{"id":1278,"date":"2024-02-05T21:21:09","date_gmt":"2024-02-05T16:21:09","guid":{"rendered":"http:\/\/bekpolat.uz\/?p=1278"},"modified":"2024-02-05T21:57:23","modified_gmt":"2024-02-05T16:57:23","slug":"o%ca%bbzingizga-ham-ishonmang-shaxsiy-qurilmalar-xavfsizligi-hayotingiz-himoyasi","status":"publish","type":"post","link":"http:\/\/bekpolat.uz\/?p=1278","title":{"rendered":"O\u02bbZINGIZGA HAM ISHONMANG SHAXSIY QURILMALAR XAVFSIZLIGI \u2013 HAYOTINGIZ HIMOYASI"},"content":{"rendered":"<h4 style=\"text-align: justify\">Bugungi kunga kelib zamonaviy texnologiyalarga bo\u02bblgan talab sezilarli darajada, yuqori suratda o\u02bbsib bormoqda. Hayotimizning har bir jabhasida texnologiyalardan unumli foydalangan holda vaqtimizni va naqdimizni tejayotganimiz ayni haqiqat. Xo\u02bbsh, aslida bu texnologiyalarning xavfsizlik masalalariga, undagi ma\u2019lumotlarni saqlanish normalariga qanchalik e\u2019tibor beramiz? Bugun sizlar uchun shu masala yuzasidan ayrim tavsiyalarni o\u02bbrtaga tashlaymiz.<\/h4>\n<h4 style=\"text-align: center\"><strong>Hammasini hozirdan boshlang<\/strong><\/h4>\n<h4 style=\"text-align: justify\">Qaysi soha vakili bo\u02bblishimiz yoki ijtimoiy holatimizdan qat\u2019iy nazar barchamiz birdek mobil telefonlardan boshqa turdagi qurilmalardan keng foydalanamiz. Kimdir shunchaki \u201cAllo, allo\u201d uchun oddiy telefon ishlatsa ham aslida boshqa qurilmalar orqali axborotlarni saqlashi yoki ulardan foydalanib yurishi mumkin.<\/h4>\n<h4 style=\"text-align: justify\">Zamonaviy, kundan-kunga yangi texnologiyalarni o\u02bbzida mujassam qilgan mobil telefon yoki qurilmalar* (noutbuk, planshet) esa bugun hayotimizning ajralmas qismiga aylandi. Avvaliga faqat so\u02bbzlashuv, xabarlashuv vazifasini bajargan qurilmalar endi <strong>bank kartalariga pul o\u02bbtkazish, pul qabul qilish, ijtimoiy tarmoqlarda faol bo\u2018lish manbasi, hujjatlarni jo\u2018natish yoki qabul qilish, bir so\u2018z bilan aytganda shaxsiy ma\u2019lumotlar omborxonasiga aylandi. <\/strong>Albatta bu borada sanab o\u02bbtsa ancha davom etadigan jihatlar xususida to\u02bbxtalib o\u02bbtishdan ko\u2018ra ularning xavfsizlik masalalariga e\u2019tibor qaratish bosh maqsadimizdir.<\/h4>\n<h4 style=\"text-align: justify\"><strong>Qanday turdagi qurilmadan foydalanishingizdan qat\u2019iy nazar ularga xavfsizlik kodini (parolini) o\u02bbrnating.<\/strong> <strong>O\u02bbrnatilgan xavfsizlik kodi esa sizning tug\u02bbilgan yil, oy, kun sanalari bilan bog\u02bbliq bo\u02bblmasin.<\/strong> Yoki telefon raqamining oxirgi 4 ta raqami shunga o\u02bbxshash topilishi oson bo\u02bblgan parollar bo\u02bblmasligi zarur. Yana barcha uchun ma\u2019lum va mashhur bo\u02bblgan 7777, 5555, 0000 kodlarini esa aslida hazillashib yozsa ham bittada topiladigan kodlardan hisoblanadi. Shu sababli shunga o\u02bbxshash parollardan ham chekining.<\/h4>\n<h4 style=\"text-align: justify\"><strong>Birgina qurilmalaringiz orqali siz o\u02bbzingizni, yaqinlaringizni shuningdek qanchadan-qancha odamning shaxsiy ma\u2019lumotlarini saqlab yurishingiz, foydalanishingiz mumkin. Shu sababli ham ulardan foydalanishda ularga ehtiyotkor munosabatda bo\u02bblish muhim ahamiyat kasb etadi.<\/strong><\/h4>\n<h4 style=\"text-align: justify\">Ma\u2019lumotlaringiz xavfsizligini ta\u2019minlashda esa qurilmalaringiz imkoniyatlaridan kelib chiqqan holda maksimal darajada himoya choralarini ko\u02bbring. Bugungi kunda so\u2018ngi avlod zamonaviy qurilmalarida parol, pin kod yoki turli grafik chizmalar orqali ochishdan farqli ravishda yuz orqali ochish (Face ID) yoki barmoq izi orqali ochish (Finger ID) funksiyalari esa yaxshi texnologiyalardan biri hisoblanadi bu esa o\u2018z navbatida qurilma xavfsizligi uchun yaxshi choralardan biri hisoblandi.<\/h4>\n<h4 style=\"text-align: justify\">Qurilmalarga qo\u2018yilgan parollar albatta, sir bo\u2018lishi hammaga oshkor qilinmasligi kerak. Kimdir qurilmangizdan ruxsatingiz bilan foydalangan taqdirda ham unga xavfsizlik parolini aytmang. Shuningdek, qurilmangizni xavfsizlik parolidan tashqari pul o\u2018tkazmalarini, to\u2018lovlarni amalga oshiradigan dasturlarni, ijtimoiy tarmoqlarni, so\u2018zlashuv ilovalarini ham qo\u2018shimcha himoyalab qo\u2018ying. Chunki, ba\u2019zida sizdan biron bir ma\u2019lumotni o\u2018qish, so\u2018zlashish uchun qurilmangizdan foydalanib turgan odam aslida sizga tegishli bo\u2018lgan boshqa ma\u2019lumotlarga ko\u2018z olaytirgani bo\u2018lishi mumkin. Shu sababli ham, shaxsiy qurilmalaringiz hammaga ham bee\u2019tibor qoldirib ketmang.<\/h4>\n<h4 style=\"text-align: center\"><strong>O\u02bbzingni ehtiyot tut \u2014 qo\u02bbshingni o\u02bbg\u02bbri tutma<\/strong><\/h4>\n<h4 style=\"text-align: justify\">Hech kimga sir emaski turli oilaviy, ijtimoiy yoki faoliyatimiz sababli o\u2018z uyimizdan boshqa joylarda tunab qolishimiz yoki yashashimiz mumkin.<br \/>\nMisol uchun mehnat safari sababli 3-4 kun mehmonxonalarda, o\u2018qish yoki ish sababli oylab hattoki yillab ijaralarda yashaydiganlar oramizda ko\u2018p. Aksariyat hollarda begona odam bilan xonadosh bo\u2018lishimiz yangilik emas. Shu bilan bir qatorda, ko\u2018rmagan, sinalmagan odamlar bilan yashash ancha mushkul jarayon.<\/h4>\n<h4 style=\"text-align: justify\">Shu va boshqa holatni inobatga olgan holda yana bir tavsiyani o\u2018rtaga tashlamoqchiman. Agar yuqorida ta\u2019kidlangan yuz orqali qurilmani ochish (Face ID) yoki barmoq izi orqali ochish (Finger ID)dan muntazam ravishda foydalanib kelsangiz unda bu borada ham ehtiyotkor bo\u2018lishingiz lozim bo\u2018ladi. Chunki, inson issiq jon, o\u2018zi bilgan yoki bilmagan holda turli voqealarga duch kelishi, salomatligiga putur yetib hushini yo\u2018qotishi yoki shunga o\u2018xshash holatlar bo\u2018lishi tabiiy hol.<\/h4>\n<h4 style=\"text-align: justify\">Bu vaziyatdan esa o\u2018zining egri maqsadlarini amalga oshirishni ko\u2018zlab yurgan yoki vaqti bemahal xayolidan yomon niyat o\u2018tkazganlar bundan unumli foydalanishi mumkin. Albatta, hushida bo\u2018lmagan odamni yuz orqali (Face ID) orqali qurilmasini ochish imkoni yo\u2018q lekin barmoq izi orqali (Finger ID) esa qurilmani ochish qiyin ish emas. <strong>Shu sababli, begona joylarga borganda, kim bilan hamroh bo\u2018lishingizdan qat\u2019iy nazar qurilmalaringizni uxlashdan avval albatta yuz yoki barmoq izi orqali ochish (ishga tushirishni) sozlamalar orqali cheklab qo\u2018ying.<\/strong> Shunda siz bu orqali nafaqat o\u2018zingizni, oilangizni, tanishlaringizni ma\u2019lumotlari xavfsizligiga, ularga turli ko\u2018rinishlarda bo\u2018lishi mumkin ziyon-zahmatlardan asraysiz.<\/h4>\n<h4 style=\"text-align: center\"><strong>Ishonchli qurilmalarga yuzlaning<\/strong><\/h4>\n<h4 style=\"text-align: justify\">Hozirgi kunda bir odamning kamida 1-2 yoki 3 tadan ortiq qurilmalari bor. Undan esa turli maqsadlarda, turli sabablarga ko\u2018ra foydalanadi. Aksariyat odamlar esa bu borada ham loqaydlik bilan ularga turli tuman ma\u2019lumotlarni joylashi va ular orqali tarqatishi mumkin.<\/h4>\n<h4 style=\"text-align: justify\">Birgina misol qilib shuni aytishimiz mumkin: deylik bir odamning 2 ta mobil telefoni bor. Ularning bittasi iPhone 14 pro (<em>iOS operatsion tizimi<\/em>), bittasi esa Samsung Galaxy S23 (<em>Andoird operatsion tizimi<\/em>) bu qurilmalar esa bir-biridan operatsion tizimlari orqali tubdan farq qilishini hamma ham yaxshi biladi. Endi bu qurilmalar oldiga 1 ta planshet Xiomi Pad 5 qo\u2018shildi. Bularning har 3 tasi ham o\u2018ziga yarasha o\u2018zga-o\u2018zga olam. Ularning har biri esa alohida-alohida o\u2018ziga tegishli bo\u2018lgan hisoblar \u201ciCloud\u201d, \u201cSamsung account\u201d, \u201cMi account\u201d orqali faol ishlaydi.<\/h4>\n<h4 style=\"text-align: justify\">Xo\u2018sh, sizningcha bu hisoblar xususida nima muammo bor, unga alohida e\u2019tibor berishimiz kerak bo\u2018lgan jihatlar nimalardan iborat? <strong>Gap shundagi, qaysi operatsion tizimning qurilmasidan foydalansangiz ham u uchun doimiy 1 ta yagona hisob yarating.<\/strong> <strong>Har safar yangi qurilmaga yangi hisob ochmang<\/strong>. <strong>Oila a\u2019zolaringizni qurilma hisoblari bilan sizning qurilmalaringiz hisoblari alohida-alohida bo\u2018lsin.<\/strong> Bu esa ma\u2019lumotlaringizni markazlashgan holda yuritishingiz va boshqa hisob ma\u2019lumotlari bilan axborotlar aralashib ketmaslikka xizmat qiladi.<\/h4>\n<h4 style=\"text-align: justify\">Qurilma sotilganda, yo\u2018qotilganda yoki boshqa hollarda ham birgina hisob orqali siz avvalgi saqlangan ma\u2019lumotlaringizni tiklashingiz, yo\u2018qolganda esa xavfsizlik kodini o\u2018zgartirgan holda ma\u2019lumotlaringizni idora qilishingiz mumkin. <strong>Kimlardir shosha-pisha ochilgan, xato login va paroli ham yodida qolmas darajada ochilgan bu hisoblari orqali aslida o\u2018zining virtual olamdagi shaxsiy chamadonini yaratadi.<\/strong> Bu chamadon esa o\u2018z ichiga turli ma\u2019lumotlarni o\u2018zingiz bilgan <em>(biladiganlar bu borada ancha kamchilik va afzalliklarini yaxshi biladi) <\/em>yoki bilmagan holda saqlab boradi. Bu ma\u2019lumotlar, xizmatlar sirasiga, qurilmani ochish (bloklash, blokdan chiqarish), qurilma turgan manzilni aniqlash, foto va videolar, kontakt ma\u2019lumotlari, yozishmalar, bank kartalari rekvizitlari v h.k. o\u2018z ichiga oladi. Bu ma\u2019lumotlar va xizmatlar turlari barcha operatsion tizimlarida turlicha bo\u2018ladi. Balki undan ham ko\u2018proq ma\u2019lumotlarni saqlab borishi mumkin.<\/h4>\n<h4 style=\"text-align: justify\">Shu sababli ham qurilma hisoblarini yuritishda diqqatli bo\u2018ling.Ularning himoya kodlari yoddan chiqqanda uni tiklash va qayta faollashtirishda bir qator muammolar yuzaga kelishi mumkin. <strong>Ayniqsa bu holatda ancha-muncha qiyinchilik tug\u2018diradigan operatsion tizimlar ham yo\u2018q emas. Hisobi bloklangan qurilmalarni esa blokdan chiqarish bitta yaxshigina yangi qurilmaning narxiga teng holatlar ham talaygina.<\/strong><\/h4>\n<h4 style=\"text-align: justify\">Shaxsiy kompyuteringiz (noutbukingiz) va ishxonangiz kompyuteri uchun alohida-alohida hisoblardan foydalangan holda ish olib boring. <em>(bu tavsiya albatta Apple\u201dning qurilmalaridan to\u2018liq foydalanuvchilar uchun emas)<\/em> Chunki, aksariyatimiz markazlashgan Google qidiruv tiziming gmail pochtasi hisobi orqali Chrome brauzeridan foydalanib kelamiz. Google\u2019ning hisob pochtasi ham o\u2018z navbatida katta ma\u2019lumotlar zaxirasiga ega tizimdir. Oddiygina tekin, hisob pochtasini o\u2018zi naqd 15 GB xotiraga ega. Andoird operatsion tizimidan foydalanuvchi ko\u2018plab foydalanuvchilarning ma\u2019lumotlari esa o\u2018z-o\u2018zidan bu xotira bulutiga yig\u2018ilib boraveradi. Shu bilan bir qatorda, gmail hisobi siz login-parollarni kiritib kirgan har bir tarmoqni xavfsizlik parollarini, manzillarini saqlab qoladi. Shu sababli ham gmail pochta hisoblarini ham yuritishda hushyorlik talab etiladi. <strong>O\u2018zingizga begona bo\u2018lgan, faqat bir marotaba kirib keyin chiqib ketishingiz kerak bo\u2018lgan qurilmaga aslo gmail hisobingizni kiritmang. <\/strong>Kimgadir sotmoqchi yoki bermoqchi bo\u2018lgan qurilmangizni ham hisoblardan o\u2018chirgan holda taqdim eting.<\/h4>\n<h4 style=\"text-align: justify\"><strong>Birinchidan,<\/strong> hisobi o\u2018chirilmagan qurilmada sizning shaxsiy ma\u2019lumotlaringiz qolib ketishi kelgusida bu ma\u2019lumot begonalar qo\u2018liga tegishi mumkin.<\/h4>\n<h4 style=\"text-align: justify\"><strong>Ikkinchidan,<\/strong> hisobi olib tashlanmagan qurilmaga boshqa hisobni ulash, olib tashlash sizdan keyingi odamga ham bir qancha muammolarni keltirib chiqarishi mumkin.<\/h4>\n<h4 style=\"text-align: justify\">Vaziyat taqozosi bilan aksariyat odamlar boshqa bir odamning qurilmasi orqali o\u2018zining so\u2018zlashuv messenjeriga, ijtimoiy tarmoqlardagi profillariga kirib foydalandi. Bu bilan undagi ma\u2019lumotlar begona qurilmaga o\u2018tishi, login-parollari esa saqlanib qolishi mumkin. <strong>Vaqti bemahal messenjerlaringiz yoki ijtimoiy tarmoqlardagi profilingiz ulangan qurilmalarga ko\u2018z yugurtirib qo\u2018ying. Agar siz uchun begona bo\u2018lgan qurilmani ko\u2018rsangiz darhol ularni chiqarib tashlang. <\/strong><\/h4>\n<h4 style=\"text-align: center\"><strong>Qurilmalaringizni tozalab yuring<\/strong><\/h4>\n<h4 style=\"text-align: justify\">Qaysi turdagi qurilmadan foydalansangiz ham uni muntazam ravishda tozalab yuring. Tozalash ya\u2019ni qurilmangiz joyini egallab yotgan turli kesh fayllar, qayta-qayta saqlab olingan fayllar hisobiga bo\u2018lishi kerak. <strong>Chunki, aksariyat odamlar qurilmasining xotira sig\u2018imi, operativ xotirasi yaxshi bo\u2018lishiga qaramay qotib ishlashini, xotirasi tez to\u2018lib qolishidan shikoyat qiladi. <\/strong><\/h4>\n<h4 style=\"text-align: justify\">Kimgadir ma\u2019lum yoki noma\u2019lum andoird operatsion tizimiga mo\u2018ljallangan birgina Telegram massengerining ilovasi o\u2018zida bir olam kesh fayllarni to\u2018playdi. Siz o\u2018zingiz yuklab olgan fayllardan tashqari har bir yuborgan suratingiz, guruh va kanallardan ko\u2018rilgan suratlar, videolar, videoxabarlar, audioxabarlar, telegram profiliga, guruh va kanalga joylangan profil suratlari hamma-hammasi sizning telefoningizda saqlanib yotaveradi bu esa o\u2018z o\u2018rnida qurilmaga keraksiz fayllarni to\u2018plashdan boshqasiga yaramaydi. Yana ijtimoiy tarmoq dasturlari va boshqa bir qator media fayllar bilan ishlovchi dasturlar o\u2018z navbatida katta-katta keshlarni saqlab boradi. <strong>Shu sababli ham mazkur keraksiz ma\u2019lumotlarni vaqti-vaqti bilan tozalab turish foydadan holi bo\u2018lmaydi.<\/strong><\/h4>\n<h4 style=\"text-align: justify\">Shu o\u2018rinda, yana bir muhim tavsiya odatda ko\u2018pchiligimiz u yoki, bu sabablarga ko\u2018ra qurilmalarimizni sotamiz, yangisiga almashtiramiz yoki kimgadir berib yuboramiz. <strong>Kimdir ahamiyat berar, kimdir ahamiyat bermas ko\u2018pchilik odamlar qurilmalarni sotishdan avval ularni shu holicha ichidagi ma\u2019lumotlarni o\u2018chirmagan holda sotib ketadi. Bu yaxshi emas albatta.<\/strong> Biron bir qurilmani kimgadir berish yoki sotishda albatta ichidagi ma\u2019lumotlarni o\u2018zingizga olib qolib, keyin tozalangan holda bering. Imkoni bo\u2018lsa sozlamalari zavod holiga qaytadigan holda bering shundagina sizning shaxsiy fayllaringiz, ma\u2019lumotlaringiz ikkinchi shaxs qo\u2018liga o\u2018z qo\u2018lingiz bilan taqdim etilmaydi.<\/h4>\n<h4 style=\"text-align: center\"><strong>Shaxsiy fayllaringizni o\u2018chib<br \/>\nketishiga yo\u2018l qo\u2018ymang<\/strong><\/h4>\n<h4 style=\"text-align: justify\">Bugungi kunda biz foydalanib kelayotgan ayrim qurilmalaring xotirasi noutbuk va kompyuterlardan bir necha marotaba ko\u2018p bo\u2018lishi odatiy holga aylandi. Avvallari, kompyuter xotiralari uchun orzu bo\u2018lgan xotira sig\u2018imlari bugun mobil qurilmalarga oddiy flesh xotira kabi o\u2018rnatilmoqda.<br \/>\nBu sig\u2018imi katta bo\u2018lgan mobil qurilmalar ham o\u2018z navbatida sifatli media fayllarni tarixga muhrlashga xizmat qilib kelmoqda. Bu orqali biz shaxsiy, oilaviy surat va videolarimizni to\u2018plab yurishimiz, faoliyatimiz bilan bog\u2018liq kontentlarni to\u2018plashimiz, saqlashimiz mumkin.<\/h4>\n<h4 style=\"text-align: justify\">Lekin, bunga ishonib qolmaslik kerak. Bu ham texnika qandaydir ehtiyotkorsiz, yoki turli sabablarga ko\u2018ra katta arxivga ega bo\u2018lgan ma\u2019lumotlaringizdan bir zumda ayrilib qolishingiz hech gap emas. Keyin ularni tiklab olish masalalari ham anchagina xarajatlarni talab etadi. <strong>Shu sababli, har 6 oyda hech bo\u2018lmasa, 1 yilda 1 marotaba qurilmalaringizdagi ma\u2019lumotlarni foto, video, audio fayllarni, hujjatlarni ishonchli qurilmaga yoki katta sig\u2018imli xotira kartalariga o\u2018tkazib qo\u2018ying. Imkoningiz bo\u2018lsa, oila a\u2019zolaringizni qurilmalaridagi ma\u2019lumotlarini ham shu tarzda saqlanishiga yordam bering. <\/strong><\/h4>\n<h4 style=\"text-align: justify\">Chunki, bugungi davrda barcha video, foto, audio fayllar to\u2018liq raqamli formatga o\u2018tib ketdi. Bundan 15-20 yil oldingidek fotoparadlarda tushilgan, qog\u2018ozlarga chiqarilgan suratlar davri o\u2018tdi. Onda-sonda to\u2018y-hashamlarda tushilgan, chiqarilgan suratlarni esa bugun qayerdaligini ham bilmaysiz. Chunki, bugun barcha suratlar mobil qurilmalarimizda saqlanmoqda. Shu sababli ham bu kabi ma\u2019lumotlarni o\u2018chib ketmasligini ta\u2019minlash maqsadida yuqorida keltirib o\u2018tilgan tavsiyalarni o\u2018zingizda sinab ko\u2018ring. <strong>Yorqin xotiralar o\u2018chib ketishiga yo\u2018l qo\u2018ymang.<\/strong><\/h4>\n<h4 style=\"text-align: center\"><strong>Himoya parollardan boshlanadi<\/strong><\/h4>\n<h4 style=\"text-align: justify\">Zamonaviy texnologiyalar davrida atrofimizni turli tuman ma\u2019lumotlar o\u2018rab olgani, ma\u2019lumotlarning yangidan-yangi ko\u2018rinishlarda ongimizga singishi faoliyatimizda o\u2018zining ijobiy va salbiy jihatlarini ko\u2018rsatmay qolmaydi. Avvallari, kamida 10-20 nafar tanishimizni mobil, uy telefon raqamlarini hech qayerga qayd qilmagan holda yoddan bilgan bo\u2018lsak bugunga kelib hattoki ba\u2019zida o\u2018zimizning telefon raqamimizni yoddan aytishga qiynalib qolganimiz ham haqiqat.<\/h4>\n<h4 style=\"text-align: justify\">Biz yuqorida ta\u2019kidlab o\u2018tayotgan qurilmalarning xavfsizlik masalalarida ham aynan raqam, harf, belgilarning ahamiyati kattagina. Chunki, mukammal xavfsizlik kodi \u2013 parol mana shu jihatlarga asoslanadi. Endi biz qurilmalarimiz va tarmoqlardagi sahifa va profillarimizni xavfsizligini ta\u2019minlash uchun nafaqat raqamlarni balki raqamlarga kombinatsiya bo\u2018luvchi belgilarni, harflarni ham yaxlit yod olishimiz kerak. Bu esa oson jarayon emas. Yuqoridagilardan kelib chiqqan holda, siz quyidagi tavsiyani ilgari yuraman.<\/h4>\n<h4 style=\"text-align: justify\"><strong>Birinchidan<\/strong>, muntazam ravishda elektron pochtalaringiz, ijtimoiy tarmoqlardagi mavjud sahifa, profillaringiz, so\u2018zlashuv messenjerlaridagi akkauntlaringiz shuningdek, boshqa turdagi xizmat ko\u2018rsatish, davlat xizmatlaridan foydalanuvchi tarmoqlaringiz, elektron raqamli imzo hamda pul mablag\u2018lari bilan bog\u2018liq operatsiyalarni amalga oshiruvchi dasturlardagi profillaringiz login-parollarini doimo yozib yuring. Imkon qadar ikki tomonlama xavfsizlik choralarini ko\u2018ring.<\/h4>\n<h4 style=\"text-align: justify\"><strong>Ikkinchidan<\/strong>, ijtimoiy tarmoqlardagi profillar hamda elektron pochtalarga ulangan telefon raqamingiz faol yoki faol emasligiga e\u2019tibor bering. Agar ularga biriktirilgan telefon raqamlari tarmoqdan o\u2018chib ketgan bo\u2018lsa kelgusida mazkur tarmoqlarning parollari esdan chiqqanda unga qayta kirish imkoni bo\u2018lmasligi mumkin. Shu sababli ham ayni damda foydalanib kelayotgan telefon raqamingizni kiritib qo\u2018ying.<\/h4>\n<h4 style=\"text-align: justify\"><strong>Uchinchidan,<\/strong> hech bir tarmoq yoki pochtalarga biriktirilgan login-parollaringiz bir-biriga o\u2018xshash, yoki aynan o\u2018zi bo\u2018lmasligi lozim.<\/h4>\n<h4 style=\"text-align: justify\"><strong>To\u2018rtinchidan,<\/strong> o\u2018rnatilgan parollar esa sizning tug\u02bbilgan yil, oy, kun sanalaringiz bilan bog\u02bbliq bo\u02bblmasin.<\/h4>\n<h4 style=\"text-align: justify\"><strong>Beshinchidan,<\/strong> sahifa yoki profilning paroli login bilan bir xil bo\u2018lishi lozim.<\/h4>\n<h4 style=\"text-align: justify\"><strong>Oltinchidan,<\/strong> parollaringizni 1 yilda kamida 2 marotaba yangilab boring. Yangilangan parollar esa avvalgisiga o\u2018xshash bo\u2018lmasligi kerak.<\/h4>\n<h4 style=\"text-align: justify\">Xulosa o\u2018rnida shuni aytishim mumkinki. Yoqoridagi tavsiyalar shaxsiy kuzatishlarim, o\u2018zim duch kelgan muammolar orqali sizlarga ma\u2019lum qilinmoqda. Ba\u2019zi bir fikr, yoki tushunchalarda xato-kamchiliklar yuzaga kelgan bo\u2018lsa to\u2018g\u2018ri qabul qilishingizni so\u2018rayman. Zotan axborot texnologiyalari bo\u2018yicha ekspert-mutaxassis bo\u2018lmasam ham o\u2018zim bilgan ayrim jihatlarni siz bilan o\u2018rtoqlashgim keldi.<\/h4>\n<h4 style=\"text-align: justify\"><strong>Bekpo\u2018lat BAXTIYOR<br \/>\n5-fevral 2024-yil<\/strong><\/h4>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Bugungi kunga kelib zamonaviy texnologiyalarga bo\u02bblgan talab sezilarli darajada, yuqori suratda o\u02bbsib bormoqda. Hayotimizning har bir jabhasida texnologiyalardan unumli foydalangan holda vaqtimizni va naqdimizni tejayotganimiz ayni haqiqat. Xo\u02bbsh, aslida bu texnologiyalarning xavfsizlik masalalariga, undagi ma\u2019lumotlarni saqlanish normalariga qanchalik e\u2019tibor beramiz? Bugun sizlar uchun shu masala yuzasidan ayrim tavsiyalarni o\u02bbrtaga tashlaymiz. Hammasini hozirdan boshlang Qaysi soha [&hellip;]<\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":1280,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"_jetpack_memberships_contains_paid_content":false,"footnotes":""},"categories":[34,6,8,5],"tags":[],"class_list":["post-1278","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-jurnalistika","category-maqolalar","category-tahlil","category-yangiliklar"],"aioseo_notices":[],"jetpack_featured_media_url":"http:\/\/bekpolat.uz\/wp-content\/uploads\/2024\/02\/BB-maqola.png","jetpack_sharing_enabled":true,"amp_enabled":true,"_links":{"self":[{"href":"http:\/\/bekpolat.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/1278","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"http:\/\/bekpolat.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"http:\/\/bekpolat.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"http:\/\/bekpolat.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"http:\/\/bekpolat.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fcomments&post=1278"}],"version-history":[{"count":2,"href":"http:\/\/bekpolat.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/1278\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":1282,"href":"http:\/\/bekpolat.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/1278\/revisions\/1282"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"http:\/\/bekpolat.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/media\/1280"}],"wp:attachment":[{"href":"http:\/\/bekpolat.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fmedia&parent=1278"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"http:\/\/bekpolat.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fcategories&post=1278"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"http:\/\/bekpolat.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Ftags&post=1278"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}