shaxsiy veb-sayt
Nazm · She'r

DUNYO – DUNYO BO‘LIB YARALABDI-KI…

Muallif: Bekpo'lat Baxtiyor · 20.01.2024

Unda turfa taqdir turfa sinoat,
Unda har bitta jon yashar omonat,
Sadoqat, vafo-yu, hiyla xiyonat:
Dunyo – dunyo bo‘lib yaralabdi-ki…

Sira mezbon yo‘qdir barchasi mehmon,
Kimning yuzi gulgun, kimniki somon,
Kimlar tahlikada kimlardir omon,
Dunyo – dunyo bo‘lib yaralabdi-ki…

Har kimda o‘zicha qonun-u qoida,
Ba’zilar haqqini olmas joyida,
Umr o‘taverar oqib soyida,
Dunyo – dunyo bo‘lib yaralabdi-ki…

Kimlardir faqir, kimlardir so‘qir,
Notavon bekorchi! Donolar o‘qir,
Odamzod – odamning ko‘zini cho‘qir,
Dunyo – dunyo bo‘lib yaralabdi-ki…

So‘zimga xulosa shudir bu dunyo,
Undadir zulmat-u undadir ziyo,
Barchaga tenglik-da boqmaydi qiyo,
Dunyo – dunyo bo‘lib yaralabdi-ki…

Bekpoʻlat BAXTIYOR
“Jannatim-Onam” toʻplamidan. 2016-yil

Ulashish

Bekpo'lat Baxtiyor

Shoir va jurnalist. She'riyat, jurnalistika va musiqa yo'nalishlarida ijod qiladi.

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Exit mobile version