{"id":1528,"date":"2026-02-06T11:55:00","date_gmt":"2026-02-06T06:55:00","guid":{"rendered":"https:\/\/bekpolat.uz\/?p=1528"},"modified":"2026-02-06T11:58:41","modified_gmt":"2026-02-06T06:58:41","slug":"fikrni-boguvchi-memlar","status":"publish","type":"post","link":"http:\/\/bekpolat.uz\/?p=1528","title":{"rendered":"FIKRNI BO\u2018G\u2018UVCHI MEMLAR"},"content":{"rendered":"<h3 style=\"text-align: justify;\">Bugungi kunda media makonda sifatli kontent yaratish va uni realizatsiya qilishda nazarimda bir qator yangi muammolar yuzaga chiqdi. Turli video bloglarda urf bo\u2018lgan trendlar professional jurnalistikaga soya solgandek. Bugungi kun jamoatchiligi negadir mediadan o\u2018zini olib qochmoqda.<\/h3>\n<h3 style=\"text-align: justify;\">Men davlat idorasida matbuot xizmati xodimi sifatida faoliyat yuritaman. Faoliyatimiz davomida tashkilot tomonidan bir qator media loyihalar ishlab chiqiladi. Shulardan biri \u2014 jamoatchilikning soha qonunchiligi va amaldagi normalar bo\u2018yicha bilim darajasini aniqlash, shu orqali aholining huquqiy madaniyatini yanada oshirishga qaratilgan loyihadir.<\/h3>\n<h3 style=\"text-align: justify;\">Mazkur loyiha doirasida har bir son uchun alohida turkum mavzular belgilanib, tasodifiy respondentlar ishtirokida so\u2018rovlar o\u2018tkaziladi. Respondentlar tomonidan bildirilgan fikr va mulohazalarning amaldagi qonunchilik normalariga qanchalik uyg\u2018unligi soha mutaxassislari ishtirokida sharhlanadi. Bu orqali keng jamoatchilikka huquqiy masalalar sodda va tushunarli tilda yetkaziladi.<\/h3>\n<h3 style=\"text-align: justify;\">Albatta, jurnalistikada \u201cvox pop\u201d usulida material tayyorlash o\u2018ziga xos zavqli, biroq murakkab jarayon hisoblanadi. Mikrofon tutilgan shaxsning fe\u2019l-atvori, ayni paytdagi psixologik holati va kayfiyati ko\u2018pincha korrespondent uchun muayyan qiyinchiliklar tug\u2018dirishi ham haqiqatdir.<\/h3>\n<h3 style=\"text-align: justify;\">Bugungi kunga qadar faoliyatim davomida aynan shu yo\u2018nalishda 12 dan ortiq ko\u2018rsatuvni tayyorlagan bo\u2018lsam oxirgi 2-3 ta sonini suratga olishda respondentlar fikrini olish, ularning fikri bilan o\u2018rtoqlashish, kameraga to\u2018g\u2018ridan-to\u2018g\u2018ri fikrini bayon ettirish ancha qiyin kechdi. Ko\u2018plab kuzatishlarim hamda ayrim respondentlar fikridan kelib chiqib buning quyidagi sabablarini payqagandekman.<\/h3>\n<h3 style=\"text-align: justify;\">Hozirgi kunda odamlar ijtimoiy tarmoqlarga ipidan-ignasigacha bog\u2018lanib bo\u2018ldi. Endi rasmiy OAV yoki professional jurnalistikadan tashqari odamlarga boshqa tashqi omillar xususan noprofessional blog sahifalar orqali turli-tuman axborot oqimi kirib kelmoqda. Unda har bir bloger yoki blog sahifa o\u2018ziga xos yondashuv va uslubga o\u2018tib olgan. Ayniqsa, ijtimoiy tarmoqda \u201cvoxpop\u201d usulidagi videolar boshqa videolardan ancha ko\u2018p ko\u2018riladi va ommabop hisoblanadi. Afsuski, aynan shu kabi videolarda video ishtirokchilarining fikrlariga nisbatdan turli kulgili, kamsituvchi, jiddiy hazil qilinadigan turkum memlar videolar qo\u2018yilishi ancha urfga kirdi. Ayrim memlar esa fikr bildiruvchiga nisbatan hurmatsizlik holatigacha yetib bordi. Bu boshqa formatdagi videolarda ham ancha ommalashgan.<\/h3>\n<h3 style=\"text-align: justify;\">Ko\u2018cha-kuyda o\u2018z tashvishi va yumushlari bilan yurgan inson qarshisiga chiqib undan fikr so\u2018ralsa-yu ammo, ijtimoiy tarmoqda obunachilar sonini oshirish, ko\u2018plab ko\u2018rilishlar yoki yoqtirish (like)larga erishish uchun bu kabi usuldan borish menimcha, o\u2018zimizni va o\u2018zgani hurmat qilmaslik sanaladi. O\u2018zim qanchadan-qancha respondent qarshisiga chiqib unga mikrofon tutib fikri bilan qiziqqan media xodimi sifatida shuni aytaman-ki, \u201cvox pop\u201d usulida begona odam qarshisiga chiqib undan tezkor fikr olish oson ish emas. Bu ayniqsa, respondentning kayfiyati, uning fe\u2019l-atrofi tashvish va yumishlari bilan bog\u2018liq holat. Xayol surib, o\u2018z muammolari bilan yurgan inson qarshisiga chiqishda uni har bir fikrini hurmat qilish madaniyatdandir. Aslida, undan so\u2018rayotgandan narsangizdan ko\u2018proq bilim va tajribaga ega bo\u2018lishi lekin ayni vaqtdagi holatida bilganini ham yetkazib bera olmagan odamni bu kabi kulgiga qo\u2018yish \u2013 sifatli kontent emas. Agar chindan ham siz so\u2018rayotgan narsani bilmasa, unga qiziqmasa bu ham uning aybi emas.<\/h3>\n<h3 style=\"text-align: justify;\">Bu fikrlarni o\u2018rtaga tashlash uchun ko\u2018p bor odamlarni kuzatdim. Ko\u2018p bor shahar bo\u2018ylab tasvirga olish jarayonlariga chiqdim. Odamlar nega o\u2018zini kameradan olib qochayotganiga tub mohiyatini anglab yetdim. Yaqinda esa, xuddi shu kabi tasvirga olish uchun shahar markazida yurgan paytim 2-3 nafar odamdan bir-biriga o\u2018xshash fikrni eshitib meni qiynayotgan masalani sababini anglagandek bo\u2018ldim. Ular mening savollarimga javob berar ekan fikrning oxirida \u201cyana bizni gaplarimizga ustimizdan kulgan, qotgan memlar qo\u2018ymaysizlarmi\u201d deb aytib qoldi. Shunda bildim-ki odamlarda mediaga chiqib fikr bildirish uchun qarshi immunitet shaklanib qolibdi. Aslida, arzimasdek tuyulgan mazkur video effektlari, uning ko\u2018rilishini oshiruvchi yondashuv odamlar fikrini bildirishi uchun teskari natija berib boshlabdi. Ularni fikr bildirishdan bo\u2018g\u2018ib boshlagandek tuyuldi shaxsan men uchun.<\/h3>\n<h3 style=\"text-align: justify;\">Men bu kabi yondashuvni to\u2018liq qoralash yoki uni umuman qo\u2018llamaslik tarafdori emasman. Aslida, hamma narsada me\u2019yor bo\u2018lsa bo\u2018ldi. Kimnidir fikrini tasdiqlash yoki inkor qilish uchun insoni fikrini yerga urmaydigan shunchaki neytral pozitsiyani bildiruvchi tasdiqlash yoki inkor etuvchi ko\u2018ruvchi va ishtirokchi g\u2018ashiga tegmaydigan memlar, video yoki audio effektlar ham talaygina. Shulardan ham foydalanib kontentning rang-baranglik darajasini oshirishi mumkin. Zero, shunda yana-da sifatli kontentlar ishlab chiqilishi odamlar o\u2018z fikrlarini tortinmay bayon etishga erishar edik.<\/h3>\n<h3 style=\"text-align: justify;\"><strong>Bekpo\u2018lat BAXTIYOR<br \/>\n<\/strong><strong>6-fevral 2026-yil<\/strong><\/h3>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Bugungi kunda media makonda sifatli kontent yaratish va uni realizatsiya qilishda nazarimda bir qator yangi muammolar yuzaga chiqdi. Turli video bloglarda urf bo\u2018lgan trendlar professional jurnalistikaga soya solgandek. Bugungi kun jamoatchiligi negadir mediadan o\u2018zini olib qochmoqda. Men davlat idorasida matbuot xizmati xodimi sifatida faoliyat yuritaman. Faoliyatimiz davomida tashkilot tomonidan bir qator media loyihalar ishlab chiqiladi. [&hellip;]<\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":1529,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"_jetpack_memberships_contains_paid_content":false,"footnotes":""},"categories":[34,6,7,5],"tags":[271,272,269,268,270],"class_list":["post-1528","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-jurnalistika","category-maqolalar","category-munosabat","category-yangiliklar","tag-ijtimoiy-tarmoq","tag-kontent","tag-mem","tag-munosabat","tag-oav"],"aioseo_notices":[],"jetpack_featured_media_url":"http:\/\/bekpolat.uz\/wp-content\/uploads\/2026\/02\/Maqola-cover-Memlar-16.9.jpg","jetpack_sharing_enabled":true,"amp_enabled":true,"_links":{"self":[{"href":"http:\/\/bekpolat.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/1528","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"http:\/\/bekpolat.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"http:\/\/bekpolat.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"http:\/\/bekpolat.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"http:\/\/bekpolat.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fcomments&post=1528"}],"version-history":[{"count":3,"href":"http:\/\/bekpolat.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/1528\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":1532,"href":"http:\/\/bekpolat.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/1528\/revisions\/1532"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"http:\/\/bekpolat.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/media\/1529"}],"wp:attachment":[{"href":"http:\/\/bekpolat.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fmedia&parent=1528"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"http:\/\/bekpolat.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fcategories&post=1528"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"http:\/\/bekpolat.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Ftags&post=1528"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}