{"id":1467,"date":"2025-08-27T14:00:01","date_gmt":"2025-08-27T09:00:01","guid":{"rendered":"https:\/\/bekpolat.uz\/?p=1467"},"modified":"2025-11-04T21:41:48","modified_gmt":"2025-11-04T16:41:48","slug":"xolislik-tezkorlik-va-masuliyat","status":"publish","type":"post","link":"http:\/\/bekpolat.uz\/?p=1467","title":{"rendered":"Xolislik, tezkorlik va mas\u2019uliyat"},"content":{"rendered":"<h4 style=\"text-align: center;\"><strong>Xolislik, tezkorlik va mas\u2019uliyat<\/strong><br \/>\n<strong>Ommaviy axborot vositalari vakillarining saylov<\/strong><br \/>\n<strong>jarayonlarini yoritishdagi muhim o\u2018rni, mas\u2019uliyati, format va yondashuvi<\/strong><\/h4>\n<h4 style=\"text-align: justify;\">Ommaviy axborot vositalari saylov jarayonlarini xalq ommasiga yetkazishda muhim o\u2018rin tutadi. Saylovlar ochiq va oshkora o\u2018tishini ta\u2019minlashda, jamoatchilik nazoratini amalga oshirishda OAVning o\u2018rni beqiyos. Jurnalistlar orqali aholi turli darajadagi saylovlar haqida tezkor va xolis ma\u2019lumot olib boradi. Bu saylov jarayonlarini ommalashtiradi. Saylovchilarda o\u2018tkazilayotgan muhim siyosiy jarayon yuzasidan zarur tushunchalarning shakllanishiga xizmat qiladi.<\/h4>\n<h4 style=\"text-align: justify;\">Albatta, saylovlarni erkin va adolatli o\u2018tkazishda ommaviy axborot vositalariga keng imkoniyatlar yaratilishi shart. Saylov komissiyalari va saylov uchastkalarida jurnalistlar erkin harakatlanish, axborot manbalaridan teng foydalanish imkoniyatiga ega bo\u2018lishi lozim. Davlat va xususiy axborot vositalari uchun saylov jarayonida teng sharoit yaratilishi, ularning qo\u2018llab-quvvatlanishi ochiq saylov muhitining muhim jihatidir. Mamlakatimizda so\u2018nggi yillarda o\u2018tkazilgan bunday muhim siyosiy jarayonlarda bu kabi jihatlarga alohida e\u2019tibor qaratilayotgani OAV vakillari faoliyatining qonuniy kafolatlaridir.<\/h4>\n<h4 style=\"text-align: justify;\">Milliy qonunchiligimizga ko\u2018ra, ommaviy axborot vositalari vakillari saylov kampaniyasi davrida saylov komissiyalarining majlislarida, boshqa turdagi tadbirlarida bevosita ishtirok etishi, ovoz berish binolarida saylov jarayonlarini yoritish uchun akkreditatsiyadan o\u2018tkazilishi lozim.<\/h4>\n<h4 style=\"text-align: justify;\">Saylovlarni yoritishda jurnalistlarga keng huquq va erkinliklar berilgani holda, ular zimmasiga katta mas\u2019uliyat ham yuklatiladi. Eng avvalo, ommaviy axborot vositalari vakillari berilgan imkoniyatlardan foydalanib, jamoatchilikka haqqoniy va xolis axborot yetkazishi lozim. Demak, saylov haqida har qanday ma\u2019lumot avvalo tekshirilgan, to\u2018g\u2018riligiga to\u2018liq ishonch hosil qilingan va xolislikka asoslanishi kerak.<\/h4>\n<h4 style=\"text-align: justify;\">Ommaviy axborot vositalari vakillari nafaqat saylovga tayyorgarlik ko\u2018rish va o\u2018tkazish yuzasidan saylov komissiyalari tomonidan o\u2018tkazilgan majlislar, tadbirlarni yoritishi, balki ularda qabul qilingan qarorlarning mazmun-mohiyatini saylovchilarga xalqchil yetkazishi lozim. Saylov jarayonlarida joriy qilingan muhim o\u2018zgarishlar, yangi qonunchilik normalari maqsadli auditoriyalarga xolis taqdim etilishi lozim.<\/h4>\n<h4 style=\"text-align: justify;\">Ommaviy axborot vositalari vakillari saylov kampaniyasi davrida turli ko\u2018rinishda axborot materiallarini ishlab chiqar ekan, eng avvalo, o\u2018tkazilayotgan saylovning ahamiyati, qonunchilik talablari, saylovda joriy qilinadigan muhim yangilikliklar, xizmatlar, saylovchilar uchun yaratilgan imkoniyatlarni to\u2018liq anglab yetishi lozim.<\/h4>\n<h4 style=\"text-align: justify;\">Shu o\u2018rinda ommaviy axborot vositalari tahririyatlari saylov jarayonlarini yoritishda bilim va tajribaga ega o\u2018z vakillarini saylov qonunchiligi bo\u2018yicha huquqiy savodxonligini yanada oshirish yuzasidan saylov komissiyalari tomonidan tashkil etiladigan seminar-treninglarda faol ishtirok etishini ta\u2019minlashi maqsadga muvofiq bo\u2018ladi. Bu saylov jarayonlarining faol va xolis yoritilishida muhim omil bo\u2018ladi. Jurnalist faqat ishonchli manbalarga tayangan holda xabar tayyorlashi, axborotni buzib ko\u2018rsatmasdan taqdim etishi lozim.<\/h4>\n<h4 style=\"text-align: justify;\">Saylov kampaniyasi davrida yoki hududlarda bo\u2018shab qolgan o\u2018rinlarga o\u2018tkaziladigan saylov jarayonlarida saylov uchastkalarida turib saylov jarayonlarini yoritishda, saylovchilar bilan intervyularni tashkil etishda ovoz berishning u yoki bu ko\u2018rinishda yashirinlik prinsiplarini buzmasligi lozim. Misol uchun, ovoz berib bo\u2018lgan saylovchidan qaysi siyosiy partiyani yoki nomzodni yoqlab ovoz berganligini so\u2018rash bu ovoz berishning yashirinlik prinsipini buzish demakdir. Yoki aksincha, saylovchi yashirin ovoz berish kabinasida saylov byulletenini to\u2018ldirayotgan jarayonda undan intervyu olish mumkin emas.<\/h4>\n<h4 style=\"text-align: justify;\">Saylov jarayonlarini yoritishda ommaviy axborot vositalari vakillari saylovchilarni zarur axborot bilan ta\u2019minlab, saylovga tayyorgarlikdan tortib ovoz berish va ovoz berish natijalari e\u2019lon qilingungacha bo\u2018lgan har bir bosqichni jamoatchilik uchun ochiqlab boradi. Jurnalistlar o\u2018z faoliyati orqali saylovlarda oshkoralik va shaffoflikni yuksaltiradi. Bu esa saylov natijalariga bo\u2018lgan ishonchni mustahkamlaydi. Misol uchun, saylovlarni xolis yoritish turli qonunbuzarlik holatlarining oldini oladi, saylov jarayonining to\u2018g\u2018ri o\u2018tishiga ko\u2018maklashadi.<\/h4>\n<h4 style=\"text-align: justify;\">2024-yilning oktabr oyida O\u2018zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va mahalliy Kengashlar deputatlari saylovida ommaviy axborot vositlari vakillari ilk bor \u201cE-saylov\u201d axborot tizimi orqali akkreditatsiyadan o\u2018tkazildi.<\/h4>\n<h4 style=\"text-align: justify;\">Saylov kampaniyasi davrida ommaviy axborot vositalari hamda ijtimoiy tarmoqlarda saylov jarayonlariga oid 42 mingga yaqin axborot e\u2019lon qilindi.<\/h4>\n<h4 style=\"text-align: justify;\">Qiyoslash uchun, 2019-yil o\u2018tkazilgan O\u2018zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va mahalliy Kengashlar deputatlari saylovida saylov kampaniyasi davrida ommaviy axborot vositalari hamda ijtimoiy tarmoqlarda saylov jarayonlariga oid 38 mingdan ortiq axborot e\u2019lon qilingan edi.<\/h4>\n<h4 style=\"text-align: justify;\">Raqamlar so\u2018zlaganidek, bu ham o\u2018z navbatida so\u2018nggi yillarda mamlakatimizda aholining elektoral madaniyatini yuksaltirish, saylovchilarning saylov jarayonlari bo\u2018yicha xabardorligini oshirish bo\u2018yicha axborotlarni taqdim etish dinamikasi oshganidan dalolat beradi.<\/h4>\n<h4 style=\"text-align: justify;\">Shu o\u2018rinda, buning bir necha sabablarini ta\u2019kidlab o\u2018tish o\u2018rinlidir. Bugungi kunda axborot uzatishning zamonaviy ko\u2018rinishlari yuzaga keldiki, axborot sohasi, yo\u2018nalishidan qat\u2019iy nazar kreativ axborot uzatish elementlarini o\u2018zida mujassam qilmoqda. Endilikda ko\u2018plab axborot oluvchilar matn, audio, video kombinatsiyalilaridan iborat video sharhlar yoki animatsion roliklardan iborat kontentlar orqali axborot keng qabul qilishni afzal ko\u2018rmoqda.<\/h4>\n<h4 style=\"text-align: justify;\">Endi, axborot olish manzil makoni ham rang-barang ko\u2018rinishlarga ega bo\u2018lib bormoqda. Uyda, ishda yoki ko\u2018chadamisiz siz turli ko\u2018rinishda axborotga ega bo\u2018lishingiz mumkin. O\u2018zingizga qulay bo\u2018lgan formatlarda axborot iste\u2019molchisiga aylanasiz. Bu borada cheklov yo\u2018q. Shu sababli ham bugun axborotga bo\u2018lgan talab ortmoqda.<\/h4>\n<h4 style=\"text-align: justify;\">Misol uchun Markaziy saylov komissiyasi tomonidan 2024-yil O\u2018zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va mahalliy Kengashlar deputatlari saylovida saylovchilarning saylov jarayonlari bo\u2018yicha savodxonligini oshirish, yangilangan saylov qonunchiligining mazmun-mohiyatini keng yetkazish maqsadida zamonaviy axborot uzatish usullaridan foydalangan yigirmadan ortiq animatsion rolik ishlab chiqildi. Ijtimoiy tarmoqlar va messenjerlar orqali tarqatilgan mazkur videoroliklarning umumiy axborot qamrovi 25 million foydalanuvchini tashkil etdi. Shuningdek, MSK rasmiy veb-sayti hamda ijtimoiy tarmoq sahifalarida e\u2019lon qilish uchun saylov kampaniyasiga oid 20 dan ortiq infografikalar ishlab chiqildi.<\/h4>\n<h4 style=\"text-align: justify;\">Saylov faqat saylov komissiyalari va siyosiy partiyalarning ishi emas, balki butun jamiyat hayotiga daxldor siyosiy tadbirdir. Ommaviy axborot vositalari esa ushbu tadbirning oynasi va minbari sifatida xizmat qiladi. Ommaviy axborot vositalari qanchalik xolis, professional va mas\u2019uliyatli bo\u2018lsa, saylovlar shunchalik ochiq va adolatli o\u2018tadi.<\/h4>\n<h4 style=\"text-align: justify;\">Ochiqlik, oshkoralik va haqqoniylik tamoyillariga amal qilgan holda faoliyat yuritayotgan jurnalistlar demokratik saylov jarayonining haqiqiy qahramonlaridir. Ular orqali saylovchilarning huquqiy madaniyati oshadi, saylov jarayonlariga xayrixohligini orttiradi ayni paytda mamlakatimizda demokratik qadriyatlar mustahkamlanishiga xizmat qiladi.<\/h4>\n<h4 style=\"text-align: right;\"><strong>Bekpo\u2018lat XUDOYBERGANOV,<\/strong><br \/>\n<strong>O\u2018zbekiston Respublikasi<\/strong><br \/>\n<strong>Markaziy saylov komissiyasi<\/strong><br \/>\n<strong>yetakchi maslahatchisi<\/strong><\/h4>\n<h4 style=\"text-align: right;\"><em>\u201cYoshlar ovozi\u201d gazetasi, \u211634 (16688)<br \/>\n<\/em><em>2025-yil 27-avgust.<\/em><\/h4>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Xolislik, tezkorlik va mas\u2019uliyat Ommaviy axborot vositalari vakillarining saylov jarayonlarini yoritishdagi muhim o\u2018rni, mas\u2019uliyati, format va yondashuvi Ommaviy axborot vositalari saylov jarayonlarini xalq ommasiga yetkazishda muhim o\u2018rin tutadi. Saylovlar ochiq va oshkora o\u2018tishini ta\u2019minlashda, jamoatchilik nazoratini amalga oshirishda OAVning o\u2018rni beqiyos. Jurnalistlar orqali aholi turli darajadagi saylovlar haqida tezkor va xolis ma\u2019lumot olib boradi. Bu [&hellip;]<\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":1468,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"_jetpack_memberships_contains_paid_content":false,"footnotes":""},"categories":[34,6,7,8,5],"tags":[],"class_list":["post-1467","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-jurnalistika","category-maqolalar","category-munosabat","category-tahlil","category-yangiliklar"],"aioseo_notices":[],"jetpack_featured_media_url":"http:\/\/bekpolat.uz\/wp-content\/uploads\/2025\/11\/9B2A6957-scaled.jpg","jetpack_sharing_enabled":true,"amp_enabled":true,"_links":{"self":[{"href":"http:\/\/bekpolat.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/1467","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"http:\/\/bekpolat.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"http:\/\/bekpolat.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"http:\/\/bekpolat.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"http:\/\/bekpolat.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fcomments&post=1467"}],"version-history":[{"count":2,"href":"http:\/\/bekpolat.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/1467\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":1470,"href":"http:\/\/bekpolat.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/1467\/revisions\/1470"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"http:\/\/bekpolat.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/media\/1468"}],"wp:attachment":[{"href":"http:\/\/bekpolat.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fmedia&parent=1467"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"http:\/\/bekpolat.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fcategories&post=1467"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"http:\/\/bekpolat.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Ftags&post=1467"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}