{"id":1384,"date":"2024-10-19T14:14:40","date_gmt":"2024-10-19T09:14:40","guid":{"rendered":"http:\/\/bekpolat.uz\/?p=1384"},"modified":"2024-11-19T14:41:39","modified_gmt":"2024-11-19T09:41:39","slug":"ozbekcha-qoshiq-aytish-uchun-shaxsiy-immunitetni-shakllantirish-lozim","status":"publish","type":"post","link":"http:\/\/bekpolat.uz\/?p=1384","title":{"rendered":"O\u2018ZBEKCHA QO\u2018SHIQ AYTISH UCHUN SHAXSIY IMMUNITETNI SHAKLLANTIRISH LOZIM"},"content":{"rendered":"<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: arial, helvetica, sans-serif;\">Bugun O\u2018zbekiston media maydonida kundan-kunga sifatli kontentlar ishlab chiqish darajasi tobora jadallashmoqda. Bosma OAV, elektron nashrlar yoki teleradiokanallarni nazarda tutamizmi barcha darajadagi OAVning turidan qat\u2019i nazar bugungi kunda axborot iste\u2019molchilariga axborotlarni taqdim etishning yangi formatlari, yondashuvlari o\u2018ylab topilmoqda. Izlanishlar olib borilmoqda.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: arial, helvetica, sans-serif;\">Misol uchun, birgina telekanallarning kunlik efirlarini kuzatadigan bo\u2018lsak davlat telekanallari bo\u2018ladimi yoki xususiy telekanallar bo\u2018ladimi ulardagi ko\u2018rsatuvlarning rang-barangligini payqash qiyin emas. Albatta, bu juda yaxshi. Media olami ham o\u2018z navbatida kuchli raqobat muhitiga dosh berishi kerak. So\u2018nggi yillarda O\u2018zbekistonda faoliyat yuritayotgan bir qancha telekanallar xalqaro darajadagi loyihalarga o\u2018z maydonini ochib bermoqda.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: arial, helvetica, sans-serif;\">Xususan, avvallari davlat yoki xususiy telekanallar bo\u2018ladimi ularda asosan o\u2018sha telekanallarning o\u2018z loyihalari sifatida qaralgan turli tok-shou, tanlovlar efirga uzatilib kelingan. Bu kabi ayrim loyihalar 1-3 ta mavsum efir yuzini ko\u2018rgan bo\u2018lsa, ayrimlari 1 ta mavsum efirga uzatilib keyin media makonda ko\u2018rinmay qolgan loyihalar ham yo\u2018q emas. Yoki aksincha efir yuzini ko\u2018rgandan bugungi kungacha qancha-qancha iste\u2019dodlarni yuzaga chiqargan haligacha tomoshabinlarning diqqat markazida bo\u2018lib kelayotgan bu kabi loyihalar ham borligi juda yaxshi natija.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: arial, helvetica, sans-serif;\">Lekin xohlamaymizmi, yo\u2018qmi tomoshabin doimo eng yuqori saviyadagi mahsulotga ergashadi. Xorij tillarini biladiganlar boshqa davlat telekanallarining loyihalarini muntazam kuzatib boradigan auditoriya ularni bir-biridan solishtirib borishi tabiiy hol. Shu sababli ham tomoshabinlar yana-da rang-barang, xalqchil loyihalarni ko\u2018rishni xohlaydi. Shu sababli bugungi davrda mahalliy telekanallarimiz tomonidan efirga uzatilayotgan bu kabi loyihalar safiga endilikda xalqaro darajadagi loyihalar ham kirib kelgani OAVlar o\u2018rtasida kuchli raqobat muhitini yaratib berdi. Bu esa telekanallarimizning xalqaro darajada yangi pog\u2018onalarga chiqishi uchun zamin yaratadi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: arial, helvetica, sans-serif;\">2023-2024-yillar mobaynida nodavlat telekanallar tomonidan bir qator xalqaro televizion loyihalarning rasmiy franshizasi sotib olindi hamda efirga uzatib kelinmoqda. Xususan, \u201cF TV\u201d telekanali tomonidan \u201cX factor\u201d, \u201cGot talent\u201d loyihalari taqdim etilayotgan bo\u2018lsa \u201cZo\u2018r TV\u201d telekanali tomonidan taqdim etilgan \u201cThe Voice\u201d esa mega televizion loyihasi tomoshabinlar uchun yaxshi tuhfa bo\u2018ldi. Qisqa muddat ichida mashhurlikka erishdi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: arial, helvetica, sans-serif;\">Mazkur loyihalarning 1-mavsumlari tomoshabinlar tomonidan qizg\u2018in kuzatib borildi. Bu kabi loyihalarda ishtirok etgan ijodkorlar g\u2018olib bo\u2018lishi yoki shunchaki ishtirok etishidan qat\u2019i nazar ma\u2019lum darajada mashhurlikka erishdi, xalq taniy boshladi. Aslida bu kabi xalqaro darajadagi loyihalar o\u2018zbek san\u2019ati va madaniyatini keng targ\u2018ib qilish, shu yurtda fuqarolarning qobiliyatlarini yuzaga chiqarish uchun juda yaxshi maydon bo\u2018lib xizmat qiladi. Shu sababli ham mahalliy teleloyihalardan farqli o\u2018laroq xalqaro darajadagi loyihalarga e\u2019tibor nisbatan ko\u2018proq bo\u2018ladi, uning o\u2018ziga xos auditoriyasi shakllanadi. Bu albatta, yaxshi holat. Shunday bo\u2018lishi ham kerak. Bu orqali mamlakat imiji yanada namoyon bo\u2018ladi. Xalqaro maydonda moddiy meroslari bilan tanilgan O\u2018zbekistonni nomoddiy meroslari bilan yana-da yuzaga chiqarish uchun muhim jarayon.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: arial, helvetica, sans-serif;\">Lekin, mazkur loyihalarga diqqat bilan razm solsak, bu borada bir qator kamchiliklar yuzaga chiqmoqda. Xususan, yuqorida qayd etib o\u2018tilgan ayrim loyihalarning navbatdagi mavsumlarini kuzatar ekanmiz bir jihat e\u2019tiborimizni tortdi. \u201cF TV\u201d telekanali tomonidan efirga uzatilayotgan \u201cX factor\u201d loyihasi yoki \u201cZo\u2018r TV\u201d telekanali tomonidan 2024-yilning 1-yarim yilligida efirga uzatilgan \u201cOvoz\u201d (The Voice of Uzbekiston) loyihasining 1-mavsumidan so\u2018ng taqdim etilgan \u201cOvoz bolalar\u201d teleshousi boshqa ko\u2018rsatuvlardan ishtirokchilarning auditoriyasi bilan farq qiladi. Xususan, \u201cX factor\u201d, \u201cOvoz bolalar\u201d ham \u201cOvoz\u201d loyihasi kabi ijrochilik qobiliyatlarini namoyon etish maydonidir. Faqat, \u201cOvoz bolalar\u201d televizion shousida 6 yoshdan \u2013 15 yoshgacha bo\u2018lgan bolalar qatnashishi mumkin.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: arial, helvetica, sans-serif;\">\u201cX factor\u201d hamda \u201cOvoz bolalar\u201d teleloyihalarning saralash va boshqa bir qator bosqichlarida ishtirok etuvchi ijrochilarning 70% ortig\u2018i o\u2018zbek o\u2018g\u2018il-qizlar bo\u2018lishidan qat\u2019i nazar ular tomonidan taqdim ijro etilayotgan asarlarning ko\u2018pchik qismi boshqa xorijiy tillarda ekanligini ko\u2018rish mumkin. Shu o\u2018rinda aytish mumkin-ki, \u201cX factor\u201d ning ishtirok etuvchi auditoriyasi katta yoshli ijodkorlar bo\u2018lganligi, ularda ijro etish uchun musiqiy asarlar ko\u2018pligi, boshqa tillarda ham ijro etish mahoratini ko\u2018rsatishini tabiiy hol deb hisoblasak, lekin ishtirokchilari 6-15 yosh toifasiga ega bo\u2018lgan \u201cOvoz bolalar\u201d ning ishtirokchilari bo\u2018lgan o\u2018g\u2018il va qizlarning asosan boshqa tillarda musiqiy asarni ijro etishi bir tomondan faxr hisini uyg\u2018otsa bir tomondan kuyinishni hosil qiladi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: arial, helvetica, sans-serif;\">Bunga bir necha sabablar bor, hali ijrochilik bo\u2018yicha dastlabki bilim va ko\u2018nikmalarga ega bo\u2018layotgan, ovoz imkoniyatlari to\u2018liq shakllanishiga ulgurmagan bu ijrochilardan avval boshda ovozning texnik imkoniyatlari hisobga olinmagan holda foydalanilmoqda. Eng muhim masala, bolalarda milliy vatanparvarlik hisini mavjud emasligini ko\u2018rsatmoqda. Bu holat ularni bevosita yoki bilvosita xorij qo\u2018shiqlarini ijro ettirish orqali loyihada ishtirok etishini kafolatlashdek tuyilmoqda. Lekin, ko\u2018rib turganimizdek bu hol ko\u2018p ham o\u2018zini oqlamadi. Xususan, \u201cOvoz bolalar\u201d ning \u201cSirli ishtirokchi\u201d bosqichida ishtirok etgan ko\u2018pchilik o\u2018g\u2018il va qizlar biz yuqorida aytgan xorij qo\u2018shiqlarini ijro etish orqali bir-biridan farqlanib qoldi. Aksariyat ijrochilar dastlabki musiqiy bilimlari an\u2019anaviy xonandalik, akademik xonandalik bo\u2018lib turgan paytda xorijiy tillarida o\u2018zlariga begona bo\u2018lgan janrlarda kuyladi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: arial, helvetica, sans-serif;\">Ularni tanlab olish uchun ishtirok etayotgan murabbiylar O\u2018zbekiston xalq artisti Sevara Nazarxon, xonandalar Botir Qodirov hamda Ilhom To\u2018yichiyevlar (DJ Pligirim) bu borada bir qator holatlarga duch keldi. Murabbiylar tomonidan xorijiy tilda qo\u2018shiq aytgan ustozlar tomonidan \u201ctanlangan\u201d yoki bironta murabbiy tomonidan tanlamagan ijrochidan boshqa musiqiy asarning bir qismini ijro etish so\u2018ralganda ular tomonidan ijro etilgan ayrim o\u2018zbekcha maqom, milliy yoki zamonaviy estrada qo\u2018shiqlarini tinglab o\u2018ziga xos, ovoz imkoniyatlarini, eng muhimi o\u2018zbekona nola, ohanglarni eshitasiz. Aslida ularning imkoniyatlaridan noto\u2018g\u2018ri foydalanilganiga guvoh bo\u2018lasiz. Beixtiyor, teletomoshabin ham murabbiylarga qo\u2018shilgan holda \u201co\u2018zbekcha aytsang bo\u2018lar ekan-ku\u201d deb yuboradi. Biroz avval boshqa tilda qo\u2018shiq ijro etib mahoratini ko\u2018rsata olmagan bolani tanlamaganlari uchun afsuslanib qolgan holatlari ko\u2018p uchradi. Bu mardi maydon imkoniyatdan unumli foydalanish muhim masala.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: arial, helvetica, sans-serif;\">Chindan ham bu holat ko\u2018rsatuvning tanlash bosqichida juda ko\u2018p bor yuzaga keldi. Ustozlar ayni holatda ularni tanlab olishda yuzaga kelgan noaniqliklardan so\u2018ng haqli e\u2019tirozlarini bildirmay qolmadi. Shu o\u2018rinda bir savol yuzaga keladi? Endi yetishib chiqayotgan yosh o\u2018g\u2018il va qizlarni bu kabi xorij qo\u2018shiqlari orqali yuzaga chiqarish, imkoniyatlarini inobatga olmay foydalanishdan nima naf? Birinchi navbatda, loyihadan \u201cyiqilgan\u201d bu bolalarning undan keyingi psixologik, ruhiy holati salbiy tomonga o\u2018zgarmasligiga kim kafolat beradi. Boshqa xorijiy tillarda qo\u2018shiq ijro etib yaxshigina mahoratini ko\u2018rsatgan bolalar \u201ctanlanib\u201d, lekin asli ijro mahoratlari to\u2018g\u2018ri yo\u2018nalishga solinmagan bolalarning ichki kechinmalariga qanday qarash mumkin? Ularni tanlovlarga tayyorlaydigan ustozlar shu jihatga e\u2019tibor qaratishi kerak aslida.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: arial, helvetica, sans-serif;\">Loyihalar davomida boshqa millat vakillari bo\u2018lgan ayrim ijrochilar dastlab o\u2018z milliy qo\u2018shig\u2018i bilan maydonga chiqib, yaxshi olqishga sazovor bo\u2018lganligini ko\u2018rib ham bu fikrlarni bildirish o\u2018rinli deb hisoblash mumkin. Ayrim hollarda esa, bir qancha boshqa millat vakillari tomonidan o\u2018zbekcha qo\u2018shiqlarni ijro etganliklari ko\u2018rib faxrlanadi kishi. Aslida, har bir ijodkorning o\u2018z repertuarida milliy qo\u2018shiqlari soni sezilarli darajada ko\u2018p bo\u2018lishi foydalan holi bo\u2018lmaydi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: arial, helvetica, sans-serif;\">Xalqimizda \u201cchin san\u2019at til, millat tanlamas\u201d degan yaxshi gap bor. Bu ayni haqiqat. San\u2019at va madaniyat xalqlarini bir-biriga yaqinlashtiradi. Munosabatlarni yaxshilashga, mustahkamlanishga, o\u2018zaro rivojlanishga xizmat qiladi. Ammo, endi yetishib chiqayotgan yosh avlod vakillariga eng avvalo milliy vatanparvarlik hislarini uyg\u2018otish lozim. Xohlaymizmi yo\u2018qmi, biz qancha boshqa xorijiy tillarda maromiga yetkazib musiqiy asarni ijro etmaylik qonimizda milliy ohanglar, o\u2018zbekona nolalar yashirin. Aslida, iste\u2019dodli ijodkordan uni yuzaga chiqarib olish qiyin emas. Yuqorida ta\u2019kidlanganidek, bu xalqaro televizion loyihalar O\u2018zbekistoning o\u2018ziga xos san\u2019ati va madaniyatini yuzaga chiqarish uchun eng yaxshi vositadir. Bundan avvalgi mavsumlarda chiqish qilgan ayrim ijrochilarning sara o\u2018zbekona ijod namunalari internet tarmoqlarida mashhurlikka erishdi. Tomosha qilganlar soni bilan ajralib turdi. Bu chiqishlar mazkur televizion loyihalarning rasmiy bosh sahifalari orqali e\u2019lon qilib borildi. Telekanallar orqali bu kabi loyihalarni rasmiy olib kirishdan ko\u2018zlangan asosiy maqsad shu bo\u2018lishi kerak aslida. Milliy madaniyatimizni keng targ\u2018ib qilish, uni rivojlanishi uchun zamin yaratish, yangi iste\u2019dodlarni yuzaga chiqarish. Bu orqali yosh havaskor ijodkorlarda o\u2018ziga xos immunitet hosil bo\u2018ladi. Repertuarida o\u2018zbekona ohanglarga boy sara musiqiy asarlar paydo bo\u2018ladi. Loyiha tashkilotlari ham ijrochilarni tayyorlaydigan ustoz va murabbiylar ham aslida eng avvalo shu jihatlariga e\u2019tibor berishini muhim deb hisoblaymiz. Ijrochilarga to\u2018g\u2018ri yo\u2018nalish berish, ularni imkoniyatlarini yuzaga chiqarishda milliy manfaatlarni ham hisob olish, ular ortidan ergashadigan yana qanchada-qancha iste\u2019dod egalari uchun yaxshi numuna sifatida xizmat qiladi. Zero, har qanday darajadagi teleloyihalarni tayyorlashda eng avvalo sifatli milliy kontentlarga ko\u2018proq e\u2019tibor qaratilsa foydadan holi bo\u2018lmaydi.<\/span><\/p>\n<p><strong><span style=\"font-size: 14pt;\">Bekpo<span style=\"font-family: arial, helvetica, sans-serif;\">\u2018lat BAXTIYOR<br \/>\n2024-yil 19-noyabr<\/span><\/span><\/strong><\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Bugun O\u2018zbekiston media maydonida kundan-kunga sifatli kontentlar ishlab chiqish darajasi tobora jadallashmoqda. Bosma OAV, elektron nashrlar yoki teleradiokanallarni nazarda tutamizmi barcha darajadagi OAVning turidan qat\u2019i nazar bugungi kunda axborot iste\u2019molchilariga axborotlarni taqdim etishning yangi formatlari, yondashuvlari o\u2018ylab topilmoqda. Izlanishlar olib borilmoqda. Misol uchun, birgina telekanallarning kunlik efirlarini kuzatadigan bo\u2018lsak davlat telekanallari bo\u2018ladimi yoki xususiy telekanallar [&hellip;]<\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":1385,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"_jetpack_memberships_contains_paid_content":false,"footnotes":""},"categories":[34,6,7,5],"tags":[],"class_list":["post-1384","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-jurnalistika","category-maqolalar","category-munosabat","category-yangiliklar"],"aioseo_notices":[],"jetpack_featured_media_url":"http:\/\/bekpolat.uz\/wp-content\/uploads\/2024\/11\/Shaxsiy-immunitet-maqola-BB-2.png","jetpack_sharing_enabled":true,"amp_enabled":true,"_links":{"self":[{"href":"http:\/\/bekpolat.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/1384","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"http:\/\/bekpolat.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"http:\/\/bekpolat.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"http:\/\/bekpolat.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"http:\/\/bekpolat.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fcomments&post=1384"}],"version-history":[{"count":2,"href":"http:\/\/bekpolat.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/1384\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":1387,"href":"http:\/\/bekpolat.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/1384\/revisions\/1387"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"http:\/\/bekpolat.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/media\/1385"}],"wp:attachment":[{"href":"http:\/\/bekpolat.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fmedia&parent=1384"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"http:\/\/bekpolat.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fcategories&post=1384"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"http:\/\/bekpolat.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Ftags&post=1384"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}