadrini yo\u02bbqotmaydi.<\/h4>\n<h4 style=\"text-align: justify;\">Biz necha-necha yillardan buyon xuddi yosh bolalar har yili archa atrofida aylanganidek bir xil mavzular atrofida aylanaveramiz, aylanaveramiz. Bir necha yillar avval ishlangan ayrim kinolarni ko\u02bbrsangiz ensangiz qotardi. Go\u02bbyoki tomoshabinni kalaka qilishdek tuyuladigan epizodlar, mavzular bilan qalashib ketgan edi. Xayriyat, bu borada ancha tinchlandik.<\/h4>\n<h4 style=\"text-align: justify;\">Byudjeti yaxshi bo\u02bblgan serial yoki filmda bu muammolar uncha sezilmaydi. Bu borada ancha professionallik bilan yondashiladi. Yangi mavzularga qo\u02bbl uriladi. Yangi qahramonlar, yangi obrazlar kashf etiladi. Lekin bu biz ko\u02bbrayotgan ayrim tuturiqsiz film va seriallar ortida soyada qolib ketmoqda. Har holda bunday filmlar ustida yillar ishlanadi bir qancha bosqichlar, dovonlardan o\u02bbtib tomoshabinlarga taqdim etiladi. Shu jihatdan ham unga professionallik bilan yondashiladi.<\/h4>\n<h4 style=\"text-align: justify;\">Biz tilga olayotgan ayrim film yoki seriallar esa haftasiga ishlanmoqda&#8230;. Hatto ayrim seriallarimiz bir necha fasllarga bo\u02bblinib ketgan bu fasllar ham o\u02bbz navbatida qanchadan-qancha qismlarni o\u02bbz ichiga qamrab olgan.<\/h4>\n<h4 style=\"text-align: justify;\">Bugungi kunga kelib tomoshabinlar yomg\u02bbirdan qochib do\u02bblga tutildi. Hordiq chiqarish uchun efirga uzatilayotgan serial yoki telenovellalar endilikda odamlar mafkurasiga zarar qilmoqda, turmush tarzini izdan chiqarmoqda. Ijtimoiy munosabatlarga yod tushunchalarni sizdirmoqda. Lekin haligacha aybdor tomoshabin bo\u02bblib qolmoqda.<\/h4>\n<h4 style=\"text-align: center;\"><strong>Mazasi yo\u02bbq \u201ckonfetka\u201d<\/strong><\/h4>\n<h4 style=\"text-align: justify;\">Yuqorida ta\u02bckidlab o\u02bbtganimizdek, sifatli mahsulot arzonga baholanmaydi. Xususiy telekanallar orqali efirga uzatiladigan, ayrim studiyalar tomonidan ishlanadigan serial va filmlarning byudjeti esa xuddi hashar orqali bir bino, bog\u02bb yoki bolalar maydonchasi barpo etilgandek hasharchilar imkoniyatidan kelib chiqib moliyalashtiriladi. Film sanoatidagi bu hasharchilarni esa \u201ckonfetka\u201d deb atashadi. \u201cKonfetka\u201d bu film yoki serialda rol ijro etish yoki bollivud yulduzi Shohruhxon ijrosidagi bir obraz ta\u02bcbiri bilan aytganda, film davomida faqat \u201cqochib qol\u201d jumasi bilan ishtirok etadigan havaskor investordir. Ayrim serial yoki filmlarda bu \u201ckonfetka\u201dlar yegan yemagan joyida, bilgan bilmagan gapini gapirib turaveradi. Axir ular shu uchun filmning byudjetiga o\u02bbz hissasini qo\u02bbshmoqda.<\/h4>\n<h4 style=\"text-align: justify;\">Film yoki serialni moliyalashtirilsa o\u02bbz yo\u02bbliga, bu bularning xohishi hech kim buni cheklay olmaydi. Qandini ursin. Ammo, ularning ijrosi sizni shunchaki asabiylashtirmay qo\u02bbymaydi. Gohida mana shunday \u201ckonfetka\u201dlar bilan professional ijodkorlarni partnyor bo\u02bblib rol ijro etishini ko\u02bbrib o\u02bbsha ijodkorlar uchun achinib ketaman. Ularning necha yillar davomida misqollab yiqqan obro\u02bbsi, mahoratidan shunchaki noto\u02bbg\u02bbri, ko\u02bbr-ko\u02bbrona foydalanayotgandek tuyuladi. Bu o\u02bbrinda ham albatta, bu ularning xohishi. Balki ularga ham oson emasdir.<\/h4>\n<h4 style=\"text-align: justify;\">Ba\u02bczan film yoki seriallarda \u201ckonfetka\u201dlar ishtirok etadigan ayrim epizod va syujetlarini ko\u02bbra turib aslida shu joylarini olib tashlasa ham hech nima o\u02bbzgarmasligini shusiz ham ular uchun o\u02bbylab topilgan, yopishtirib qo\u02bbyilgan epizod ahamiyatsiz, mazmunsiz ekanligiga guvoh bo\u02bblaman.<\/h4>\n<h4 style=\"text-align: justify;\">Afsuski, mana shunday \u201cinvestorlar\u201d faqat \u201cqochib qol\u201d sahnalari bilan kifoyalansa ko\u02bbz yumsa bo\u02bbladi. Lekin, ular butun boshli film yoki serialning bosh qahramoni yoki 2-3 darajali rol ijrochisi bo\u02bblib \u201csahnalarni\u201d zabt etmoqda. Bu esa juda katta fojia. Nimasi, fojia deysizmi? Bu san\u02bcat ahli, ilm ahli uchun, tomoshabin qadr-qimmati, hurmati uchun fojia. San\u02bcat oliygohlarini tamomlab diplomini u eshikdan bu eshikka tutqazib sarson bo\u02bblayotgan, yillar umrini, sog\u02bbligini daromadlarini yo\u02bbqotgan bitiruvchi, chinakam professional aktyor, aktrisalar uchun fojia. Ayrim \u201ckonfetkalar\u201d o\u02bbrnida ular turishi rollarini mohirona ijro etishi mumkin edi. Afsus, bu borada bir qancha muammolar haligacha ochiq qolmoqda.<\/h4>\n<h4 style=\"text-align: justify;\">So\u02bbz kelganda aytib qolay. Shu jumladan, kollejni tamomlab oliygoh ostonasiga ham kira olmay, qanchadan-qancha umidlar bilan necha yillar davomida imtihonlardan yiqilib oxiri bu sohaga begona bo\u02bblgan ixlosmandlar ham yo\u02bbq emas. Xullas, bu borada ta\u02bclimning, uning ortidan san\u02bcatning tarozisi ancha buzilib bo\u02bblgan. Faqat diplomdagi yozuvdagina mutaxassis aslida o\u02bbzi bu sohaga adashib kelib qolganlar, yillar davomida kimlarningdir o\u02bbrnini egallab kelganlar sababli ham san\u02bcat asl egalarini yo\u02bbqotib qo\u02bbygandir.<\/h4>\n<h4 style=\"text-align: center;\"><strong>Jarlikdagi oila instituti<\/strong><\/h4>\n<h4 style=\"text-align: justify;\">Bugungi davrimizda 10 ta kino yoki serialning 9 tasi aynan oila undagi qaynona kelin munosabatlari, quda-anda mojarolari, kambag\u02bbal qiz, boy yigit. Yoki aksi, boy yigit, kambag\u02bbal qiz ular ortidan yuzaga keladigan sinovlar, qaynonaning kelinlarini toparman va tutarmanga ajratishi, qudalarning mavqeiga ko\u02bbra izzat, ikrom qilinishi mavzulari siyqasi chiqqandan-chiqqanki asti oxiri yo\u02bbq.<\/h4>\n<h4 style=\"text-align: justify;\">Bunday mavzularga avval ham qo\u02bbl urilgan, ular shaklan boshqacha, mazmunan g\u02bboyasi pishiq, muhimi odamning g\u02bbashiga tegmaydigan ko\u02bbrinishda taqdim etilgan. Bugunga kelib bu holat tubdan farq qiladi. Endi oilaviy mojarolar yangicha ko\u02bbrinishda, yangicha rakursda taqdim etilmoqda.<\/h4>\n<h4 style=\"text-align: justify;\">Bizda avloddan-avlodga o\u02bbtgan o\u02bbzbekchilikning o\u02bbziga xos bo\u02bblgan oila instituti doimo dunyo hamjamiyati, jamiyatimiz oldida yuqori baholanib kelinadi. Yaqin-yaqin davrlargacha film va seriallarimizda oila instituti ya\u02bcni oiladagi muhit, unda yuzaga kelgan kelishmovchiliklar, ularni bartaraf qilish, maishiy masalalar, er-xotin munosabatlari doimo parda ortida, og\u02bbir vazminlik bilan shuningdek, etika qoidalariga ko\u02bbra ko\u02bbrsatilgan.<\/h4>\n<h4 style=\"text-align: justify;\">Ayniqsa, film, serial, telenovellalarda oilaviy zo\u02bbravonlikka oid sahnalar keskin ko\u02bbpaydi. Goh, xotin eridan ruhan yoki jismonan aziyat cheksa, goh er xotinidan aziyat chekadi. Qaynona, qaynsingil (qaynopalar) yana qandaydir filmdagi qahramonlar ortidan kelin eri tomonidan bolalari ko\u02bbz o\u02bbngida yoki homilador xolida ham ayovsiz do\u02bbpposlashadi, kaltaklanadi. Yoki aksincha, kelin turmush o\u02bbrtog\u02bbining oila a\u02bczolari tomonidan ruhiy yoki jismoniy bosimlarni boshidan kechiradi. Bularning barchasi so\u02bbngi yillarda efirga uzatilayotgan filmlarimizda ko\u02bbp bora uchraydi.<\/h4>\n<h4 style=\"text-align: justify;\">Mavzular tobora maishiy bo\u02bblib ketdi. Oila deb atalgan muqaddas dargohga raxna soluvchi harakatlar millionlab tomoshabinlarga namuna sifatida ko\u02bbrsatilmoqda. Er yoki xotinning xiyonati, xiyonat sahnalari endi ochiqdan-ochiq dialoglarda, epizodlarga olib chiqildi. Er va xotinni xiyonatga undovchi sabablar tobora arzimagan masalalar bilan bog\u02bblanmoqda. Mol-dunyoga o\u02bbch kelinlar, boylik payida yurgan kuyovlar davrimizning qahramonlariga aylandi.<\/h4>\n<h4 style=\"text-align: justify;\">Oiladagi erkak va ayolning funksional vazifalari almashishi, ko\u02bbplab voqealar fonida oila boshqaruvi ayollar qo\u02bbliga o\u02bbtganligi, buning ortidan er behurmat, farzandlar go\u02bbl, kelinlar cho\u02bbri, qaynona va qaynota noshud sifatida gavdalanmoqda.<\/h4>\n<h4 style=\"text-align: justify;\">Aksariyat filmlarda oila boshi ota ayol qahramonlardan farqi ravishda mayda gap, qaynona va kelin shu bilan bir qatorda, er va xotin munosabatlariga aralashuvchi qahramon sifatida ko\u02bbp bora namoyon etiladi. Yoki aksincha qaynona shu vazifaga bosh-qosh bo\u02bbladi.<\/h4>\n<h4 style=\"text-align: justify;\">Xo\u02bbsh, biz yuqorida ta\u02bckidlab vaziyatlar orqali bunday illatlarning yomon jihatlarini, uning ortidan keladigan ko\u02bbngilsiz holatlarni, oila tinchligiga raxna soluvchi munosabatni ijodkorlar tomonidan qoralab ko\u02bbrsatilganligiga ishonchimiz komil. Lekin, shuni ham unutmaslik kerak. Filmlarda bu holatlar ming bora qoralab ko\u02bbrsatilgani bilan bugungi kun auditoriyasiga bu targ\u02bbibot sifatida xizmat qilmoqda.<\/h4>\n<h4 style=\"text-align: justify;\">Bugungi kunga er xotinidan, xotin eridan mol-dunyosi sabab qoniqmasligi, qaynona qaynotaning zulmlari ko\u02bbpaygani, birinchi muhabbatiga yeta olmagan er yoki xotin sobiq muhabbatini qo\u02bbmsab uni izlashi, ular bilan pinhona aloqalar olib borishi ko\u02bbpaygani jamiyatimizda, oilalarimizda o\u02bbzaro munosabatlarni dars ketishiga olib kelmoqda.<\/h4>\n<h4 style=\"text-align: justify;\">Aslida, shu mavzular bizni filmlarimizda bosh mavzularga olib chiqilmaganmi? Albatta, olib chiqilgan. Qanchadan-qancha serial va telenovellalarda er va xotining zinoga yo\u02bbl qo\u02bbyishi, xiyonat qilish usullari hech ikkilanmay taqdim qilindi. Yosh oila vakillari qaynonaning zulmiga uchramayaptimi uchramoqda, uchrasa ham yangicha ko\u02bbrinishlarda uchramoqda.<\/h4>\n<h4 style=\"text-align: justify;\">Bugun qayerga qaramang, hamma jizzaki, hamma bir-biridan ayb izlagan. Ota-bola, ona-bola munosabatlari ham manfaatlarga o\u02bblchanmoqda. Avvallari, oilada kenja farzand ota-ona bilan yashagan bo\u02bblsa bugun toparman-tutarman farzand bilan birga yashashi urfga aylandi. Aslida shular ham biz tilga olayotgan filmlarda bayroq qilib olib chiqilgan edi. Shumi biz faxrlangan oila instituti?!<\/h4>\n<h4 style=\"text-align: center;\"><strong>Bolalarni tinch qo\u02bbying<\/strong><\/h4>\n<h4 style=\"text-align: justify;\">Bizga taqdim etilayotgan filmlarning yana bir og\u02bbriqni nuqtalaridan biri \u2013 go\u02bbdak yoki voyaga yetmagan bolalarga nisbatan zo\u02bbravonlik aks etgan epizodlar. Shundayin epizodlar bor-ki, ularni ko\u02bbrishga yuragingiz betlamaydi. Bolalarga nisbatan qilingan tajovuz, ularni kaltaklanishi, xun-xun yig\u02bblashi har qanday odamning ko\u02bbnglini sel qiladi. Goh o\u02bbz ota-onasi, goh o\u02bbgay ota-onasi yoki qarindoshlari tomonidan ruhiy yoyinki jismoniy bosimda qolgan bola, uning huquqlari poymol qilinishi, majburiy mehnatga jalb etilishi sahnalarini ko\u02bbrayotgan bola uchun ham bu og\u02bbir jarayon.<\/h4>\n<h4 style=\"text-align: justify;\">Yaqinda, o\u02bbg\u02bblim bilan televizor ko\u02bbrib o\u02bbtirgan paytimda, aynan shu mavzuda maqola yozish maqsadida ayrim filmlardagi bolaga ruhiy bosim o\u02bbtkazilgan, unga shafqatsizlarcha ko\u02bbrsatilgan harakatlarni eksperiment o\u02bbtkazish maqsadida birgalikda ko\u02bbrdim. Uning ko\u02bbzlariga qaradim, filmdagi holatni qabul qilishini kuzatdim. Rosti, ko\u02bbrib o\u02bbzim ham ta\u02bcsirlanib ketdim. Uning ko\u02bbzlarida qo\u02bbrquv va yosh ko\u02bbrdim. Bilmadim, xayolidan nimalar kechdi. Uni ko\u02bbrib bir so\u02bbz deya olmadim. Bu holatni esa men shu yo\u02bbsindagi sahnalarning bolalar ruhiyatiga ta\u02bcsiri deb hisobladim.<\/h4>\n<h4 style=\"text-align: justify;\">Qaysi bir serial yoki telenovellani ko\u02bbrmang unda, inson huquqlari, bola huquqlariga ta\u02bcsir o\u02bbtkazish. O\u02bbz hukmini o\u02bbtkazish, inson va bola erkinliklarini cheklash epizodlari bot-bot uchraydi. Bular respublikaning markaziy telekanallarida, video hostinglarda e\u02bclon qilinadi. Umrida biron martada ham poytaxtga kelmagan, poytaxtdagi turmush tarzini faqat telekanallar orqali ko\u02bbrib boruvchi tomoshabin bugungi kunda olib chiqilayotgan seriallarda poytaxtdagi turmush tarzini, oilalardagi muvozanatni ko\u02bbrib vahmi kelmasa ham ajablanmayman.<\/h4>\n<h4 style=\"text-align: justify;\">Xalqaro maydonda inson huquqlari va bola huquqlari bo\u02bbyicha izlanishlar olib boradigan ekspertlar mazkur seriallarni ko\u02bbrsa ham keskin fikr bildirishiga shubha qilmayman. Har holda bu telekanallar orqali targ\u02bbibot qilinmoqda deb fikr bildiradi kamida. O\u02bbylab qarasam, xorij seriallari yoki filmlarida oiladagi zo\u02bbravonlik kadrlari aks etgan epizodlarni uncha-muncha kuzatmaysiz. Yoki men ko\u02bbrgan filmlar bundan mustasno.<\/h4>\n<h4 style=\"text-align: center;\"><strong>Soxta ijro, hissisiz tuyg\u02bbular<\/strong><\/h4>\n<h4 style=\"text-align: justify;\">Biz tilga olayotgan film va seriallarning mavzusi, g\u02bboyasi bir chetda qolib undagi ba\u02bczi aktyor va aktrisalarning beo\u02bbxshov qiliqlari, hissiz xatti-harakatli, tuturiqsiz dialoglari ham sizni bir qadar asabiylashtirmay qo\u02bbymaydi.<\/h4>\n<h4 style=\"text-align: justify;\">Go\u02bbyoki barcha film va seriallar bir vaqtda olingandek, faqat ularning nomi o\u02bbzgargandek tuyulaveradi. Qaysi filmga qaramang o\u02bbsha chehralar, o\u02bbsha takroriy rollar, takroriy xarakterlar. Bironta rolda yalt etgan xarakter, o\u02bbziga jalb etuvchi ijro, boshqa rollardan ajralib turadigan jihat yo\u02bbq. Bir xil qolipga solingan, bir-birini takrorlovchi ijrolar. Bironta qahramonda bosh rol egasi bo\u02bbladimi yoki 2-3 darajali rol bo\u02bbladimi ularning o\u02bbziga xos film uchun portreti \u2013 xarakteri kashf etilmagan.<\/h4>\n<h4 style=\"text-align: justify;\">O\u02bbzbekistonning 36 million aholisi bo\u02bblsa shunga yarasha 36 million xildagi xarakter egalari mavjud. Hech bir inson bir-biriga o\u02bbxshamaydi. Har bir insonning o\u02bbziga xos ruhiyati bor, bu ruhiyat esa insonni turlicha namoyon etishga xizmat qiladi. Bizni film va seriallarimizda esa qahramonlarning ruhiyati, psixologik holatlari takroriyligi faqat ijro etuvchilar boshqa-boshqaligi bilan farq qiladi xolos.<\/h4>\n<h4 style=\"text-align: justify;\">Shu sababli ko\u02bbplab rollar o\u02bbzidan oldingi rollar bilan analog bo\u02bblganligi evazigami yoki ayrim noprofessional mutaxassislar uchun bu holat arzimagan jihatdek tuyulganigami ayrim hollarda aktyor va aktrisalarning faqat tashqi ko\u02bbrinishiga e\u02bctibor qaratib qolinmoqda. Film va seriallarda aktyorning tashqi ko\u02bbrinishi bilan bir qatorda uning ijro mahorati, unga to\u02bbg\u02bbri taqsimlab berilgan rol ham muhim ahamiyat kasb etadi.<\/h4>\n<h4 style=\"text-align: justify;\">Albatta, bu borada professional yondashib har bir qahramonning portretiga alohida e\u02bctibor qaratilib, qaysidir ma\u02bcnoda rol darajasidan obraz darajasiga olib chiqilgan ijrolar ham ko\u02bbzni quvontiradi. Ular bilan faxrlanib yursa arziydi. Bir qancha professional aktyor va aktrisani bir necha obrazlarda, ularning ijro mahoratidan oqilona foydalanib yangi ampulalarda kashf etib kelayotgan rejissyorlarimizga esa hurmatimiz beqiyos.<\/h4>\n<h4 style=\"text-align: justify;\">Mazkur maqola yuzasidan xulosani esa, aziz o\u2018quvchi o\u2018zingizga havola qilib qolaman zero, fikrlar xilma qil, qarashlar bir-biridan farq qiladigan davrda yashamoqdamiz.<\/h4>\n<h4 style=\"text-align: justify;\"><strong>Bekpo\u2018lat BAXTIYOR<\/strong><\/h4>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Odatda biron bir texnik nosozlik yoki mas\u02bcul mutaxassislarning bee\u02bctiborligi, mas\u02bculiyatsizligi ortidan korxona yoki zavodda ro\u02bby beradigan texnogen vaziyatni o\u02bbz vaqtida bartaraf etish, mazkur holatni talafotlarsiz o\u02bbtkazib olish mumkin. Shu bilan bir qatorda, undan to\u02bbg\u02bbri xulosa chiqarib shaxsiy va jamoaviy mas\u02bculiyatni yanada oshirish muhim ahamiyat kasb etadi. Sanoat yoki ishlab chiqarish sohasida mutaxassislar, ahli ilm jamoalari [&hellip;]<\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":974,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"_jetpack_memberships_contains_paid_content":false,"footnotes":""},"categories":[34,6,7,8,5],"tags":[],"class_list":["post-973","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-jurnalistika","category-maqolalar","category-munosabat","category-tahlil","category-yangiliklar"],"aioseo_notices":[],"jetpack_featured_media_url":"http:\/\/bekpolat.uz\/wp-content\/uploads\/2024\/01\/BEKPOLAT.UZ-MAQOLA-6.jpg","jetpack_sharing_enabled":true,"amp_enabled":true,"_links":{"self":[{"href":"http:\/\/bekpolat.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/973","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"http:\/\/bekpolat.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"http:\/\/bekpolat.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"http:\/\/bekpolat.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"http:\/\/bekpolat.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fcomments&post=973"}],"version-history":[{"count":1,"href":"http:\/\/bekpolat.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/973\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":975,"href":"http:\/\/bekpolat.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/973\/revisions\/975"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"http:\/\/bekpolat.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/media\/974"}],"wp:attachment":[{"href":"http:\/\/bekpolat.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fmedia&parent=973"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"http:\/\/bekpolat.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fcategories&post=973"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"http:\/\/bekpolat.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Ftags&post=973"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}