{"id":698,"date":"2021-05-21T23:43:42","date_gmt":"2021-05-21T18:43:42","guid":{"rendered":"http:\/\/bekpolat.uz\/?p=698"},"modified":"2024-01-26T15:31:00","modified_gmt":"2024-01-26T10:31:00","slug":"yorim-umr-yoldoshiga-yoqib-ketsin","status":"publish","type":"post","link":"http:\/\/bekpolat.uz\/?p=698","title":{"rendered":"\u00abYORIM UMR YO\u2018LDOSHIGA YOQIB KETSIN\u00bb YOXUD \u00abYOR-YOR\u00bb KUYLANMAGAN TO\u2018Y"},"content":{"rendered":"<h3 style=\"text-align: justify;\">Bundan 10 kuncha avval ishim yuzasidan bir video studiyada bo\u02bbldim. Studiyada ishim bitguniga qadar u yerdagi ish jarayoni xususan, montajni kuzatib o\u02bbtirishimga to\u02bbg\u02bbri keldi.<\/h3>\n<h3 style=\"text-align: justify;\">Bir yigit shu yili O\u02bbzbekiston hududlarining biridagi bo\u02bblib o\u02bbtgan to\u02bby tantanasining montajini qilayotgan ekan. Avvaliga suhbat bilan bo\u02bblib to\u02bbydagi kadrlar meni diqqatimni tortmadi. Keyin biroz razm solib o\u02bbtirsam to\u02bbydagi qiziq holatlarni ko\u02bbrib diqqatim va suhbatim mavzusi shu to\u02bbyga qaratildi.<\/h3>\n<h3 style=\"text-align: justify;\">Kelin-kuyovning yoshi chamasi 25-30 yoshlar atrofida. To\u02bby tuman markazidagi to\u02bbyxonalarning birida bo\u02bblgan.<\/h3>\n<h3 style=\"text-align: justify;\">Xullas, to\u02bbyda bir yigit qo\u02bbshiq kuylamoqda qo\u02bbshiqqa hamohang ravishda kelin-kuyov o\u02bbrnidan turib qo\u02bbllari ko\u02bbksida turibdi. Kelin esa har soniyada egilib-egilib ta\u02bczim qilmoqda. Odatda bu holatni kelin-kuyovga yaqinlari va mehmonlar tomonidan tabriklar aytilayotgan payti uchratishimiz odatga aylangan. Endi meni diqqatimni bu holatda ikki narsa tortdi. Kuylanayotgan qo\u02bbshiq mavzusi hamda ijrochisi&#8230;<\/h3>\n<h3 style=\"text-align: justify;\">Qo\u02bbshiq barchamiz uchun yaxshi tanish bo\u02bblgan Oxunjon Madaliyevning \u201cOq bo\u02bbyra\u201d taronasi hisoblanadi. Qo\u02bbshiq matni bilan tanishsangiz yanada yodingizga tushishi mumkin:<\/h3>\n<h3 style=\"text-align: left;\"><em>\u00abOqbo\u02bbyraning suvi tezroq oqib ketsin,<\/em><\/h3>\n<h3 style=\"text-align: left;\"><em>Yorim umr yo\u02bbldoshiga yoqib ketsin.<\/em><\/h3>\n<h3 style=\"text-align: left;\"><em>Bizga visol eshiklarin ocholmasdan,<\/em><\/h3>\n<h3 style=\"text-align: left;\"><em>Derazadan giryon-giryon boqib ketsin&#8230;.<\/em><\/h3>\n<h3 style=\"text-align: left;\"><em>Bir kunda Yor begonaga aylandiya,<\/em><\/h3>\n<h3 style=\"text-align: left;\"><em>Yot uyiga kelin bo\u02bblib saylandiya,<\/em><\/h3>\n<h3 style=\"text-align: left;\"><em>Va\u02bcdalarin unutolmay qiynaldiya,<\/em><\/h3>\n<h3 style=\"text-align: left;\"><em>Ismim tezroq eslaridan chiqib ketsin&#8230;\u00bb<\/em><\/h3>\n<h3 style=\"text-align: justify;\">Shundan so\u02bbng montaj qilayotgan yigitni ajablangancha qo\u02bbshiqni kuylayotgan odam kuyovning yoki kelining yaqin qarindoshimi deya savolga tutdim. Uning aytishicha kelining kursdoshi (guruhdoshi) ekan. Buni eshitgandan so\u02bbng men yanada taajjublana boshladim.<\/h3>\n<h3 style=\"text-align: justify;\">Yigit (xonanda) \u201cOqbo\u02bbyraning suvi tezroq oqib ketsin, Yorim umr yo\u02bbldoshiga yoqib ketsin.\u201d deya xonish aylab yotibdi kelin bu yoqda unga hurmat bajo keltirib charchamagan eng qiziq joyi yigit qizning kursdoshi! Shu mahal kuyovning yuziga, o\u02bbzini tutishiga qaradim. Juda normal holat. Menimcha kuyovga hech narsa erish tuyulmagan.<\/h3>\n<h3 style=\"text-align: justify;\">Bundan hayratlanganimni bilib montajchi yigit o\u02bbzimizdan ekan, aka bundan ham dahshat joyi bor ko\u02bbrib hayron qoldim deb to\u02bbyning oxirgi tugash kadrlarini ko\u02bbrsatishni boshladi.<\/h3>\n<h3 style=\"text-align: justify;\">Bu kadrlarni ko\u02bbrib ochig\u02bbini avvaliga taajjublanib qolgan holatlarim holva bo\u02bblib qoldi.<\/h3>\n<h3 style=\"text-align: justify;\">Men esimni taniganimdan buyon to\u02bbyning oxiri \u201cYor-yor\u201d yoki shu qo\u02bbshiqlar o\u02bbrnini bosuvchi final qo\u02bbshiqlar bilan kelin-kuyov to\u02bbyxonani tark etishar edi. Hozir qanday bilmaymanu lekin men uylanganimga 6 yil to\u02bblgan bo\u02bblsa o\u02bbsha mahallari ham \u201cYor-yor\u201d sadolari ostida biz uyimizga yo\u02bbl olganmiz. Axir bu o\u02bbzimizga yarasha urf odatlarimiz emasmi? Bu to\u02bbyda esa unday bo\u02bblmagan. Kelin-kuyov xonanda Sardor Toirovning \u201cHasratim bor\u201d nomli qo\u02bbshig\u02bbi boshqa bir qo\u02bbshiqchi tomonidan jonli kuylandi Kelin-kuyov esa shu qo\u02bbshiq sadolari ostida to\u02bbyxonani tark etdi. Tasavvur qilyapsizmi Sardor Toirovning \u201cHasratim bor\u201d taronasi \u201cYor-yor\u201dning o\u02bbrniga kuylamoqda. Qo\u02bbshiq matnini o\u02bbqisangiz yanada men nimani nazarda tutayotganimni tushunishingiz mumkin:<\/h3>\n<h3 style=\"text-align: justify;\"><em>\u00abHasratim bor, ko\u02bbksim uzra bu dardim talay,<\/em><\/h3>\n<h3 style=\"text-align: justify;\"><em>Yor mani ayro, ayro etdi, na qilay?<\/em><\/h3>\n<h3 style=\"text-align: justify;\"><em>Ket dedi hayotimdan, men ham ketdim jim indamay,<\/em><\/h3>\n<h3 style=\"text-align: justify;\"><em>Boshimni qayga uray, dilga davo kimdan so\u02bbray?\u00bb<\/em><\/h3>\n<h3 style=\"text-align: justify;\">Mayli qo\u02bbshiq mavzusi o\u02bbz yo\u02bbliga lekin uni ijro etilishi ham ajoyib bo\u02bbldi. Qo\u02bbshiqchi yigit qo\u02bbshiqni hali \u201co\u02bbziniki qilib olmagani\u201d ijrosidan shundoq sezildi.<\/h3>\n<h3 style=\"text-align: justify;\">Birinchidan faqat qo\u02bbshiqning naqoratini bilishini ijrosidan va bir qo\u02bblida telefondan matnga qarab ba\u02bczi joylarini ohangga sololmaganidan bilish qiyin emas. Albatta kundalik hayotimizda qayta-qayta tinglagan qo\u02bbshig\u02bbimizning matnidan tortib ohangigacha esda qolib ketishi hech kimga sir emas.<\/h3>\n<h3 style=\"text-align: justify;\">Bu holatni ko\u02bbrganimdan so\u02bbng avvaliga kelin tinmay ta\u02bczim qilgan qo\u02bbshiq hamda so\u02bbnggi finalga kuylangan qo\u02bbshiq ham bejizga kuylanmagan, bular buyurtma qilingan degan xayolga bordim. (Agar xato o\u02bbylagan bo\u02bblsam Xudo kechirsin.)<\/h3>\n<h3 style=\"text-align: justify;\">Yuqoridagi fikrlarimni o\u02bbqib sizda savol tug\u02bbilishi mumkin xo\u02bbsh shunga osmon uzilib yerga tushdimi? Qanchadan-qancha global muammolarimiz turganda kimningdir to\u02bbyidagi holatni muhokama qilish shartmi deya. To\u02bbg\u02bbri, qaysidir ma\u02bcnoda men birovning ijtimoiy hayotidagi hodisalarni keng jamoatchilikka muhokama qilishim erish tuyular ammo, qaysidir ma\u02bcnoda unchalik muhim emasdek tuyulgan bu oilaviy holat aslida jamiyatimizdagi illatdir.<\/h3>\n<h3 style=\"text-align: justify;\">Yangi hayot ostonasiga qadam qo\u02bbyayotgan oilaning ilk kunlaridan bu kabi holatlar ochiq ravshan qilinishi qaysidir ma\u02bcnoda hind filmlarini eslatib yubordi. Rosti ular uchun ham, o\u02bbzim uyalib ketdim.<\/h3>\n<h3 style=\"text-align: justify;\">O\u02bbzgaga yor bo\u02bblayotgan kelin sha\u02bcniga sevgisini omma oldida ko\u02bbr-ko\u02bbrona namoyish etish aslida yangi barpo bo\u02bblayotgan oilaga daxl qilish bilan barobar emasmi!? Bundan keyingi hayotlarini o\u02bbylashga ham qo\u02bbrqib ketaman. Go\u02bbyoki jamiyatimizdagi ayrim odamlar Yevropa filmlari kabi hayot tarzini qo\u02bbmsayotgan bo\u02bblsa!?<\/h3>\n<h3 style=\"text-align: justify;\">Deylik, kuyov to\u02bby tashvishlari bilan to\u02bbydagi noodatiy holatni payqamadi. Xo\u02bbsh, biroz vaqt o\u02bbtib bu holat yana yuzaga chiqsa ertaga bu oilada tinchlik bo\u02bbladimi!?<\/h3>\n<h3 style=\"text-align: justify;\">Bir so\u02bbz bilan aytganda men bu holatlarni sadoqatsizlik, xiyonatning boshlang\u02bbich sahna ko\u02bbrinishlari deb hisobladim.<\/h3>\n<h3 style=\"text-align: justify;\"><strong>Bekpo\u02bblat BAXTIYOR<\/strong><\/h3>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Bundan 10 kuncha avval ishim yuzasidan bir video studiyada bo\u02bbldim. Studiyada ishim bitguniga qadar u yerdagi ish jarayoni xususan, montajni kuzatib o\u02bbtirishimga to\u02bbg\u02bbri keldi. Bir yigit shu yili O\u02bbzbekiston hududlarining biridagi bo\u02bblib o\u02bbtgan to\u02bby tantanasining montajini qilayotgan ekan. Avvaliga suhbat bilan bo\u02bblib to\u02bbydagi kadrlar meni diqqatimni tortmadi. Keyin biroz razm solib o\u02bbtirsam to\u02bbydagi qiziq holatlarni [&hellip;]<\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":752,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"_jetpack_memberships_contains_paid_content":false,"footnotes":""},"categories":[34,8],"tags":[],"class_list":["post-698","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-jurnalistika","category-tahlil"],"aioseo_notices":[],"jetpack_featured_media_url":"http:\/\/bekpolat.uz\/wp-content\/uploads\/2021\/05\/BEKPOLAT.UZ-MAQOLA-5.jpg","jetpack_sharing_enabled":true,"amp_enabled":true,"_links":{"self":[{"href":"http:\/\/bekpolat.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/698","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"http:\/\/bekpolat.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"http:\/\/bekpolat.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"http:\/\/bekpolat.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"http:\/\/bekpolat.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fcomments&post=698"}],"version-history":[{"count":2,"href":"http:\/\/bekpolat.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/698\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":1083,"href":"http:\/\/bekpolat.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/698\/revisions\/1083"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"http:\/\/bekpolat.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/media\/752"}],"wp:attachment":[{"href":"http:\/\/bekpolat.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fmedia&parent=698"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"http:\/\/bekpolat.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fcategories&post=698"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"http:\/\/bekpolat.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Ftags&post=698"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}