{"id":627,"date":"2021-10-18T21:35:46","date_gmt":"2021-10-18T16:35:46","guid":{"rendered":"http:\/\/bekpolat.uz\/?p=627"},"modified":"2021-10-19T23:39:18","modified_gmt":"2021-10-19T18:39:18","slug":"oqibaysiz-virtaul-olam","status":"publish","type":"post","link":"http:\/\/bekpolat.uz\/?p=627","title":{"rendered":"OQIBATSIZ VIRTUAL OLAM"},"content":{"rendered":"<h3 style=\"text-align: justify;\">Oxirgi paytlarda shaxsiy hamda ijtimoiy hayotimizni telekommunikatsiya vositalarisiz tasavvur qilish tobora qiyin bo\u02bblmoqda. Har odimimizda biz ularga tobe bo\u02bblib bo\u02bblmoqdamiz. Biron ishimiz yo\u02bbqki telekommunikatsiya vositalarisiz bitsa. Shaxsiy hayotdan ijtimoiy hayotgacha hamma-hammasida ular bizning \u201cyordamchilarimiz\u201d bo\u02bblib ulgurdi. Albatta, zamonaviy texnologiyalarning hayotimizga kirib kelishining asosiy maqsadi ham odamlarga qulaylik yaratishdir. Shu sabab mushkulimiz oson, uzog\u02bbimiz yaqin bo\u02bblib bormoqda.<\/h3>\n<h3 style=\"text-align: justify;\">Ammo, biz, aynan shu texnologiyalarning hayotimizga boshqa salbiy jihatlarini his qildingmi? Bu borada, men tibbiy xulosalar keltirishdan yiroqman. Aksincha, tanganing ikkinchi tomoniga yuzlanmoqchiman. Demak, boshladik.<\/h3>\n<h3 style=\"text-align: center;\"><strong>\u00ab00:00\u00bb<\/strong><\/h3>\n<h3 style=\"text-align: justify;\">Hali haligacha esimda, bundan 10-12 yillar oldin ham biron-bir yaqin insonimiz, tanishlarimizni tavallud topgan sanasi, muqaddas diniy bayramlar yoki boshqa bayramlarda albatta qo\u02bbng\u02bbiroq qilib tabriklab qo\u02bbyar edik. Ayrim odamlar soat 00:00 bo\u02bblishi bilan o\u02bbz tabriklarini jo\u02bbnatishni kanda qilmasdi (shaxsan men ham 00:00da tabrik yuborishni va tabrik qabul qilishni juda xush ko\u02bbrar edim) yoki o\u02bbsha sananing kun davomida tabrik SMS nomalarini jo\u02bbnatishar edi. Buning ham o\u02bbziga yarasha zavqini ko\u02bbp bora tuyganmiz. Albatta yoshi katta avlod vakillari ko\u02bbproq qo\u02bbng\u02bbiroq qilib tabriklab qo\u02bbyishni afzal ko\u02bbrishar edi.<\/h3>\n<h3 style=\"text-align: justify;\">Ayniqsa bayram munosabati bilan telefonimizga kelgan turli tuman SMS tabriknomalari o\u02bbqilar o\u02bbqilmas boshqa bir odamga jo\u02bbnatilib yuborilishi hammamizning yodimizda bo\u02bblsa kerak. Agar o\u02bbsha tabrikda tabrik kimdanligi yozilgan bo\u02bblsa, albatta o\u02bbzimizning ism familiyamizni yozib, qayta jo\u02bbnatib yuborgan hollarimiz ham bo\u02bblgan. Qarabsizki tabrikni birinchi yozgan odamning o\u02bbziga aylanib-aylanib boshqa odam nomidan borgan kunlar ham bo\u02bblgan.(Hozir bu jarayon \u201cTelegram\u201dda ham davom etmoqda.)\u00a0Lekin, oramizda har bir odam uchun alohida tabrik va alohida javob SMS yozadigan odamlar bo\u02bblganligi ham ayni haqiqat.<\/h3>\n<h3 style=\"text-align: justify;\">Yodingizda bo\u02bblsa, hayit bayrami yoki yangi yil oqshomida SMS jo\u02bbnatish naqadar qiyin mushkul bo\u02bblgan. Ayniqsa, hayit namozi ado etilgandan so\u02bbng eng kamida tushlik mahaligacha, yangi yil oqshomi 31-dekabr sanasining kechki soatlaridan 1-yanvarning tonggi soatlarigacha (albatta barchasi xotiralar asosida misol qilinmoqda) qo\u02bbng\u02bbiroq qilib bog\u02bblanish yoki SMS noma jo\u02bbnatish qiyin bo\u02bblib qolar edi.<\/h3>\n<h3 style=\"text-align: justify;\">To\u02bbg\u02bbrisini aytganda, bu kunlarning ham o\u02bbziga yarasha zavqli bo\u02bblganini yildan- yilga anglab yetyapman. Lekin, yana bir narsani shu o\u02bbrinda ta\u2019kidlab o\u02bbtishni joiz deb bilar edim. Nazarimda o\u02bbsha paytlarda hali oqibat yo\u02bbqolmagan edi&#8230;<\/h3>\n<h3 style=\"text-align: center;\"><strong>\u201cTELEGRAMGA KIRIB YUBORING\u201d<\/strong><\/h3>\n<h3 style=\"text-align: justify;\">Tez fursatda taraqqiy etayotgan davrda kundan-kunga yangi ixtirolar, yana-da qulayliklarga ega mobil telefonlar, planshetlar ishlab chiqarilishi ortidan bunday qurilmalarga bo\u02bblgan ehtiyoj oshsa oshdiki hali hamon pasaygani yo\u02bbq. Aslida, mana shunday yangi turdagi qurilmalar ortidan aholining internetga bo\u02bblgan qiziqishi tobora oshib bordi.<\/h3>\n<h3 style=\"text-align: justify;\">Markaziy Osiyo davlatlari xususan, O\u02bbzbekiston ham global internet tarmog\u02bbidagi so\u02bbzlashuv ilovalariga bog\u02bblanish davrini 2010-yillar deb olsak, aholining yoshlar qatlami, ular ortidan o\u02bbrta yosh hamda kattalar ham dastlab, \u201cWhatsapp\u201d so\u02bbzlashuv ilovasiga bosqichma-bosqich o\u02bbtib bordi.<\/h3>\n<h3 style=\"text-align: justify;\">Mazkur so\u02bbzlashuv ilovasi orqali ijtimoiy guruhlar tashkil qilinishi va shu guruhlardan o\u02bbzaro yangidan-yangi xabarlar bir-birimizga yetib kelishi bahonasida aholining ijtimoiy axborotga bo\u02bblgan ehtiyoji ortib bordi.<\/h3>\n<h3 style=\"text-align: justify;\">Keyinchalik mazkur ilovaga qo\u02bbyilgan ma\u2019lum bir cheklovlar, mamlakatda uni ishlatish bo\u02bbyicha ayrim texnik nosozliklardan keyin unga raqobatchi bo\u02bblgan \u201cTelegram\u201d so\u02bbzlashuv ilovasiga yoppasiga o\u02bbtish davri boshlandi va shundan buyon bugungi kungacha aholing asosiy qatlami \u201cTelegram\u201d so\u02bbzlashuv ilovasidan foydalanib kelmoqda. Xalq orasida uni ijtimoiy tarmoq deb atovchilar ham bor. Aslida u shunchaki, so\u02bbzlashuv ilovasidir.<\/h3>\n<h3 style=\"text-align: justify;\">Bugun, yetti yoshdan yetmish yoshgacha har qanday ijtimoiy guruhidan qat\u2019iy nazar (albatta ayrim istisnolar bilan) \u201cTelegram\u201d ilovasidan foydalanmoqda.<\/h3>\n<h3 style=\"text-align: justify;\">Ish yuzasidan hujjatlar almashinuvi, o\u02bbzaro yozishamalar, ommaviy so\u02bbzlashuvlar (guruhlar) kanallar orqali tinimsiz keluvchi turli tuman xabarlar endi barchasi bir platformada mujassam bo\u02bbldi. Kundalik hayotimizda ham shaxsiy yoki ish faoliyatimizdagi eng muhim xabarlarni (SMSlarni) endilikda \u201cTelegram\u201d orqali qabul qilishga odatlandik.<\/h3>\n<h3 style=\"text-align: justify;\">Bora-bora bizga mobil telefonimizdagi so\u02bbzlashuv daqiqalaridan internet uchun ajratilgan MBlarning ko\u02bbproq bo\u02bblishi muhim bo\u02bblib qoldi. Ayni hozirgi vaqtda ham bir kun internet tarmog\u02bbiga xususan \u201cTelegram\u201dga kirmasangiz biron bir muhim narsadan bexabar qolib ketishingiz tabiiy hol. Avallari, mobil telefoningizga hol ahvol so\u02bbrab yozilgan SMSlar o\u02bbrniga biroz tarmoqqa kirmasangiz, \u201cTelegramga kirib yuboring\u201d ko\u02bbrinishidagi qisqa xabar kelishi bilan kifoyalanmoqda, qarabsizki yana o\u02bbsha internet tarmog\u02bbiga kundan-kunga bog\u02bblanib borishga majbur bo\u02bbldik.<\/h3>\n<h3 style=\"text-align: justify;\">Su o\u02bbrinda mobil telefonimizga bayramlarda jo\u02bbnatiladigan SMS nomalarni aytmasak ham bo\u02bbladi. Hozir SMS orqali tabriklovchilar tanishlarimiz orasida ham barmoq bilan sanalsa kerak.<\/h3>\n<h3 style=\"text-align: justify;\">Albatta, bu qaysidir ma\u2019noda yaxshilikka xizmat qilayotgandir bir paytni o\u02bbzida ko\u02bbplab tanishlaringiz bilan muloqot qila olasiz. Telefon orqali suhbatlasha olmasangiz virtual tarmoq orqali suhbatlashasiz fikringizni bemalol bayon qilar olarsiz lekin o\u02bbrtadagi jonli muloqot, jonli oqibat qayerda qolmoqda?<\/h3>\n<h3 style=\"text-align: center;\"><strong>\u201cSENI, KECHA KO\u02bbRGAN EDIM-KU\u201d<\/strong><\/h3>\n<h3 style=\"text-align: justify;\">Yuqorida aytib o\u02bbtganimdek, oxirgi 10 yil davomida biz internet tarmog\u02bbiga arqonsiz bog\u02bblandik. So\u02bbzlashuv ilovalari u yerda qolib endilikda ijtimoiy tarmoqlarni ham zabt eta boshladik. Avvallari, maktab o\u02bbquvchilari orasida mashhurlikka erishgan \u201cOdnoklassniki\u201d ijtimoiy tarmog\u02bbiga faol bo\u02bblib boshlagan bo\u02bblsak keyinchalik vaqt o\u02bbtishi bilan yangidan-yangi chiqqan ijtimoiy tarmoqlarga moslasha boshladik. Xususan, \u201cFacebook\u201d hamda \u201cInstagram\u201d ijtimoiy tarmoqlari bunga yorqin misoldir.<\/h3>\n<h3 style=\"text-align: justify;\">O\u02bbzbekistonda \u201cFacebook\u201d ijtimoiy tarmog\u02bbidan foydalanib boshlagan yilni eng kamida 2010-yillarga to\u02bbg\u02bbri keladi desak, \u201cInstagram\u201d ijtimoiy tarmog\u02bbidan foydalanish esa 2014-yillarga to\u02bbg\u02bbri keladi. \u201cInstagram\u201d ijtimoiy tarmog\u02bbining yoshlar orasida ommalashishiga olib kelgan omillardan biri \u201cMillion\u201d jamoasining aynan shu yilidagi konsert dasturi deb olish mumkin. Aynan shu konsert dasturining bir blogida xonanda, aktyor va aktrisalarning tarmoqqa joylagan suratlari Davron Kabulov tomonidan kulgi ostiga olingan bu esa o\u02bbz navbatida aynan o\u02bbsha hazillar ortidan\u00a0shov-biznes vakillarning tarmoqdagi profillariga kirishga undovchi PR bo\u02bblib xizmat qildi.<\/h3>\n<h3 style=\"text-align: justify;\">Shu-shu yoshlarning asosiy qatlami, o\u02bbrta yosh vakillari kerak bo\u02bblsa katta yosh vakillari ham bugungi kunda \u201cInstagram\u201dda o\u02bbz profillariga egadirlar.<\/h3>\n<h3 style=\"text-align: justify;\">Yana o\u02bbsha ma\u2019lum bir ijtimoiy guruh vakillari tarmoq orqali o\u02bbzlarining yaqinlarini, tanishlarini ular ulashgan surat yoki videolar orqali nimalar bilan bandligi, ularning kayfiyatlarini shaxsiy hayotidagi voqealarini bilib bormoqda.<\/h3>\n<h3 style=\"text-align: justify;\">Balki bu juda yaxshidir, o\u02bbz yaqiningiz, do\u02bbstlaringiz, tanishlaringizni virtual olamda g\u02bboyibona ko\u02bbrib turasiz ularning hol-ahvollaridan xabardor bo\u02bblasiz, muloqot qilasiz. Lekin, hech o\u02bbylab ko\u02bbrdingizmi aynan o\u02bbsha \u201cInstagram\u201d tarmog\u02bbidagi biron bir do\u02bbstingiz yoki tanishingiz bilan bir shahar, bir tuman qo\u02bbyinki bir mahallada bo\u02bblib oxirgi marotaba qachon uchrashdingiz, hech bo\u02bblmasa telefon orqali muloqot qildingiz (albatta bu borada ish yuzasidan qo\u02bbng\u02bbiroqlarni inobatga olmagan bo\u02bblar edim). O\u02bbylab ko\u02bbrsangiz esingizga ham kelmay qoladi mana shunday paytlarda.<\/h3>\n<h3 style=\"text-align: justify;\">Biz aslida hozirgi vaqtda aynan shunday tarmoqlar orqali do\u02bbstlarimiz, yaqinlarimizni virtual olamda ko\u02bbrib go\u02bbyoki ular bilan har kuni ko\u02bbrishgan yoki gaplashayotgandek bo\u02bblyapmiz-ku aksariyat hollarda qachon ko\u02bbrishganimiz ham eslay olmayapmiz. Sog\u02bb-omon yurgan ekan-ku deb virtual olam bilan cheklanib qolganimiz ham ayni haqiqat.<\/h3>\n<h3 style=\"text-align: justify;\">Ba\u2019zi hollarda, endigina uchrashgan do\u02bbstimiz bizga \u201cBormisan? Yo\u02bbq bo\u02bblib ketding\u201d degan paytida virtaul olam ta\u2019sirida \u201cSeni kecha ko\u02bbrgan edim-ku\u201d deb, aytib yuborgan odamlarga ham guvoh bo\u02bblyapmiz. Vaholanki endi ko\u02bbrishgan bo\u02bblishsalar-da.<\/h3>\n<h3 style=\"text-align: justify;\">Yaqinlarimiz, tanishlarimizni tavallud ayyomlari yoki biron-bir baxtli kunlari bilan ham ayna o\u02bbsha tarmoqlar orqali tabriklab qo\u02bbyishni odat qildik. Suratini qo\u02bbyib tayyor yozilgan \u201cHappy birthday\u201d kabi so\u02bbzlardan foydalanib kamdan-kam hollarda o\u02bbzimiz tabrik yozib tarmoqqa joylayapmiz-da go\u02bbyoki tabriklab qo\u02bbydim-ku qabilida ish tutayotgandek bo\u02bblib qolyapmiz. Qo\u02bbng\u02bbiroq orqali samimiy dil izhorlarini bildirib qo\u02bbyish juda kamdan-kam kuzatilmoqda. Hattoki, hozirgi vaqtda yaqinlarimiz, do\u02bbstlarimizni mobil telefon raqamlarini yoddan ayta olmay qolishimiz ham ular bilan jonli muloqotimiz kamayganidan dalolatdir.<\/h3>\n<h3 style=\"text-align: justify;\">To\u02bbg\u02bbri, men bu borada barchani ayblash tarafdori emasman. Qaysidir tanishlaringni aynan ma\u2019lum bir ko\u02bbrinishda yo\u02bbqlab qo\u02bbyish yoki tabriklab qo\u02bbyishni o\u02bbzi kifoya. Men bu bilan hammani vaqtini o\u02bbg\u02bbirlab, ishidan bezovta qilishni targ\u02bbib qilayotganim yo\u02bbq. Shunchaki, imkon qadar virtual olamdan real olamga qaytishimizni xohlar edim. Hech bo\u02bblmasa, 5 daqiqa vaqtimizni yaqin do\u02bbstlarimiz bilan maroqli suhbatlashishga ajratsak virtual olam yo\u02bbqotib borayotgan oqibatimizni qaytarishga xizmat qilardi deb o\u02bbylayman.<\/h3>\n<h3 style=\"text-align: justify;\">Ayniqsa, mana shunday tahlikalari sharoitda bir-birimizga naqadar g\u02bbanimat ekanligimizni har kuni har tomondan kelayotgan turli yo\u02bbqotishlar ortidan anglab, idrok qilish qiyin emas.<\/h3>\n<h3 style=\"text-align: justify;\">Asalning ham ozi shirin deganlaridek, bizga berilgan hisobli umrimizni go\u02bbzal o\u02bbtkazaylik. Har kuni armonda qolayotgan tanishlarimizdan xulosa qilaylik. Zero, o\u02bbsha tarmoqdagi turli rang barang yoqtirish (\u201clike\u201d)lar, ko\u02bbp sonli ko\u02bbrilishlar bizga oqibat bermaydi. O\u02bbtkinchi bo\u02bblgan bu hayotning o\u02bbtkinchi ixtirolaridir.<\/h3>\n<h3 style=\"text-align: justify;\">O\u02bbz oila a\u2019zolarimiz, yaqinlarimiz, do\u02bbstlarimizga bo\u02bblgan oqibatimiz inson bolasi o\u02bbylab topgan ixtirolardan ustun bo\u02bbla olmasin! Bejizga xalqimiz mehr-ko\u02bbz deyishmagan.<\/h3>\n<h3 style=\"text-align: justify;\"><strong>QO\u02bbSHIMCHA<\/strong>: Mazkur maqola xotiralar asosida yozilgani bois yillar bo\u02bbyicha keltirilgan misollarda 1-2 yilga farq bo\u02bblishi mumkin.<\/h3>\n<h3 style=\"text-align: justify;\"><strong>Bekpo\u02bblat BAXTIYOR<\/strong><\/h3>\n<h3 style=\"text-align: justify;\"><em>2020 yil noyabr oyi<\/em><\/h3>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Oxirgi paytlarda shaxsiy hamda ijtimoiy hayotimizni telekommunikatsiya vositalarisiz tasavvur qilish tobora qiyin bo\u02bblmoqda. Har odimimizda biz ularga tobe bo\u02bblib bo\u02bblmoqdamiz. Biron ishimiz yo\u02bbqki telekommunikatsiya vositalarisiz bitsa. Shaxsiy hayotdan ijtimoiy hayotgacha hamma-hammasida ular bizning \u201cyordamchilarimiz\u201d bo\u02bblib ulgurdi. Albatta, zamonaviy texnologiyalarning hayotimizga kirib kelishining asosiy maqsadi ham odamlarga qulaylik yaratishdir. Shu sabab mushkulimiz oson, uzog\u02bbimiz yaqin bo\u02bblib [&hellip;]<\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":750,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"_jetpack_memberships_contains_paid_content":false,"footnotes":""},"categories":[34,6,7,5],"tags":[],"class_list":["post-627","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-jurnalistika","category-maqolalar","category-munosabat","category-yangiliklar"],"aioseo_notices":[],"jetpack_featured_media_url":"http:\/\/bekpolat.uz\/wp-content\/uploads\/2021\/10\/BEKPOLAT.UZ-MAQOLA-4.jpg","jetpack_sharing_enabled":true,"amp_enabled":true,"_links":{"self":[{"href":"http:\/\/bekpolat.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/627","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"http:\/\/bekpolat.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"http:\/\/bekpolat.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"http:\/\/bekpolat.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"http:\/\/bekpolat.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fcomments&post=627"}],"version-history":[{"count":3,"href":"http:\/\/bekpolat.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/627\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":631,"href":"http:\/\/bekpolat.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/627\/revisions\/631"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"http:\/\/bekpolat.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/media\/750"}],"wp:attachment":[{"href":"http:\/\/bekpolat.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fmedia&parent=627"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"http:\/\/bekpolat.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fcategories&post=627"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"http:\/\/bekpolat.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Ftags&post=627"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}