{"id":1322,"date":"2024-04-13T13:00:04","date_gmt":"2024-04-13T08:00:04","guid":{"rendered":"http:\/\/bekpolat.uz\/?p=1322"},"modified":"2024-04-22T14:06:12","modified_gmt":"2024-04-22T09:06:12","slug":"jannat-onalar-oyogi-ostida-yoxud-orta-osiyoda-mashhurlikka-erishayotgan-film","status":"publish","type":"post","link":"http:\/\/bekpolat.uz\/?p=1322","title":{"rendered":"\u201cJANNAT ONALAR OYOG\u2018I OSTIDA\u201d YOXUD O\u2018RTA OSIYODA MASHHURLIKKA ERISHAYOTGAN FILM"},"content":{"rendered":"<h4 style=\"text-align: justify\">Bayram kunini mazmunli o\u2018tkazish maqsadida internet tarmoqlarida yopiq premyeralariga oid turli roliklar orqali yaxshigina shov-shuvlarga sabab bo\u2018lgan 11-aprel kuni premyera qilingan Qirg\u2018iz Respublikasi kinoijodkorlari tomonidan suratga olingan \u201cJannat onalar oyog\u2018i ostida\u201d badiiy filmini tomosha qildim.<\/h4>\n<h4 style=\"text-align: justify\">Rostini aytsam kinoteatrga borib film ko\u2018rmaganimga ham 7 yil bo\u2018libdi. Ozgina fursat bo\u2018lsa ham boshqa yumushlarni unutib film tomosha qilish zavqini yana bir qator his qildim. Bu ham o\u2018z o\u2018zidan bo\u2018lmadi bu borada film ijodkorlari va loyiha mualliflarining yaxshi marketing usullari sabab bo\u2018ldi.<\/h4>\n<h4 style=\"text-align: justify\">Film syujeti asosan Qirg\u2018izistonning bir qishlog\u2018idagi aqliy rivojlanishi sakkiz yoshli bola darajasida bo\u2018lgan 35 yoshli Odil hamda uning 75 yoshli onasi Rayhon aya atrofida kechadi.<\/h4>\n<h4 style=\"text-align: justify\">Onasi unga doimo Alloh taolo uni o\u2018zgacha sevishini, shuning uchun to\u2018g\u2018ri jannatga kirishini ta\u2019kidlab keladi. Odil esa onasisiz jannatga borishni istamaydi. Kunlarning birida unga do\u2018sti, sakkiz yoshli bola agar u onasini muqaddas Makkaga piyoda olib borsa, onasi ham u bilan jannatga kirishi mumkinligini hamda o\u2018z onasini Makkaga olib borayotganini xayol qilib surat chizib uni Odilga ko\u2018rsatadi. Shundan so\u2018ng, yotsa ham tursa ham Odilning o\u2018y-xayoli onasini Makkaga olib borish bilan band bo\u2018ladi.<\/h4>\n<h4 style=\"text-align: justify\">Filming voqealarning asosiy boshlanish nuqtasi shu jarayonlardan boshlanadi.<\/h4>\n<h4 style=\"text-align: justify\">Film Qirg\u2018iziston, O\u2018zbekiston, Qozog\u2018iston, Turkiya, Ozarbayjon, Suriya hamda Saudiya Arabistoni hududlarida suratga olingan bo\u2018lib film hozirgi davr voqealiklarini o\u2018z ichiga olgan.<\/h4>\n<h4 style=\"text-align: justify\">Film haqida tomoshabin sifatida o\u2018z fikrlarimni bildirib o\u2018tsam, qo\u2018shnimiz, qardosh do\u2018stimiz Qirg\u2018iziston kinoijodkorlarining bu asari tom ma\u2019noda Markaziy Osiyo kinosanoatida chaqnash hodisani namoyon qildi. Mazkur kinokartina nafaqat Markaziy Osiyo balki O\u2018rta Osiyo tomoshabinlari ko\u2018nglini larzaga keltirdi.<\/h4>\n<h4 style=\"text-align: justify\">Birinchidan, filmda xalq tilida aytganda, tesha tegmagan mavzuga murojaat qilingan,<\/h4>\n<h4 style=\"text-align: justify\">Ikkinchidan, bosh qahramonlar, shuningdek boshqa aktyorlar jamoasi ham yaxshi tanlangan.<\/h4>\n<h4 style=\"text-align: justify\">Uchinchidan, film qahramonlarning hayoti va unda ro\u2018y bergan voqeliklar faqat u yoki bu davlatga tegishli emas shu sababli ham mazkur kinokartina boshqa davlatlarda tez fursatda dublyaj qilindi, kinoteatrlar orqali premyera qilindi.<\/h4>\n<h4 style=\"text-align: justify\">Umuman olib qaraganda, filmning yutuqlari faqat aktyorlar ijrosi va ularning ruxiy kechinmalari bilan chegaralanmagan. Kino ijodkorlari filmning har bir jihatiga alohida e\u2019tibor qaratgan. Birgina misol, film qahramonlari yashaydigan hudud tog\u2018, keng maydonliklardan iborat qishloq hududi bo\u2018lganligi bois film orqali qirg\u2018iz milliy urf-odatlari, qishloq aholisining yashash tarzi, ijtimoiy holatiga urg\u2018u berilgan. Bu borada sahnalashtiruvchi rejissyor, rassom va operatorning mahorati yaxshigina sezilgan. Milliy koloritga ega elementlar yaxshi rakursdan ochib berilgan. Filming badiiy yaxlitligini ta\u2019minlab bergan.<\/h4>\n<h4 style=\"text-align: justify\">Bu filmda oxirgi paytlarda ko\u2018plab filmlarda ham meni ko\u2018zim tushmayotgan yana bir jihatni ko\u2018rdim. Bu ham bo\u2018lsa qahramonlarning o\u2018ziga xos xarakteri. Bu rol ijrochilarning ishini ancha boyitgan. Chunki, so\u2018nggi vaqtlarda ayrim filmlarda bosh qahramon yoki 2-3 darajalari aktyorlarning faqatgina tashqi ko\u2018rinishi, ularning yuzaki portretiga e\u2019tibor qaratib kelinmoqda. Ularning filmdagi ichki olami yaratilmaganini ko\u2018rish mumkin bu esa o\u2018z navbatida samimiylikdan ancha nari bo\u2018lgan holatdir. Bu filmda esa bu narsani faqat ijobiy holda ko\u2018rish mumkin.<\/h4>\n<h4 style=\"text-align: justify\">Bu filmi yana bir muhim jihati shundagi undagi arava chunki Odil onasini Makkaga piyoda olib borishga ahd qilgan. Shundagina u jannatga kirishiga ishonadi. Har qanday avtomobil yoki yuk moshinalari ham uni piyoda olib borishdan qaytarmaydi. Shu sababli ham filmdagi arava uning asosiy ramzi bo\u2018lib xizmat qilgan.<\/h4>\n<h4 style=\"text-align: justify\">Shuningdek, filmda mehr-oqibat, odamgarchilik, saxovatpeshalik aks etgan kichik-kichik epizodlar juda chiroyi sahnalashtirilgan har gal shu kabi sahnalar chiqqanda odamni ko\u2018nglini yumshatib-yumshatib finalgacha tayyorlab boradi so\u2018ngra film kulminatsiyasida tomoshabinni g\u2018uborini chiqarib yuborishga sabab bo\u2018ladi. Bu esa filmning yaxshi yutuqlaridan biri.<\/h4>\n<h4 style=\"text-align: justify\">Mazkur filmning Suriyada olingan epizodlari esa tom ma\u2019noda filming eng og\u2018ir sahnalaridan hisoblanadi. Bu sahnalar orqali esa beixtiyor, tinchlikka, farovonlikka shukrona qilasiz. Undagi dahshatli kadrlarni ko\u2018rib, ta\u2019sirli dialoglarni ko\u2018rib o\u2018yga tolasiz.<\/h4>\n<h4 style=\"text-align: justify\">Qolaversa filmda o\u2018ziga xos yumor sahnalarini ham uchratish mumkin. Bu yumor sahnalari ham albatta tabiiy ishlangan. Ko\u2018r-ko\u2018rona kuldirish uchun epizod ishlanmagan.<\/h4>\n<h4 style=\"text-align: justify\">Endi filmning ayrim kamchiliklariga e\u2019tibor qaratsam:<\/h4>\n<h4 style=\"text-align: justify\">Birinchidan, Makkaga borish uchun yo\u2018lga otlangan qahramonlar yuqorida ta\u2019kidlab o\u2018tganimdek O\u2018zbekiston, Qozog\u2018iston, Turkiya, Ozarbayjon va Suriya hududlariga kirishadi har bir hududda o\u2018ziga xos muammo va qiyinchiliklarga duch keladi. Birgina misol, O\u2018zbekiston hududida qahramonlar, qishloqdoshi xayr-ehson qilgan pullaridan Odilning soddaligi sabab mahrum bo\u2018ladi, chegaradan o\u2018tishda esa bir necha odamlar ularni 2 ta sirli o\u2018ralgan qovunni olib o\u2018tib berishlarini iltimos qilishadi, yana yong\u2018in o\u2018chirish moslamasini aldab-suldab berib yuborishlari mana shunga o\u2018xshagan holat O\u2018zbekiston hududida ro\u2018y beradi. Boshqa davlatlarda esa bu kabi holatni kuzatmaysiz. Mazkur epizodlar esa O\u2018zbekistonga keluvchi sayyohlar uchun salbiy kayfiyatni keltirib chiqarishi mumkin. Keyin, o\u02bbzbek so\u02bbmining qirg\u02bbiz so\u02bbmiga nisbatan qadrsiz ekanligini ko\u02bbrasatuvchi epizodlar ham menimcha ortiqcha. Bu borada biroz muvozanat buzilgandek.<\/h4>\n<h4 style=\"text-align: justify\">Ikkinchidan, filming davomiyligi esa 140 daqiqa bo\u2018lib bu film uchun biroz ko\u2018plik qiladi. Chunki, boshqa filmlardan farqli o\u2018laroq bu filmda dinamik sahnalar film oxirida uchlaydi shu sababli ham keskin dinamik sahnalar kelguncha tomoshabin zerikishi tabiiy hol.<\/h4>\n<h4 style=\"text-align: justify\">Umuman olganda bu film 16+ toifasiga mo\u2018ljallangan bo\u2018lsa ham filmni 7 yoshdan 70 yoshgacha birdek tomosha qilishini tavsiya qilaman. Bu filmda faqat onaning buyuk jasorati, uning mehr-muhabbati aks etmagan unda aqliy nosog\u2018lom farzand bo\u2018lsa ham bir qancha sog\u2018lom farzandlarda uchramaydigan buyuk farzandlik mehrini ko\u2018rasiz. O\u2018z maqsadlari, orzularini ro\u2018yobga chiqarish yo\u2018lida tog\u2018ni talqon qiladigan ruhiy kuch-qudratini tuyasiz. Bir so\u2018z bilan aytganda bu film madaniyat va san\u2019at orqali xalqlar do\u2018stligini yanada mustahkamlashga yaxshi xizmat qiladi.<\/h4>\n<h4 style=\"text-align: justify\"><strong>Bekpo\u2018lat BAXTIYOR<br \/>\n<\/strong><\/h4>\n<h4 style=\"text-align: justify\"><strong>2024-yil 12-aprel<\/strong><\/h4>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Bayram kunini mazmunli o\u2018tkazish maqsadida internet tarmoqlarida yopiq premyeralariga oid turli roliklar orqali yaxshigina shov-shuvlarga sabab bo\u2018lgan 11-aprel kuni premyera qilingan Qirg\u2018iz Respublikasi kinoijodkorlari tomonidan suratga olingan \u201cJannat onalar oyog\u2018i ostida\u201d badiiy filmini tomosha qildim. Rostini aytsam kinoteatrga borib film ko\u2018rmaganimga ham 7 yil bo\u2018libdi. Ozgina fursat bo\u2018lsa ham boshqa yumushlarni unutib film tomosha qilish [&hellip;]<\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":1323,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"_jetpack_memberships_contains_paid_content":false,"footnotes":""},"categories":[34,7,5],"tags":[],"class_list":["post-1322","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-jurnalistika","category-munosabat","category-yangiliklar"],"aioseo_notices":[],"jetpack_featured_media_url":"http:\/\/bekpolat.uz\/wp-content\/uploads\/2024\/04\/BB-Maqola-001.png","jetpack_sharing_enabled":true,"amp_enabled":true,"_links":{"self":[{"href":"http:\/\/bekpolat.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/1322","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"http:\/\/bekpolat.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"http:\/\/bekpolat.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"http:\/\/bekpolat.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"http:\/\/bekpolat.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fcomments&post=1322"}],"version-history":[{"count":5,"href":"http:\/\/bekpolat.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/1322\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":1328,"href":"http:\/\/bekpolat.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/1322\/revisions\/1328"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"http:\/\/bekpolat.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/media\/1323"}],"wp:attachment":[{"href":"http:\/\/bekpolat.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fmedia&parent=1322"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"http:\/\/bekpolat.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fcategories&post=1322"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"http:\/\/bekpolat.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Ftags&post=1322"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}