{"id":1027,"date":"2023-02-11T13:30:11","date_gmt":"2023-02-11T08:30:11","guid":{"rendered":"http:\/\/bekpolat.uz\/?p=1027"},"modified":"2024-01-26T11:51:59","modified_gmt":"2024-01-26T06:51:59","slug":"mayoqcha-miltillaydi","status":"publish","type":"post","link":"http:\/\/bekpolat.uz\/?p=1027","title":{"rendered":"MAYOQCHA MILTILLAYDI&#8230;"},"content":{"rendered":"<h4 style=\"text-align: justify;\">Yaqinda kechki payt ishdan uyga qaytayotib bir hodisaga guvoh bo\u02bbldim. Shahar chorrahalarining birida svetoforning qizil ishorasiga ko\u02bbra to\u02bbxtab turibman. Yaxshigina tirbandlik, yashil chiroqda harakatlanish davomiyligidan qizil chiroqda to\u02bbxtab turish davomiyligi ancha ko\u02bbproq edi. Haydovchilar o\u02bbta asabiy, har daqiqada avtomobil signallarini quloqni qomatga keltirar darajada jarang sochmoqda.<\/h4>\n<h4 style=\"text-align: justify;\">Shu payt chorrahaga tez tibbiy yordam mashinasi yalt-yalt etuvchi mayoqchasini yoqqan holda favqulodda yaqinlashib keldi. Har qancha chorrahadan o\u02bbtib ketishga urinmasin haydovchilar yo\u02bbl bermayotganiga guvoh bo\u02bbldim. Tez tibbiy yordam haydovchisi har qancha imo-ishora qilmasin yon atrofidagi haydovchilar birlashib yo\u02bblni ochib berishga harakat ham qilmadi. Shunda tez tibbiy yordam mashinasining harakatlanishi boshqa bo\u02bblaklarda harakatlanib kelayotgan insofli, odamgarchiligi bor haydovchilarning tashabbuslari sababli ancha barqarorlashdi. Haligi haydovchilar baqir-chaqir qilib bo\u02bblsa ham yo\u02bblni tez tibbiy yordamga mashinasiga ochib berishni uddasidan chiqdi.<\/h4>\n<h4 style=\"text-align: justify;\">Shu vaqt oralig\u02bbida shaxsan bu voqeani uzoqdan kuzatib tursam ham go\u02bbyo soniyalar daqiqalarga, daqiqalar soatlarga cho\u02bbzilgandek tuyuldi. Yo\u02bbl ochilgandan so\u02bbng tez tibbiy yordam mashinasi yonimdan o\u02bbtib ketar ekan, ichidagi bir ayolning yig\u02bblab o\u02bbtirgani ko\u02bbz oldimda muhrlanib qoldi. O\u02bbzimni go\u02bbyo shu yig\u02bblab o\u02bbtirgan inson o\u02bbrniga qo\u02bbyib ko\u02bbrdim, shunchaki dahshat.<\/h4>\n<h4 style=\"text-align: justify;\">Ayrim odamlarning mana shunday odamgarchilikdan chiqqayotganligi, birovga yaxshilik qila olmasa ham yomonlik qilishlarini ko\u02bbrib ancha kuyinib ketdim. Inson boshiga musibat tushganda har kimdan e\u02bctibor, najot kutadi. Har bir fursat g\u02bbanimatligini anglab qolasan&#8230;<\/h4>\n<h4 style=\"text-align: justify;\">Mazkur voqea hali ham xayolimdan ketmadi shundan ta\u02bcsirlangan holda quyidagi ijod namunam dunyoga keldi.<\/h4>\n<h4 style=\"text-align: justify;\">****<\/h4>\n<h4 style=\"text-align: justify;\">Odamiylik qaydasan?<br \/>\nYurak tinchlik bermaydi.<br \/>\nKimdir jon sarak bunda \u2014<br \/>\nMayoqcha miltillaydi&#8230;<\/h4>\n<h4 style=\"text-align: justify;\">Tez yurolmas \u201ctez yordam\u201d,<br \/>\nHamma o\u02bbzin o\u02bbylaydi.<br \/>\nG\u02bbanimatdir har bir dam,<br \/>\nMayoqcha miltillaydi&#8230;<\/h4>\n<h4 style=\"text-align: justify;\">Kimning ota-onasi,<br \/>\nKimning dilband, bolasi,<br \/>\nKo\u02bbkni tutar nolasi,<br \/>\nMayoqcha miltillaydi&#8230;<\/h4>\n<h4 style=\"text-align: justify;\">Zil bosilgan mas\u02bculiyat,<br \/>\nVaqt ham sira o\u02bbtmaydi.<br \/>\nBermas hech kim imkoniyat,<br \/>\nMayoqcha miltillaydi&#8230;<\/h4>\n<h4 style=\"text-align: justify;\">Zor yig\u02bblaydi bir inson,<br \/>\nAvtoulov titraydi.<br \/>\nQo\u02bbldan kelmas hech imkon,<br \/>\nMayoqcha miltillaydi&#8230;<\/h4>\n<h4 style=\"text-align: justify;\">Tirband bo\u02bblgan bu yo\u02bbllar,<br \/>\nGo\u02bbyo shafqat qilmaydi.<br \/>\nDildan kechar ne o\u02bbylar,<br \/>\nMayoqcha miltillaydi&#8230;<\/h4>\n<h4 style=\"text-align: justify;\">Bunda qonun qoida bor,<br \/>\nFursat kutib turmaydi.<br \/>\nQani bo\u02bblsa e\u02bctibor,<br \/>\nMayoqcha miltillaydi&#8230;<\/h4>\n<h4 style=\"text-align: justify;\">Bir e\u02bctibor &#8211; tasalli,<br \/>\nUmid berar aqalli.<br \/>\nGo\u02bbyo yurak zarbidek &#8211;<br \/>\nMayoqcha miltillaydi&#8230;<\/h4>\n<h4 style=\"text-align: justify;\"><strong>Bekpo\u02bblat BAXTIYOR<\/strong><\/h4>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Yaqinda kechki payt ishdan uyga qaytayotib bir hodisaga guvoh bo\u02bbldim. Shahar chorrahalarining birida svetoforning qizil ishorasiga ko\u02bbra to\u02bbxtab turibman. Yaxshigina tirbandlik, yashil chiroqda harakatlanish davomiyligidan qizil chiroqda to\u02bbxtab turish davomiyligi ancha ko\u02bbproq edi. Haydovchilar o\u02bbta asabiy, har daqiqada avtomobil signallarini quloqni qomatga keltirar darajada jarang sochmoqda. Shu payt chorrahaga tez tibbiy yordam mashinasi yalt-yalt etuvchi [&hellip;]<\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":1028,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"_jetpack_memberships_contains_paid_content":false,"footnotes":""},"categories":[30],"tags":[],"class_list":["post-1027","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-sara-ijod-namunalari"],"aioseo_notices":[],"jetpack_featured_media_url":"http:\/\/bekpolat.uz\/wp-content\/uploads\/2024\/01\/BEKPOLAT.UZ-SHER-29.jpg","jetpack_sharing_enabled":true,"amp_enabled":true,"_links":{"self":[{"href":"http:\/\/bekpolat.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/1027","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"http:\/\/bekpolat.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"http:\/\/bekpolat.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"http:\/\/bekpolat.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"http:\/\/bekpolat.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fcomments&post=1027"}],"version-history":[{"count":1,"href":"http:\/\/bekpolat.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/1027\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":1029,"href":"http:\/\/bekpolat.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/1027\/revisions\/1029"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"http:\/\/bekpolat.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/media\/1028"}],"wp:attachment":[{"href":"http:\/\/bekpolat.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fmedia&parent=1027"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"http:\/\/bekpolat.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fcategories&post=1027"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"http:\/\/bekpolat.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Ftags&post=1027"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}